⚡️Янги алифбо лойиҳаси эълон қилинди

Қонун лойиҳасига кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган, 28 ҳарф ва 1 та ҳарфлар бирикмасидан иборат янги ўзбек алифбоси таклиф этилмоқда.

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596

Асосий ўзгаришлар:

Ғ => Ḡ ḡ
Ў => Ō ō
Ш => Ş ş
Ч => Ç ç

Муҳокама 31 мартга қадар давом этади.


👉 @xushnudbek 👈

2172 comments

Show 100 more comments
Nimasi endi bu? Kimga kerak shuni ozgartirib
Толипов Зафаржон
߷🇺🇿Nodirbek Abdumannonov߷🇺🇿
Assalomu alaykum Xushnud Xudoyberdiyev ! Abdumannonov Nodirbek Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali akademik litseyi O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi 2- bosqich talabasi. Yoshlar ittifoqi Qarshi shahar Kengashi Ittifoq sardori Shaxsan men uchun alifboni o‘zgarishi unchalik ahamiyatga ega emas. Chunki bor yo‘g‘i o‘zgartirilgan 3 ta harf bilan savodsiz bo‘lib qolmayman. Aslida hammada shunaqa. Mayli siz va bu boradagi mutaxasislarning fikricha ham bordik deylik. Xalq savodsiz bo‘lishini ham bir chetga surib qo‘yamiz. Men masalani boshqa tarafini aytmoqchiman. Butun yer yuzi davlatlarining 30 % i lotin tilidan foydalanishini inobatga olsak turk alifbosiga o‘tish o‘ta ketgan mantiqsizlik (va ahmoqlik ham. Chunki biz (aniqrog‘i sizlar chunki biz endi katta bo‘layotgan avlodmiz) bundan 27 yillar oldin lotin alifbosini qabul qilganda xatoga yo‘l qo‘yib bo‘lgansizlar. Endi bu xatoni yana takrorlash shartmikan. O‘zi ta‘lim tizimining ikki bosqichli orfografiya bo‘lingani yetadi ( maktabda lotin OTM da krill rus ). Bugun butun dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning deyarli barchasi lotin yozuvida. Alifbo o‘zgartirilishi o‘zi endi Dunyoga chiqib borayotgan O‘zbekistonni yana kamida 50 yil orqaga tortishi aniqku. Ş Sh Ç Ch Nima farqi bor. Bu darajada tuturuqsizliklarga nima sabab. Yoki bu xalqdan pul yig‘ishni yangi usulimi. Bilasizmi qancha adabiyotlar qancha darsliklar o‘zgarishi kerak. Qancha hujjatlar o‘zgarishi kerak. Bunga milliardlab pul sarflash k.k Buni sizga tushuntirib o‘tirishga hojat yo‘q menimcha. O‘zi shundog‘am 30 mlrd dollar qarzni urib qo‘ygan bo‘lsak. Bu davlat uchun ortiqcha xarajat emasmi. Yoki yana xalqni qiynab soliqlar va ularning turlarini oshirasizlarmi? Yetar endi Biz ham yashaylik! Bundan tashqari agar alifbo o‘zgarsa 1. Pasport 2. Haydovchilik guvohnomasi(prava) 3. Milliy valyuta Va boshqa yuzlab hujjatlarni yangidan qabul qilamiz. Bularni hammasini xalq to‘laydimi? Yoki davlat qoplab beradimi? Undan ko‘ra shu pullarni yangi OTMlar ochishga, aholi va yoshlarni Oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirishga yo‘naltirilsa alifbodan ko‘ra foydaliroq bo‘lardi mamlakat uchun. Alifboga o‘zgartirish kiritgandan ko‘ra butun mamlakatni ayniqsa rasmiylarni to‘liq lotin tiliga o‘tishga qat‘iy muddat belgilansa yaxshi bo‘lardi. Men bir narsani ko‘p guvohi bo‘lganman. Xalq ta‘limi vazirligining barcha hujjatlari krill yozuvida. Endi boshqa tashkilot va vazirliklarni gapirmasa ham bo‘ladi. Nima ham derdik ?! Kimdir bizni eshitsa taklifimizni o‘rgansa bu o‘zgarish amalga oshmas menimcha! 90 % insonlar salbiy fikr bildirishgan. Mayli yurtimiz tinch osmonimiz musaffo😊
👍👍👍👍
Акмалбек
Shohista Avezmuratova
Kirill yozuvini nimasi yomon. Xato yozsangiz bu o‘zingizning xatoingiz boshqaniki emas. E'tiborliroq bo‘lish kerak.
Кирилл менинг она тилим эмас мен руссмасман ëки славянской халкдан эмасман ëки христиан хам эмасман...
Мен Алхамдиллох мусулмонман ва Мен Узбекман мен узимнинг она тилимда ëзишни ва су́злашишни хохламайман.....
Менинг она тилимни ва узлигимни ëкотишни ва алмашишни ëки Сотишни хохламайман. 300 йил карамлик бу ачинарлир ва бу 300 йил ичила биз жудда катта ва коп нарсаларни жуда коп яхши тарих ва яхши инсонларни шу крилл алифбоси бн йокотганмиз !!!! ((( крилл харифлари менга керак эмас))
Nega unda lotinda emas kirillda yozyabsiz? Hozir ishda emassizku?
Kirill yozuvini aralashtirmasangiz. Gap lotin alifbosi haqida. Men shunchaki o‘zgarish kiritilishiga qarshiman
🤴👸
Nega, nima sababdan o'zgartirilyapti?
Xusenova Shalola Baxtiyorovna
Qaysi kallasi churrigan òylab topti buni. Shu ham odadmi. Hamma bir yoqadan bosh chiqarib bunga qarshilik bildirishimiz kerak. Xalqdan sòraldimi òzi😡😡😡😡😡😡😡😡😡😡😡😡😡😡😡😡
Laylo Rahimova
Alifboni o'zgartirib yana darslik matnlari o'zgartiriladimi?Bunga yana qancha vaqt kerak? O'zi shundog'am maktablarda darsliklar yetarli emas.
bundan muhimroq muammolar ham borku o'shalarga etibor qaratsa yaxshi edi menimcha
Ismoilova M ....
Агар юқорида йозган кишиларни фикрлари мн дарслик муаммоларини ечиш ва хк лар осон нарса бўлганда еди янги алифбони хамма осон ва тез қабул қилган бўларди.Шахсан менга бу ўзгариш йоқди хозрги глабаллашув даврида ушбу ўзгариш# фақат яхшиликка хизмат қилади . Буни фожиа сифатида қабул қилиш керемас!
O‘zgarishga men roziman.
Ehtimol, yaxshilikka xizmat qilar. Ammo aniq strategiya o'ylab topishsin. Eng ko'p xatoni ayrim "yuqori"dagilar qiladi-da, "quyi"dagilar "javobgar" bo'laveradi.

Xop, imlo xatolari bilan har qanday buyruqmi, hujjatmi rasmiy yoki norasmiy adabiyotlar, kitoblar uchun o'sha mutasaddilar jazoga tortilsin.

Masalan, biron viloyat hokimi yoyinki, biron rahbar imlo xatosi bilan yozilgan va ijroga taqdim qilgan har qanday hujjat uchun lavozimidan ozod qilinsin. Shunda yangi alifboning o'zlashtirilishi uchun qanaqadir "30 yillar" kerak bo'lmasdi.
Menimcha "Ch" va "Sh" harflariga qoʻshiglayotgan belgini oʻzgartirish kerak. Chunki belgilarnimg yozma shaklida yaqqol ajralib turmayabdi. Bu esa koʻplab noqulayliklar tugʻdirishi mumkin.
Biz belgini ( bu yerda belgini ham almashtirish kerak) tepaga qoʻshsak toʻgʻri boʻladi.
Mening fikrim shu. Raxmat
G’anisher Maxmadiyorov
SSSR DA birinchi bo'lib o'zbek tiliga davlat maqomini berish har kimning qo'lidan kelmaydi, bular 30 yil davomida qilingan ishni bir kunda yoq qilyapti,
G’anisher Maxmadiyorov
Bir buyuk shaxsni yerga urayapti
Show next 66 comments