​​❓Тестда абитуриент ўқимаган дарсликдан савол тушиши мумкинми?

— Ҳа, мумкин!

«Masofaviy ta'lim» саҳифаси ҳозир кўпчилик эътибор бермаётган ва оқибати адолатсизликка сабаб бўлувчи муаммо бор, дея қуйидагича ёзмоқда:

Хабарингиз бор, яқин йилларда мактаблар 11 йиллик тизимга қайтди. Ўтган йилларда ёки ҳозир ҳам академик лицейлар ва коллежларни тамомлаб, ўқишга топширадиган абитуриентлар бор. Яъни абитуриентлар икки тоифага бўлиниб қолди: мактабни битирганлар, лицей ёки коллежни битириб ўқишга топширувчилар.

Aниқ айтишимиз мумкинки, мактабнинг 10- ва 11-синф дарсликлари ҳамда лицей ёки коллеж дарсликларида фарқли жиҳатлар, биттасида бор маълумот иккинчисида мавжуд бўлмаган ҳолатлар мавжуд.

Aфсуски, бу муаммо ўтган йили ҳам бор эди. Давлат тест маркази мактаб дарслигида ҳам, лицей ва коллеж дарслигида ҳам бор умумий маълумотлардан тест тушади, дейишига қарамасдан, мактабни битириб борган абитуриентга коллеж ёки лицей дарслигидан тестлар тушди ва ушбу тест олинган маълумот мактаб дарслигида йўқ эди. Ёки бунинг акси бўлди.

Яқинда ДТМ билан боғланиб бу борада маълумот сўраганимизда ўтган йилги гапни такрорлади: мактаб дарслигида ҳам, лицей ёки коллеж дарслигида ҳам бўлган, умумий маълумотлардан тест тушаркан. Бу йил ҳам ўтган йилги муаммо такрорланмаслигига ҳеч ким кафолат бермайди.

Давлат тест маркази жорий йилда шу ҳолатга жиддий эътибор беришини, озгина эътиборсизлик сабаб адолатсизлик юзага келиб қолмаслигни сўраган бўлардик. Ҳар ҳолда гап минглаб абитуриентлар ва уларнинг тақдири ҳақида кетяпти. Балки, ДТМ бунга жиддий эътибор бергандир. Aммо яна бир карра эътиборлироқ бўлиш зарар қилмайди ва адолатсизликнинг олди олинади, назаримизда.

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈

32 comments

Show 20 more comments
Ramzbek Mamadaliyev
Berilgan vadalar vohtida amalga owirilmas ekan qanday qlib rivojlaniw bolsin davlatda har bir iwni aytilganidek bajaradigan odam bormi ozi dtm rahbariyati nma qlmoqda ...har bir masalada mujmallik abiturientni oylaydiganlar bormi bor bolsa nma un ozlarini korsatwmaydi
Nima bolganda ham peshonada borini ko'ramiz endi. Hammaga omad. Bilimimiz va omadimizga ishonishdan boshqa iloj yo'q menimcha.
Yuqoridagi post boʻlmagan gap, yaxshi oʻqimagan va oʻzi bilmagan joydan tushgan testni ishlagan abituriyentlar gapi...

Mutaxassis sifatida ona tili va adabiyot fanlaridan bunday holat oʻquvchilarim orasida, shuningdek, DTM-2019 toʻplamida kuzatilmadi deb ayta olaman.

Agar haq boʻlsa, manbasini koʻrsatsin!

Tekshirib koʻrmasdan bunday fitna qoʻzgʻatadigan, abituriyentlar orasida vahimaga sabab boʻladigan post qilmaslik kerak!!!
Agar shunday bo'lib qolsa unda testni nima qilish kerak javob belgilamaslik kerakmi?
Uzi maktabda 7 oy uqidik yana nma qiladi bunaqa gaplarni kupaytirib
Ja bulmasa 2 xil variant tuzilsin
Maktab bitiruvchilariga bowqa
Letsiy kollej larga bowqa
Yuqoridagi post boʻlmagan gap, yaxshi oʻqimagan va oʻzi bilmagan joydan tushgan testni ishlagan yoki biror ma'lumotni litsey darsligida o'qib, lekin shu ma'lumot maktab darsligida ham borligini bilmaydigan abituriyentlar gapi...

Mutaxassis sifatida ona tili va adabiyot fanlaridan bunday holat oʻquvchilarim orasida, shuningdek, DTM-2019 toʻplamida kuzatilmadi deb ayta olaman.

Agar haq boʻlsa, manbasini koʻrsatsin!

Postga e'tibor qiling! NA ANIQ MUALLIF, NA BIRORTA FAN NOMI, NA BIROR BIR FAN MUTAXASSISI FIKRI KELTIRILGAN!!!

BU POSTNI SHUNCHAKI DTMGA BO'XTON TOSHLARI OTILADIGAN MAVSUMDAGI BIR ASOSSIZ TOSHCHA DEB HISOBLAYMAN!

Tekshirib koʻrmasdan bunday fitna qoʻzgʻatadigan, abituriyentlar orasida vahimaga sabab boʻladigan post qilmaslik kerak!!!

Hurmatli abituriyentlar, bunday bo'xton va g'iybat gaplarga chalg'imasdan puxta tayyorgarlik ko'rishda davom eting!

P.S.: Barcha fikrlar ona tili va adbiyot fani nuqtayi nazaridan aytildi.

P.S.: Ushbu fikrlarim orqali DTMni "oppoq" demoqchi emasman, kamchiliklari yetarli, masalan, "qaysi yo'nalishga qancha abituriyent hujjat topshirganligi", "O'zbek filologiyasi" hamda "O'zbek tili va adabiyoti" <= nomi har xil, lekin vazifasi, ta'lim tizimi, diplomining darajasi bir xil bo'lgan yo'nalishlarga ikki xil yo'nalish bloklaridan test olinishi va hokazo.

© Azamat IRMATOV

https://t.me/ONA_TILI_YANGILIKLARI
Sultonova 01
ona tilida bullmasligi mumkin lekinn kimyoda bu holat bulgan utgan yilda qaysi mavzuladan tuwiwigaca aytilgandi ammo ruyxatdan tawqari ham tuwgan savollar bor edi kimyodan qanaqa test tuwganini utgan yili imtihonga kirgan abiturentlar yaxwi biliwadi menimca
Shaxsan mani òtgan yiligi imtihonda umuman yangi narsalar tushmadi ona tili va adabiyotdan shuningdek savollari ham sodda tushunarli tuzilgan ingliz tilida ham textla tushunarli grammatikasi ham murakkab emas albatta oldingi yillarga qaraganda🙄🙄🙄

Manimcha abituriyentlar ha deb nolivermay yaxshilab kitobni uqishsa yaxshi bòlar edi. Xatoni òzimiz qilib boshqalarni ayblash mantiqqa tòģri kelmidi.
Kimyochilarda haqiqatda shunde qiyin tushgandir lekin boshqa fanlar oson tushgan edi òtgan yili🙄🙄🙄
Irmatov Azamat Normat o‘g‘li
Yuqoridagi post boʻlmagan gap, yaxshi oʻqimagan va oʻzi bilmagan joydan tushgan testni ishlagan yoki biror ma'lumotni litsey darsligida o'qib, lekin shu ma'lumot maktab darsligida ham borligini bilmaydigan abituriyentlar gapi... Mutaxassis sifatida ona tili va adabiyot fanlaridan bunday holat oʻquvchilarim orasida, shuningdek, DTM-2019 toʻplamida kuzatilmadi deb ayta olaman. Agar haq boʻlsa, manbasini koʻrsatsin! Postga e'tibor qiling! NA ANIQ MUALLIF, NA BIRORTA FAN NOMI, NA BIROR BIR FAN MUTAXASSISI FIKRI KELTIRILGAN!!! BU POSTNI SHUNCHAKI DTMGA BO'XTON TOSHLARI OTILADIGAN MAVSUMDAGI BIR ASOSSIZ TOSHCHA DEB HISOBLAYMAN! Tekshirib koʻrmasdan bunday fitna qoʻzgʻatadigan, abituriyentlar orasida vahimaga sabab boʻladigan post qilmaslik kerak!!! Hurmatli abituriyentlar, bunday bo'xton va g'iybat gaplarga chalg'imasdan puxta tayyorgarlik ko'rishda davom eting! P.S.: Barcha fikrlar ona tili va adbiyot fani nuqtayi nazaridan aytildi. P.S.: Ushbu fikrlarim orqali DTMni "oppoq" demoqchi emasman, kamchiliklari yetarli, masalan, "qaysi yo'nalishga qancha abituriyent hujjat topshirganligi", "O'zbek filologiyasi" hamda "O'zbek tili va adabiyoti" <= nomi har xil, lekin vazifasi, ta'lim tizimi, diplomining darajasi bir xil bo'lgan yo'nalishlarga ikki xil yo'nalish bloklaridan test olinishi va hokazo. © Azamat IRMATOV https://t.me/ONA_TILI_YANGILIKLARI
В сборнике биологии и химии полно вопросов из учебника лицеев. И в 2019 году выпадали вопросы из этого учебника. Так что... этот пост вполне себе обоснованный.
Asadbek
Agar yaxshi tayyorlanayotganlar bo'lsa boshqa kitobni,ya'ni deyarli o'xshashni tezda farqlab oladi. Lekin endi boshlayotganlarga aytish juda qiyin!