Audio
#ўқишникўчириш

Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.

✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.

✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.

❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.

Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.

Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1332 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum ,mendayam bir savol bor edi.Men Chirchiq davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida 1-kursni tamomladim.Doimiy yashash joyim Farg‘ona viloyati.Farg‘onada davlat universitetiga o‘qishimni ko‘chirmoqchiman.Lekin aynan o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi yo‘q.Bu yerda filologiya va tillarni o‘qitish:o‘zbek tili yo‘nalishi mavjud.Savolim shundan iboratki,mening yo‘nalishim turdosh hisoblanadimi?
Oqishni kunduzgidan sirtqiga kochirishda muammo bolmaydimi
Lekin toshkenda yashaydi faqat prapiska vaqtinchalik mart oylarida tòliq prapiskaga òtamiz
Aziza
Assalomu alaykum hammaga. Oʻqishdi mos va turdosh bolmaganga kochirsa boladi deyildi tabaqalantirish tolov-kontragini minimalini tolandi dedi sperdi minimali 1.5 baravorimi shuni soramoqchi edi. Javob uchun oldindan raxmat
Shokhnur
Bu qaror ham emas manimcha bu vazirni og'zidagi gap shunchaki bizda vazirlarda shunaqa vakolat bor aytgani aytgan degani degan qog'ozbozlikni tugatishibdi
Assalomu alaykum agar o'quvchining hozir o'qiydigan yo'nalishi kechki bo'limda yoki sirtqi bo'limda bo'lmasa u qanday qilib boshqa yo'nalishga perevot olsa bo'ladi turdosh bo'lmagan yo'nalishga o'tkasa bo'ladimi
Bu gapizdayam jon bor lekin ula oylikka qarab o'trmidide shunchaki Yangamni akasi rassiyada medunsga oqib bu yerda Samarqandda iwladi etganizde iwlomadi hozr shu yoqda iwlaydi Kardiolog vracha
Demak mos va turdosh yo'nalishga perevot qimoqchi bo'sa ham 90 mln atrofida pul to'laydi shundaymi??
Маматкулов Т.
Андижон давлат университетидан Тошкент давлат университетига кучириган эдик. Лекин бюджетдан контрактга утказишди. Бу тугрими? Пропискаси тошкент шахрида
Madaminova
The sea
Szda uzrli sabab bor ekanku
Ha lekin nodavlatda muammo bo'lmaydimi
assalom alekum transfer.edu.uz sayt orqali online ariza topshiriladi deyishdi man saytga kirsam ariza mudati tugadi deyapti shunga nma qilsam boladi
Haa oilaviy òtiladi faqat hozir emas sal kechroq mart oyida
Show next 100 comments