⚡️DIQQAT, BU MUHIM⚡️

Prezident maktablariga imtihonlar qachon o‘tkazilishi ma'lum qilindi

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi 2021-yil iyul, 2-bosqichi avgust oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, prezident maktablariga kirish uchun qaysi fanlardan imtihon olinishi va imtihonlar tartibi ham bildirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident maktablari to‘g‘risida Nizom”ning 5-bob 39-bandiga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

📌1-bosqich matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi. Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi.

📌 2-bosqich — tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha 16 ta masala, mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan 24 ta masala, ingliz tilidan 55 ta test. 2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.

🏆 Eslatib o‘tamiz, KHISO olimpiada maktabi tomonidan har hafta matematika va ingliz tili fanlaridan xalqaro PISA tadqiqotlari standartlari bo‘yicha testlar, oyda ikki marta aynan tanqidiy fikrlash bo‘yicha maxsus test o‘tkaziladi. Ushbu testlardan navbatdagisi 7-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

11 comments

Assalomu alaykum, prezident maktabiga 9-sinf bitiruvchilari ham topshirsa bóladimi? Ma'lumot uchun oldindan rahmat
Р.Л
Ha menam shu savolni bermoqchi edim
Фарангиз Ахмаджонова
Пулликми бу
Мухаммад Кадир
Assalom aleykum.Nechanchi sinfdan topshirsa bo‘ladi?
Shahriyor
Asalomu alaykum bugun olimpiada bo'ladimi
Shahriyor
Aa
Xushnudbek Nosirov
Танкидий фикрлаш буйича кайси фан укитувчисидан дарс олиш мумкин саволлар жуда мураккаб тузилган эканку
Test qachon boshlanadi?
𝔸𝕫𝕚𝕫𝕒
7martdagi oflayn olimpiada javoblari qachon chiqadi
Президент мактабига 5синфдан кабул борми, тестларга тайёрланиш учун каерга мурожаат килса булади?