⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Choriev Azizjon
Ўзи алифбони ўзгартиришдан бошқа ишлари йўқ экан, унақада "ц" ҳарфини киритиб кетишсин. Қачонгача "цех" сўзини ҳозир амалда бўлган лотин алифбосида ёзишда хатоликка йўл қўйишимиз ва ўқишдан олдин бир ўйлаб олиб, уялиб тортиниб ўқишимиз керак? Нима демоқчилигим тушунарли бўлса керак деб ўйлайман. "Цех" - "sex" ёки "tsex", энди лотиндан қайтариб криллга ўгирсак "сех" ёки "тсех".
Адашмасам бир неча йиллар олдин крилл ёзувига асосланган ўзбек алифбосини қабул қилишда ҳам шунақа мунозоралар бўлган қ, ҳ, ў тўғрисида. Шунда бир оқила ўзбек аёли сабабчи бўлган қ ҳарфи киритилишига, яъни "сиқилиб кетдим" деган гапни "қ" ҳарфисиз айтиб кўрингчи деган таклифни берган. Шунда ўша тепада ўтирган "ислоҳотчи" "эркак"ларнинг калласи ишлаб кетган. Ҳозирги ислоҳотчиларимиз ҳам мияларини бир ишлатиб кўришсин, агар бор бўлса, албатта.
7777777
Òzgartirish ahmoqgarchilik
Shunchalar o’ylanib qilingan, xorijliklar o’zbek tilini o’rganishi uchun oddiy o’zgartirish qilinayotgan Prezident qabul qilgan qaror-a?
Худди шу алифбо 1995 йиллардаек мавжуд эди. У пайтда мактабда укирдим. Лотин алифбоси жорий этилач мана шу алифбони бизга ургатишган
O'zgarmagani ma'qul
Bir asrda nechanchi bor bu
Savodsizlikni oshirish kimga kerak bulib qoldi yana chalgitishdan boshqa narsamas
Imlodan tort qulingni !!!
Boshqa muammolarni zarurroqlarini hal qillaring
Xushnudbek aka siz ham mutaxassis emassiz filolog yoki maorifchimassiz
Bilmagan sohangizni nega kur kurona qullab quvvatlayman deyapsiz siz tumanlarga keling 3,4sinf bolasiga diktant mashq qildiring
Qiziqqanmisiz hech yuq
Bilmay turib ommaga hukmingizni yozmang yetar endi 1asr oldin ham imlo muammosi bab baravar 1asr keyin ham
Hozirgi alifboda ozgartirilishi kerak bolgan qanday kamchilik bor?! Menimcha hammasi õz joyida qolgani yaxshi
Сардорбек Хафизов
Янги алифбода ё харф ишлатилмайдими?
𝓝𝓲𝓰𝓸𝓻𝓪 🗼🗼🗼✈✈✈ 410
Umidjon Ganiev
Hozirgi alifboda ozgartirilishi kerak bolgan qanday kamchilik bor?! Menimcha hammasi õz joyida qolgani yaxshi
Qo'shilaman.savodsizlik ko'payadi. Masalan avvallari kirill alifbosida yozishgan. Keyin yoppasiga lotin alifbosi, endi esa isloh qilingan alifbo. Bu yoppasiga savodsizlikka olib boradi. Shaxsan o'zim ham o'qituvchiman. Maktablarda barcha o'quvchilarga hozirgi alifboda o'rgatganmiz. Bu manimcha shart emas edi. Isloh qilish
𝓝𝓲𝓰𝓸𝓻𝓪 🗼🗼🗼✈✈✈ 410
ALIFBONI isloh qilishdan ham muhimroq ishlar ko'pku
Oybek Bultakov
I xarfi haqida ham o'ylab ko'rish kerak, immunitet da i xarfi boshqa tovush, in yoki ilon da boshqacha.
𝓝𝓲𝓰𝓸𝓻𝓪 🗼🗼🗼✈✈✈ 410
Nima keragi bor isloh qilib. Darsliklarni ham o'zgartirish kerak bo'ladi.
O'zgartirishni foydasi yo'q. Xaligacha kiril yozuvidan vos kechilgani yo'qku. Bunaq foydasiz ishdan ko'ra birorta axolini yashash xolat ini yaxshilaydigon narsa qilsa bo'lardi.
𝓝𝓲𝓰𝓸𝓻𝓪 🗼🗼🗼✈✈✈ 410
Boshqa muhimroq tadbir qilishsa aholiga nafi tegadigan
Dilshoda Turdialiyeva Abdusamad qizi
Hech qanday o‘zgarish kerak emas bu shunchaki bekorchilikmi nima kerak xalqni savodsiz qilib o‘zi lotinga endi o‘rgandi buniyam o‘zgartirib 10 yildan keyin yana bitta aqlli chiqadi-da yana o‘zgartiradi
Har qanday oʻzgarishlarga qarshiliklar bolishi tabiiy. Ammo bu yomon fikr degani emas. Odamlar oʻzgarishlarni yoqtirishmaydi. Agar bu alifboni joriy qilishsa va ommaga taqdim qila olishsa, bu ajoyib boʻlar edi. Chunki yangi alifbo qulayroq. Ammo bu oʻzgarish juda qimmatga tushishi aniq. telefondagi alfabitni oʻzgartirish oson. Ammo kompyuterdagini klaviaturani oʻzgartirish juda katta muammolarga olib keladi. yana barcha sinflarga ham qaytadan alifboni oʻrgatishga toʻgʻri keladi. Xullas arzimagan ish barchaga qator muammolarni keltiradi.
Meni fikrim esa qoʻlidan kelsa qilsin bu ishni.
Dilshoda Turdialiyeva Abdusamad qizi
Shu ch shni o‘zgartmasdanam krildan lotinga o‘tsa bo‘ladi uning uchun xalqning bolasini ovora qilish shartmas shu pulni boshqa narsaga sarflash kerak o‘zi bizda faqat nom o‘zgaradi
𝓝𝓲𝓰𝓸𝓻𝓪 🗼🗼🗼✈✈✈ 410
Umuman keraksiz befoyda narsa. Bekorchilikdan har baloni o'ylab topishadi
Õ bilan ğ mayli õzgartirsa bõladi lekin sh bilan ch ga tegmaylar iltimos.
savodsizlar ko'payishiga sabab bo'ladi xolos
Show next 100 comments