⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди
Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.
https://regulation.gov.uz/uz/d/31596Асосий ўзгаришлар:
Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç
Муҳокама
31 мартга қадар давом этади.
👉 @xushnudbek 👈
O'zingiz amaldagi alifboga zid ravishda yozyapsiz.!
Ancha tushunmovchiliklar oldi olinadi.
Sizga esa OMAD Xushnud aka .!
Abdumannonov Nodirbek Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali akademik litseyi O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi 2- bosqich talabasi.
Yoshlar ittifoqi Qarshi shahar Kengashi Ittifoq sardori
Shaxsan men uchun alifboni o‘zgarishi unchalik ahamiyatga ega emas. Chunki bor yo‘g‘i o‘zgartirilgan 3 ta harf bilan savodsiz bo‘lib qolmayman. Aslida hammada shunaqa. Mayli siz va bu boradagi mutaxasislarning fikricha ham bordik deylik. Xalq savodsiz bo‘lishini ham bir chetga surib qo‘yamiz. Men masalani boshqa tarafini aytmoqchiman.
Butun yer yuzi davlatlarining 30 % i lotin tilidan foydalanishini inobatga olsak turk alifbosiga o‘tish o‘ta ketgan mantiqsizlik (va ahmoqlik ham. Chunki biz (aniqrog‘i sizlar chunki biz endi katta bo‘layotgan avlodmiz) bundan 27 yillar oldin lotin alifbosini qabul qilganda xatoga yo‘l qo‘yib bo‘lgansizlar. Endi bu xatoni yana takrorlash shartmikan. O‘zi ta‘lim tizimining ikki bosqichli orfografiya bo‘lingani yetadi ( maktabda lotin OTM da krill rus ).
Bugun butun dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning deyarli barchasi lotin yozuvida. Alifbo o‘zgartirilishi o‘zi endi Dunyoga chiqib borayotgan O‘zbekistonni yana kamida 50 yil orqaga tortishi aniqku.
Ş Sh Ç Ch Nima farqi bor. Bu darajada tuturuqsizliklarga nima sabab.
Yoki bu xalqdan pul yig‘ishni yangi usulimi.
Bilasizmi qancha adabiyotlar qancha darsliklar o‘zgarishi kerak. Qancha hujjatlar o‘zgarishi kerak. Bunga milliardlab pul sarflash k.k Buni sizga tushuntirib o‘tirishga hojat yo‘q menimcha.
O‘zi shundog‘am 30 mlrd dollar qarzni urib qo‘ygan bo‘lsak. Bu davlat uchun ortiqcha xarajat emasmi. Yoki yana xalqni qiynab soliqlar va ularning turlarini oshirasizlarmi?
Yetar endi Biz ham yashaylik!
Bundan tashqari agar alifbo o‘zgarsa
1. Pasport
2. Haydovchilik guvohnomasi(prava)
3. Milliy valyuta
Va boshqa yuzlab hujjatlarni yangidan qabul qilamiz.
Bularni hammasini xalq to‘laydimi?
Yoki davlat qoplab beradimi?
Undan ko‘ra shu pullarni yangi OTMlar ochishga, aholi va yoshlarni Oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirishga yo‘naltirilsa alifbodan ko‘ra foydaliroq bo‘lardi mamlakat uchun.
Alifboga o‘zgartirish kiritgandan ko‘ra butun mamlakatni ayniqsa rasmiylarni to‘liq lotin tiliga o‘tishga qat‘iy muddat belgilansa yaxshi bo‘lardi. Men bir narsani ko‘p guvohi bo‘lganman. Xalq ta‘limi vazirligining barcha hujjatlari krill yozuvida. Endi boshqa tashkilot va vazirliklarni gapirmasa ham bo‘ladi.
Nima ham derdik ?! Kimdir bizni eshitsa taklifimizni o‘rgansa bu o‘zgarish amalga oshmas menimcha! 90 % insonlar salbiy fikr bildirishgan.
Mayli yurtimiz tinch osmonimiz musaffo😊
Ç Ş shu harflarni yozish uchun harflarni bosib turamizmi endi
Бу харифларда жуда коп хатоларда ëзамиз ва бизни котталар савотсиз деб кулишади!!!
Савол : довлат ишларида мажбурмизми крилл ëзувларида ишлашга???