​Бугун илк марта YouTube орқали жонли эфир қилиб кўрмоқчиман. Техник томондан ҳали тажрибам йўқлиги учун баъзи носозликлар бўлиб қолса, маъзур тутгайсиз.

Соат 20:30 да бошлаймиз, Худо хоҳласа. Саволларингизни YouTube'даги чат орқали беришингиз мумкин. Имкониятим етганича жавоб беришга ҳаракат қиламан.

❗️Шунингдек, яқин кунларда бир лойиҳа бошламоқчиман, яъни муштарийлар орасидан 5 киши билан Zoom орқали конференция қилиб, турли мавзуларда бирга суҳбат қурмоқчиман ва бу суҳбатни YouTube ҳамда Телеграм каналимга жойлайман. Ўша 5 кишини ҳар сафар кичик танлов асосида танлаб оламан. Танлов шартларини эса бугунги жонли эфирда тушунтираман.

Эфир бошлангуча мана бу ҳавола орқали каналга обуна бўлиб қўйишни унутманг:

http://youtube.com/xushnudbekxudoyberdiyev?sub_confirmation=1

Кўришгунча.

206 comments

Show 100 more comments
Gʻiyosjon Soliyev
Assalomu alaykum Xushnutbek aka meni savolim ko'pchilikni qiziqtiradi bu savol shundan iboratki UZBda moshinalar narxi shuncha tanqiddan keyin ham tushmadi oddiy halqni kim uylaydi normalniy ishga ishlagan odam bitta moshina olishi uchun 3yil pulni yemay yig'sa ololadi shu adolatdanmi halqni kim eshitadi sizdan iltimos shu mavzuni yana ko'taring
Otanazar
Assalomu aleykum men toshkent temiryol muhandislar instuti qurilish fakulteti marksheyderlik ishi yo'nalishining 1-kurs talabasiman sovolim shuki instutimiz transprt universiteti maqomini olgandan keyin bizni palitexnika universitetiga otkazib yuborishlari mumkun agar biz hohlasak shu transport universitetida qolb o'qishni davom ettirishimiz mumkunmi.Bizni xaydab yuborishmaydimi
Talabalarning ikkinchi yarim yilligi uchun shartnoma to'lovi karantin sababli cho'zilganmi? Bu haqida ham gapirib o'ting, iltimos
Chet elga oqiwga ketiwi kerak bolganlarni taqdiri qanday boladi
Sarkarov Javlon
Инстагирамизи силкасини юборинг
Дилшода
📌 Bu yilgi OTM ga kirishdagi yangiliklar haqida batafsil ma'lumot bersangiz. Oldindan rahmat.
Muhayyo Oya
Салом Хушнутбек мен урта махсус дипломига эгаман 28 йилдан буён укитувчи булиб ишлайман иш фаолиятим давомида жуда куп ютукларга эришганман ёшим 48 да Юлий таълимда укишга имкониятим йук кизларимни укитдим менлака укитувчиларга ёрдам беринг илтимос айрим олий маълумотлардан яхши дарс утаман техникумни битирганман
Madrasalar haqida malumot bervoring
Toxir
Assalomu aleykum Xushnud aka men Rossiyada õqiyman 1 kurs talabasiman õqishimni qachon va qanday õzbekistonga kõchirsam bõladi. Iltimos javob bersangiz. Javob uchin oldindan rahmat.
Blogerlikdan boshqa yana qanday faoliyat bilan shug‘ullanasiz (tirikchilik haqida)
Hamshiralarga tulanadigan ragbat puli karantinga kirib 14kun ishlagani hisoblanadimi yoki virus bilan kasalangan bemor kelgan kundan hisoblab tulanadimi.masalan 20kun karantinda ishlab 9kuni haqiqiy kasal.bilan ishlansa qolgan kunlari karantinga olinganlar bilan.hozirgi qiyin.vaziyatda pulga davogar emasmiz pul uchun ishlamadik ham .shu fikr qanchalik tugriligini bilmoqchiman
Prizdentimizga etiborlari uchun ming bor tashakkur.deb qolaman.
Javlon
Kechroq boshlashni iloji yo'qmi? Ishda bo'laman bu vaqtda.
Assalomu alekum Xushnudbek aka ta'lim sohasiga oid taklifim bor edi. O'quv haftaligi uchun o'quvchilarga olingan baholar meyori joriy qilinsa ya'ni norma belgilansa qiyin bulmagan holatda masalan 1-sinflar uchun 1 haftada 1-oy uchun 5 ball ( 1 ta 5) o'zlashtirishiga qarab o'quvchilarni meyor kutarilib boriladi
Har hafta eng kop ball yig'gan o'quvchilar omma oldida yoki sinf ichida daftar-ruchka mayda-chuyda bilan rag'batlantirib boriladi yoki oddiy maqtov . Me'yor bajaraolmagan o'quvchilar ga yengilroq jarima yoki biron-nima o'ylab topiladi maqsad o'quvchi 1 kun maktabga kelib biron bilim urgansin ;)
Juda ham yaxshi g’oyani ilgari suribsiz, auditoriyangizda juda ham faol va ilmli shaxslar bor ularning ham fikri juda qiziq. Iloji bo’lsa 8 30 dan kechroq jonli efir qilsangiz nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.
Feruz Qodirov
Assalom alaykum, Karantindagi kasallarga qarayotgan shifokorlarga haq tulash tartibini tuahuntirib bering. Raxmat.
41 maktab MMIBDO‘Jamshid Hamraqulov
Assalomu aleykum rahmat zór bólarkan.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Ramazon muborak. Bizning maktabimiz o'zbek maktab shu maktabimizda rus sinflar ochishning iloji bormi bo'lsa qayerga murojat qilish kk javob un oldindan rahmat.
Assalomu alaykum Xushnudbek. Meni savolim shundayki, meni òģlim hozirda bakalavr yònalishida kontrakt tòlov asosida òqiydi. Endi bu yil qizim ham topshiradi. Biz boquvchisini yòqotgan oilamiz. Farzandlarimni otasi dunyodan òtganlar. Shu sababdan qizim kontrakt bòlib òtsa uni grant asosida òqishga qanday erishish mumkin. Men Prezidentimizning qizlarni grant òqishiga kiritilgan imtiyozlarni biz ham umid qilsak bòladimi, shuni bilmoqchiman. Oldindan rahmat
Maxbuda Erkinovna
Assalomu alaykum hurmatli Xushnudbek sizga aynan huquqshinis bulganiz va qolaversa bloger bulganiz uchun murojaat qilishga imkon izlayotgandim..
Savolim: Biz bir guruh fuqarolar maxallamiz aynan bizni ko'chamizni mahalliy hokimlarning bir qator butruq va qarorlarini chiqarib xujjat qilib olgan Xususiy Tadbirkor bekitib olgan biz ichkarida tupik yani "boshi berk ko'cha"da qolmoqdamiz...bizni xujjatimizda ko'cha kursatilgan,lekin mahalldan boahlab tuman hokimligigacha bu ko'chamizni tashlndiq deb bervorgan...qisqasi biz hattoki Prezident qabulxonasigacha yozdik ulr viloyat hokmiga junatarkan ulr esa tumanga,tuman kelib tadbirkorni xujjti bor biz xech narsa qilommaymiz deb javob xati qilib beraverdi sudga murojaat qildik sudya ham yol muammosi kupniki hokimiyatga murojat qilingla degan mazmunda javob xat berdi.Biz qayerga murojaat qilishni bilo.mayabmiz...biz oddiy fuqarolarni ham xujjtimiz bor kupchilik bugnmiz uchn pulimiz yuq Tadbirkor esa bita u xmm narsani pul bilan qilvolgan hamma xujjti bizni qarorimizdan keyin tugirlangan lekin bizni hech kim ishimizni hal eayabdi..Xullas biz hokilarning bizni yolimizni yopib quydigan qarorlaridan norozimiz.Hokimlarning qarorlaridan norozi ulish oddiy xalqqamumkin emasmi...? Sizdan iltimos huquqiy masalada yordam bering... Samarqand viloyati Jomboy tumani Shirinkent MFY Chorvador qishlog'ida istiqomat qilamiz...
Show next 48 comments