⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Bir gala tipoylarni boshqa qiladigan ishi yoqmi
Menimcha bu o'zgarishlar foydali
SAMANDAR TO‘XTAYEV
Туркчами качонгача узгариш керак менимча 3 4 узгарди хозирги лотинча яхши
Jahongir
Yuqoridagilarni qiladiga ishlari qolmasdan endi alifboga o'tishdimi? Menimcha, molga pasport berish kerak degan kimsalarning fikri bu
Kerak emas umuman hozirgi alifbo yaxshiku qulay
E blin 30 yillik alifboni kuchini kõrsata olmay asabga tegadi.endi õzgartirsa hozirgi 1- sinf boshlang'ich sinflar nima bõladi shuncha yillardan beri yozayotgan bizchi davlatni ham õyinchiq qilib yuboryapti
Kerakmas yana turkchami? Avval xam almashgan edi aynan shu xarflar. Bolalarni xam jinni qiladi
Hozir yangi alifboni orgatiwsa 4-5 sinf bolalariga qayta orgatiladimi
♡Charos♡
Assalomualeykum krildan lotinga o‘tgan vohtda akam o‘qiga shunaqangi savodsiz yo krilmas yo lotnmas haligacha savodi yo‘q.meni fikrm o‘zgartrishni keragi yo‘q. Harflarni o‘zgartrsa bollarmiz o‘qshi yahshi bo‘lib qolmaydiku undan ko‘ra talim sfatni oshrish un boshqa narsalarga etibor berishi kk deb o‘ylayman
Узгармагани яхши бунинг учун сабаб куп
Ravshanova
Harflarni aynan nima uchun oʻzgartirish kerak shunga tushunmadim hozirgisining nima xato tomoni bor. Yangi avlod uchun zarari yoʻq lekin qolganlar ancha qiynalishadi
Uzgarishdan qurqmaslik kk. Manimcha bu o'zgarishi hech qanday ziyoni yuq.
asilbekovna_19_
pfff nima foydasi bor buni.agar o'zgartitilsa maktab kitoblari uvol bo'ladi.yana abiturentlarga ortiqcha ish.O'ZGARTIRILMASIN!!!
Yana korsavod bolib qolamizku bunaqada
To‘g‘ri ziyoni yo‘qdir lekin, foydasi ham yo‘q. Eski kiril alfavitini hali yo‘qotolmasdan yana o‘zgarish. Avval 100% kirildan voz kechishni eplab olaylik. Bunga hojat yo‘q deb o‘ylayman. Alfavitni aralash quralash qilgandan foyda yo‘q. Buning o‘rqasida yana oddiy aholi qiynaladi.
KaRoL007
Bu iwni allaqachon qilish kerak edi.
Men bunga mutlaqo qarshiman.Chunki 1) shundog‘am budjeti borgan sari yomonlashib borayotgan moliya vazirligiga juda katta xarajat bo‘ladi. Butun boshli darsliklar,valyutamizdagi so‘m so‘zi,umuman,O'zbekiston so‘zi mavjud barcha hujjatlar o‘zgartirilishi kerak.
2) salkam 30 yildan beri 2 tilli bo‘lib kelgan xalqimiz endi 3 tilliga aylanadi. Eng katta og‘irlik xalq ta'limi vazirligiga tushadi.
Taklif: kirilldan butunlay voz kechib amaldagi lotin yozuvida qolish kerak!
Òzgartirish ahmoqgarchilik
Qodir_Bobomurodov
Bu alifboni osonlashtiradimi ş, ç bn yozsa qanday foydali tarafi bor. Undan kura X bn H ni bitta xarf qilish kk. Men qarshiman uzgartirishiga. Mantiq yòq alifboni uzgartirayotganida. Undan kura kril yozuvidan foydalanishni tuxtatish kk hozirgi lotin yozuvida òqiganlar ham davlat organlari jamiki soxalar krildan foydalangani uchun hozrgi yoshlar ham krildan foydalanishga majbur bòlayabdi.
Xushnud aka alifbo uzgarsa uzgarmasa lotin yozuviga utavering.
25 йил олдин лотин алифбоси тадбиқ қилинган. Шу кунгача амалга ошмади. Яна 30 йил шу ахволда яшаймиз дегани бу.)))
Ingliz tili alifbosida ham Sh va Ch harflari bizniked til organishda ham bir xillik bor edi endi maktabga boradigam yoshlar endi ikki hil sh va 2 turdagi ch ni organishlari kk umuman ortiqcha noqulaylik .
kamputer qwerty klaviaturasida ham noqulay boladi...
Hammasi yaxshi ediku axir😷
Show next 100 comments