Тест юзасидан апелляция бериш тартиби ва муаммолари ҳақида

#abituriyent

Ҳар йили тест синовлари жараёнида норозилар кўп бўлади. Атиги 15% абитуриент талаба бўлгандан кейин, кўпчилик орасидан норозилар чиқиши табиий. Камроқ балл олган аксарият абитуриентларнинг айтадиган гапи бир хил: «мен зўр тайёрлангандим, лекин ДТМ нотўғри ҳисоблаган, аслида балим баланд чиқиши керак эди».

Боз устига балларни эълон қилишда хатоликка йўл қўйилгани ҳақида берилган кечаги эълон оловга сепилган керосин бўлди. «Ана, айтмадимми, меникини ҳам паст чиқарди, қайтадан ҳисобласин» деган гаплар кўпайди.

Ўз натижасидан норози бўлган абитуриентлар апелляция шикояти беришлари мумкин. Ҳозир шу ҳақда сўз юритамиз.

Дастлабки муаммо, апелляция бериш муддатида. Низомга кўра, апелляция шикоятлари 21 августдан 30 августгача берилиши керак эди. Аммо пандемия сабаб тест синовлари сентябрь ойига қолдирилди. Хўш, бундай вақтда апелляция вақти ҳам суриладими? Расман қачондан бошланади ва қачонгача давом этади? Бу ҳақида бирор тайинли гап йўқ. Буни тезроқ белгилаш ва эълон қилиш керак.

Иккинчи муаммо, апелляция шикоятлари ёзма ёки электрон шаклда берилиши айтилган. Аммо электрон ариза беришнинг аниқ тартиби йўқ. Ўтган йили info@dtm.uz орқали қабул қиламиз дейишганди. Аммо бу яхши қарор эмаслиги, апелляцияни шахсий кабинети орқали юбориш имкониятини бериш кераклиги ҳақида аввал ҳам ёзгандим.

Учинчи муаммо, апелляцияда қуйидагиларга йўл қўйилмайди:
• уяли телефон, компьютер, телекоммуникация воситалари ва шпаргалкалар (луғат, жадваллар бундан мустасно) олиб киришга ҳаракат қилиш ёки олиб кириш;
• апелляция жараёнида тест материалларини бошқа абитуриентга узатиш, уларга ёрдам бериш ёки ёрдам олиш;
• тест топшириқлари китобининг варағини йиртиш.

Телефон ёки ноутбук олиб кирса нима бўпти? У ўзининг ҳақлигини исботлаш учун керакли манбалардан қидирса, бунинг нимаси ёмон? Абитуриент гениймаску, ҳаммасини сўзма-сўз ёддан биладиган. Ахир бу шунчаки апелляция жараёни-ку, қайта тест топшириш эмас!

❗️Апелляциянинг умумий тартиблари:

👉 апелляция шикоятини бериш учун Тошкентга келиш шарт эмас, ДТМнинг ҳудудий бўлимлари манзили мана бу ерда;

👉 абитуриент хабарномада белгиланган кунда ўзининг паспорти ва абитуриент рухсатномаси билан келиши шарт;

👉 абитуриентга унинг жавоблар варақаси нусхаси, тест топшириқлари нотўғри бажарилган жавоблар рўйхати ҳамда тест топшириқлари китоби берилади;

👉 абитуриент ўзининг ҳар бир нотўғри деб ҳисобланган тест топшириғига жавобларини ёзма равишда баён қилади ва апелляция комиссиясига тақдим этади;

👉 абитуриентнинг жавоблар варақаси, тест топшириқлари китоби ДТМга белгиланган тартибда етказилмаган, йиртилган бўлса, шунингдек, тест синовларидан четлаштирилган ёки ўзининг жавобларини ёзма равишда баён қилмаган абитуриентнинг апелляция шикояти кўриб чиқилмайди;

👉 апелляция шикояти фақат абитуриент иштирокида, унинг ёзма жавоблари асосида кўриб чиқилади. Илгари ота-онаси ёки устозларига рухсат бериларди, кейинчалик буни тақиқлаб қўйишди;

👉 абитуриентнинг ёзма жавоблари ўз тасдиғини топмаган бўлса, шикоятни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинади;

👉 абитуриент мурожаат қилганда унга қарордан кўчирма берилади;

👉 абитуриент қарор устидан судга шикоят қилиши мумкин.

‼️Таклиф:

Умуман олганда апелляция тартиби худдики ДТМ хатоси чиқиб қолишидан қўрқиб, атайин абитуриентларни қийнаш учун ёзилганга ўхшайди.

Менга қолса, тест синовлари тўлиқ якунлангандан кейин, абитуриентларнинг шахсий кабинетида унга тушган саволларни тўлиқ эълон қилиш керак. Шунда абитуриентлар қайси саволга тўғри белгилади, қайсига нотўғри, ўқитувчиси билан бирга текшириб кўради ва агар ўзи хато қилганини кўргач, апелляция бериб ҳам ўтирмайди. Бу минглаб асоссиз шикоятларнинг олдини олади, ДТМнинг ҳам иши камаяди.

Ўз навбатида хато саволларни аниқлаш ҳам осонлашади. Хатони тан олиш эса мардлик белгиси.

Бу иш очиқлик ва шаффофликка қўйилган навбатдаги катта ва дадил қадам бўлар эди.


👉 @xushnudbek 👈

642 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Meni diplom ilovamni xato hisoblagan ekan.Shuni to'g'rilasa bo'ladimi endi
ミ★XO꙰J꙰I꙰A꙰K꙰B꙰A꙰R꙰★彡
Asalomu alakum men imtixon topshirodim shun yana korib berishilarni soreman
To'g'ri
🎅🎀🎁🎓💼
Men MADANIYAT va san'at muassalarini tashkil etish va boshqarish yo'nalishga topshirdim va kamroq 88.8ball oldim.Men kirishimga ishonsam boladimi.O'tgan yilda 109.6 olgandim ammo super kontraktni eshigidan ham kiritishmagandi.Yani super kantrakt narxlar ancha yuqori bolgandi.Bu yilam narxlar oshadimi.Shunga munosabat bildiring iltimos.Hech bolmaganda shundan umid qilsak bo'ladimi .MADINA
Жуддаям тогри
Ташаб берса кабинетга тогри болпди
Shunday qilishsa, juda ajoyib boʻlardi, menda ham shikoyat bor.Testda xatolik bor edi
Жахонгир Хўжа جــاهونــگــیــر خــوجــه
As salomu alaykum juda yaxshi va o'rinli taklif bo'libdi. Faqat bu taklif-hozirgi takliflari ko'p amallari kam bo'lgan zamonamizda kuchga kirarmikan? Albatta bunga ma'sul insofli odamlar qolgan bo'lsa. Chunki 10-sentabrda olingan testlarning natijalarini e'lon qilishdagi xatolik faqat Navoi, Qashqadaryo hamda Qo'qon shahridagina bo'lgan emas bunga shak shubhasiz iymonim komil, agar gapim xato bo'lsa: qani aytsinchi Boshqa hudularda testlarni e'lon qilishda aslo xatolikka yo'l qo'yilmagan deb qaysi DTMdagi shaxs ishonch bilan ayta oladi abiturentlarning haqli e'tirozlarisiz? Test natijalaridagi Xatolik Buxoroda ham bo'lganiga shaxsan o'zim aminman. Shunday abiturentlarni bilaman bilimi borasida ba'zi Oliy ma'lumotli mutaxassislarga dars bera oladigan darajada yetarlicha salohiyatga egaligini ularning o'sha kungi e'lon qilingan test natijalarining pastligi juda ham hayratlanarli va achinarli, shunga asosan javoblari bexato tekshirilmagani esa kundek ravshan. Ammo faqat arz qilsagina xatosini tuzatishga o'rgangan DTMdagilar (unda ham tuzatishga urinsa) Buxorodagi 11-sentabrda e'lon qilingan test natijalaridagi nohaqlikka chirt ko'zlarini yumib turishipti. Agar ushbu taklif amalda kuchga kirsa nechta taqdirlar muammosiz adolatli yakun topgan bòlar edi. Aslida DTMdagilar: Prezidentimiz yoshlarga katta e'tibor qarataylik deb bong urayotgan so'zlarini yerda qoldirmay shunga yarasha har tomonlama shaffoflik va katta ma'suliyat bilan(axir yurt kelajaklari haqida gap ketayapti) vijdonan ishlarini bilib qilishganida edi bunday takliflar va norozichiliklarga asli o'rin qolmagan bo'lar edi.
Siz Navoyi, Qashqadaryo ,Qo'qon,oziz topshirgan Buxoroni etvosizku xatoliklarni ,Toshkentdayam bo'lgan bu xatoliklar ,nafaqat javoblarni tekshirishda balki DTM tuzgan test savolaridayam xatoliklar ko'p .Shaxsan o'zimda matematikada xatolikni ko'rdim. Man DTMdan noroziman.Umuman shafoflik yoq,adolat yoq,xaqiqat yoq!!!!!
Dilfuza Xasanovna
To‘g‘ri taklif.Shuni inobadga olishsa ancha yengillik bo‘lardi.Fkirizga qo‘shilaman.
Y.Dinora
Assalomu alaykum hurmatli Xushnud aka men sizga bir abituryent sifatida murojat etmoqdaman mening imtihonim 10 sentabrda Navoiy viloyatida bòlib òtdi .Lekin natijalar umuman qoniqarsiz chiqqan .Abituryent sifatida 3yildan beri tayyorlanaman .Nega DTM qilgan xatolarini qurboni bòlib doimgidek jim bòlishimiz kerak imtihondagi shaffoflig -u , natijalar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Biz yaxshi natija olib hayotimiz òzgartirish uchun tavakkalchi yo rektor farzandi bòlishimiz kerakmi iltimos sizdan shu masala bo‘yicha menga yechim topishda yordam bersangiz.
Ha shu fikrga juda juda qoshilaman. Togrisni aytsam inglis tilim dan ancha yuqori topladm db o‘ylagandm. Hozr o‘ylanib qoldm apelatsiya beraymikin db lekin yuqoridagi bandlarni ko‘rib ozimni yoqotib qoyishimni bildm. Hammani oz kabinetiga tushgan testini joylashtirishlarini talab qilish kerak
Mavjuda
Assalomu alaykum Xushnud aka. Men imtihonga kechikib borib, test sinoviga qoyilmagan abiturientlarning biriman. Menga 14chi kunidan boshlab arizalarni qabul qilamiz deyishgan edi. Ammo qani qayerda qabul qilishyapti? Sizlar qoygan viloyat mas'ul hodimlarini telfoni 24soat ochiq. 17chi kuni covidga dalolatnomasi bor abiturientlar imtihonga qoyilarkan. Nahotki shularni orasida men kabi imtihonga "uzrli sababi bor" abiturientlarham kirolmasa?? Ahir bizniham savollar kitobchamiz turgan bolsa. Bizga atigi imtihon uchun joy kerak holos. Birgina sabab bilan yana 1yil abiturient bolib qolib ketishni sira istamayman. Iltimos shu masaladaham yordam bering. E'tibor qaratinglar. Bizniham qayta imtihonga qoyishsin. Bu masalada DTM test markaziga togridan togri murojaat qilolmayapmiz. Hechkim e'tibor qaratmayapti. Garchi ayb biz "KICHIK"abiturientlarda bolsaham, bu ishga e'tibor qaratib, bizga yordam beraoladgan " KATTA YAXSHI MAS'UL HODIM"lardan yordam kutamiz😊
Hilola.
Assalomu alaykum men ham fikringizga qo‘shilaman javob varaqasiga qo‘shib tushgan savol variantini ham berib borsa qancha vaqt va sarsongarchilik ham bo‘lmas edi imtihonning shaffofligi ortarmidi
Ибрагимова
Ассалому алайкум Хушнудбек жуда хак гапларни ёзибсиз агар буни амалда куллашга эриша олсангиз Узбекистонда олий таълимдаги адолатсизлик илдизига болта урган буласиз.Бу ишда сизга куч кувват тилайман мен ишонаман бундай узгаришлар киритилишини халк анчадан буён кутмокда ва ёнингизда сизни куллаб кувватлаб туради.
Канализга азо буганидан бери битта фикризга кушилдим. Сиздан хам аклли гап чикаркан.
Assalomu alaykum! Men ham bu gaplarga to'laligicha qo'shilgan bo'lardim. Abiturient haqiqatdan ham o'zi yechgan testdan ko'pincha mamnun holda chiqadi va ball ni ko'rib esa aksincha ''nahotki'' deya natijadan norozilik yuzaga keladi. Balki hayajon tufayli abiturient ba'zi savollar o'rniga boshqasini belgilab yuborgandir va shuning natijasida to'g'ri deb bilgan javobi o'zining xatosi bilan noto'g'ri bo'lgan bo'ladi. Shu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida barcha testlar yakunlangach har bir abiturient test savollarini o'z kabinetidan ko'ra olishga va ularni tekshirishga haqli deb o'ylayman. Aytganingizdek ana o'shanda appilatsiyaga ortiqcha murojaat ga hojat qolmaydi. Faqatgina haq deb bilgan abiturient shikoyat qiladi xolos!. Xushnudbek aka iltimos shu ishni albatta amalga oshirishda yordam bering. Axir bu adolatdan bo'ladi!
@Xushnudbek aka. Assalomu alaykum. Iloji bõlsa, rostdan ham test davomida iwlagan testlarimizzni shaxsiy kabinetimizga tawlawsin. Õzimizni hatolarimizni õzimiz kõrib chiqaylik.
ミ★XO꙰J꙰I꙰A꙰K꙰B꙰A꙰R꙰★彡
Asalomu alakum Xurshidbek aka men imtixonimni balidan qoniqmayapam shunga yordam berishingizni iltimos qilaman
$ STUDENT $
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Sizning aytgan bu taklifingiz juda ham tog'ri va yaxshi. Shu taklifingizni kuchga kirgizish uchun nimalar qilish kerak. Agar biz abituriyentlardan bu fikringizni kuchga kirgizish uchun qanday yordammi, harakatmi kerak bolsa e'lon bering, biz albatta qolimizdan kelganini qilamiz. Lekin bu fikringiz kuchga kirmay qolmasligi kerak. Iltimos shu ishni qilaylik
Ку'палова Интизор
Assalom aleykum Xushnud aka. Sizni bu taklifingizga qowilaman, hamma qatori men ham ballimdan qoniqmayapman.ILTIMOS SIZDAN SHU TAKLIFINGIZ KUCHGA KIRISHI UCHUN NIMA QILISHIMIZ KERAK. Bizga yòl yòriq kòrsating. 4 yil tayyorlangan umrim, vaqtim behuda ketishiga chidab bòlmayapti.Imtihondan shunday xursand bòlib chiqqan edim.Lekin ballimni kòrib hayron qoldim.Bunday ball oliwim mumkin emas edi. Òzimga ishonib belgilab chiqqanman hamma savollaga javobni
Assalomu alaykum. Taklifga gap yo'q. Chindan ham hech qanday shikoyatga o'rin qoldirmaydi.
Show next 37 comments