⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Avazbek ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤ
Tutuq belgisini órniga boshqa belgi qoyish kerak
Главное руководство в жизни الْقُرآن‎
Ю,Я,Ё харфлари нимага киритилмаган
Хали одамлар крил билан лотинни фарклай олмаяпти. Яна узгартиришни бошлаяпти. Умид киламанки Тошкентни '' Шовкат ёки Мирзиё деб узгартриш килинмаслигига
O‘chirilgan hisob
Harflar o‘zgarishi kerak emas, o‘zgargan sh va ch harflarini ruchka va qog‘ozda yozib ko‘rsa Ch harfi G harfiga o‘xshab qolarkan, sh harfini ham aytmasa bo‘ladi. Oldinlari o‘, g‘ harflarini " ‘ " belgisi nega pastga qaragan xato derdi, endi yozuvda sh bilan ch ni dumchasi qani deb izlab yursa kerak o'qituvchilar 🤣🤣🤣
Agar bizga o‘xshagan oddiy odamlarning fikri ahamyat kasb etsa edi shunday deyardim.
Keling siz bir necha yil tayyorlangan mutaxasissligizni endi almashtiramiz aytaylik siz jarrohsiz endi esa siz okulistlik qilasiz.😐😐
Shohinur
Harfni o'zgartirguncha ta'limni sifatini o'zgartir, ish joylar bn ta'minlash jarayonini o'zgartir, bir gap bn aytganda xalqqa foyda beradigan narsani o'zgartir, kimga zarari tegyapti bu harflarni, tavba, qo'lidan keladigani faqat shu bularni global muammoga ko'z yumib tirnoq tagidagi kirlarni qidirib yuradi.
Ozoda Jo'rayeva
O'z holida qolgani yaxshi edi
Kerak emas o‘zimizni alifbo yaxshi.
Bu alifbodagi sh va ch harflari turk alifbosidan olinganku! Qachongacha birovlarga taqlid qilib yuramiz?!
Har 2kunda alifboga o'zgarish qilmasdan, shu aqlni foydali ishga sarflasa bo'lmaydimi, hali to'liq kirilldan lotinga o'taolmagan xalq yana qancha yilda yangi alifboga o'tadi, keyin kiril-lotin-yangi alifbo aralash quralash qilib yozamizmi. Lotin alifbosiga o‘tishimiz uchun qancha vaqt sarfladik. Biz alifbodan alifboga o‘tib umrimizni yo‘qotayotgan bir paytda boshqa davlatlar rivojlanish bilan ovvora...
.
.
.
.




.
Yòq endi alifboni òzgartirish kerak emas. Chunki hali xalqimiz endi bu alifboga kònika boshladi. Bu butun bir kitoblarni, nashrlarni òzgartirishga tòģri keladi.
Ф. М.А
Ҳ ва Х ни ҳам ўзгартириш керак. Асосий муаммо қолиб кетибди.
Мokh
Turklarga taqlid ç, ş harflari
Quvnoqlar va zukkolar da bir prikol bor edi.
"-Rektormisiz?
-yo‘q nega unday deyayapsan?
-Universitetni orqaga tortayapsizda, shunga so‘radim"

Kattaaakonlar qilishga ish topmayapsizlarmi, ana qisloqqa boring dashtga boring ayni ish mavsumi boshlangan ketmon, belkurakni olilar sizlarga yarashadi, xalqni orqaga tortmasdan foydali ish qililar
Фозилкаримов Мухриддин
Avvalambor assalomu alaykum. Taʼlimda bundanda muhimroq qilinishi yoki boʻlmasa aytilgan gaplarni ,qonunlarni o'z vaqtida kuchga kirishini taʼminlash kerak . Alifbodanda muhimroq ishlar bor !
Abror
Alifbo o'zgartirish kerak emas, chunki ko'plab harakatlar, xarajatlar, kompyuter klavishlarida u harflarni qanday topiladi, qisqasi bunga o'xshash islohot ga ketgan puldan ko'ra konkretniy ishlarni ko'rish kerak, qancha muammolar bor, kimdir o'zini ko'rsataman shunga o'xshash "islohot" qilaman deb ko'p joyning dabdalasi chiqib yotibdi. "Bosinglar gaziga"...
Alifboni o‘zgartish talim o‘zgartirib qo‘ymaydi shunga ketadigan vaqt mablag‘ni talim tizimiga sarflansa yaxshibo‘lar edi alifboni o‘zgartish menimcha kerak emas
nurbek Salimov
Gap yu çiroyli
Show next 100 comments