Audio
#ўқишникўчириш

Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.

✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.

✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.

❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.

Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.

Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1332 comments

Show 100 more comments
Assalomu alekim Xushnudbek aka men NamMTI ni birinchi kursini yakunladim O‘zim Andijonlikman Farg‘ona palitehnika institutiga ko‘chirish mumkunmi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka telegramdagi o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ovozli chatlarni eshitdim. Sizga savolim bor edi masalan talaba Samarqand Davlat Universitetida amaliy matematikada o‘qiydi talaba matematikani o‘ziga prevod olmoqchi amaliy matematikadan matimatikani o‘ziga shrift kodi to‘ģri keladi o‘tish mumkin shunga bitta universitet ichida shrift kodi to‘ģri kelsa ham prevod uchun pul to‘lanadimi minimal tabaqalashtirilgan 56000000 mln belgilandi shunda mos kelsa ham universitet ichida bo‘lsa ham pul to‘lanadimi? Javobizni kutaman. Xushnudbek aka shunga iltimos javob yozing kutaman
O'qishni ko'chirish uchun 120 mln 🤬🤬🤬
Qaysi Vatan xoini bunaqa summani kiritgan???
Bu davlat o'z xalqini itarishdan boshqasini bilmidi. Davlatingayam hokimingayam vaziringayam qoydim basharasiga
CHAROS
Tabaqalashtirilgan to'lov kontrakti deyilyapti va super kontrakt miqdori deyilyapti farqi bormi bularni
Хушнудбек, мен андижонданман. Тошкентда Ўзбек тили ва адабиётида сиртдан ўқийман, 1-курсни тамомладим
Андижон Давлат Унверситети тариҳ факултетига ўқишимни кўчирмоқчиман. Тўлов қанча бўларкин
Imomnazarov
Biotexnologiya va Farmasevtika yonalishlari mos va turdoshmi.Imtihonda kimyo va biologiyadan topshirganman
xushnudbek aka biza chet el davlatida taxsil olamiz xozirgi voxtda uzbga perevod qilish uchun abiturentaladaqa ball oliah kere ekan shu insofdanmi ozgina voxt qolganda shu gapni aytishyapti biz nma qilishimiz kere abiturent bolib imtihonga tayyorlanelikmi yoki oqishimizni oqilikmi ball oz xolicha qolishini soraymi osha 56 balli sistema boyicha davom etsin xamma xursand
Insofsizlik shuncha pul tulab utkazish kerak yana
Assalomu alaykum! Qo'shma ta'lim dasturlaridan o'qishni ko'chirish bo'yicha ham ma'lumot bering
Ta'lim parokanda bo'larkanda. Bu insondan umidimiz katta edi afsus
🌼🌼🌼🌼
Assalomu aleykum men biologiya fakultetida o‘qiyman tibbiyotga ko‘chirmoqchi edim oldindan to‘lov qancha bôladi shuni aytsangiz javob u.n oldindan rahmat
Shokhnur
Pul pul ishlashdan boshqasi emas! 1-kursni tugatib bu yil yana hujjat topshirishga nega kecha og'zaki ruxsat berildi sababi 1 yilga to'lagan kontrakt to'lovi qoladi omadi kirib qolsa yana boshqatdan to'laydi 1-kursga to'lov agar yiqilsa testga kirish uchun to'lagan 1 yuz qanchadir summa qoladi foydaga
Shunga ham zor bizni davlatda ta'lim tizimida ishlidigan xaromxorlar
Sarvinoz Mamasodiqova
Unda pul tolasangiz kere,chunki uzrli sababiz yoku
Togri uzrli sabab yo lekin mos va turdosh yonalishku shunga oylanyotgandim,mos va turdosh bosayam bomasayam pulli boladimi endi🤦🏻‍♀️🤦🏻‍♀️
Sarvinoz Mamasodiqova
CHAROS
Tabaqalashtirilgan to'lov kontrakti deyilyapti va super kontrakt miqdori deyilyapti farqi bormi bularni
Tabaqalashtirilgan rasmiy tilda,super kontrakt esa xalq tilida😃🤔
Xushnud aka sizga savolim bor edi,Man o'zim Buxorodan,Urdu Turizm fakultetida 1 kursni tugattim,Lekin o'zimni yo'nalishim bo'yicha Toshkentga prevod qilmoqchiman,Buning uchun to'lov qilishim kerakmi,
Шерзод
Хушнудбек Ака ман укивотган университетимдан иктисод йуналишидан бошка универни иктисодига кодлари хам бир хил (5230100)
Бепул кучираманми
CHAROS
Sarvinoz Mamasodiqova
Tabaqalashtirilgan rasmiy tilda,super kontrakt esa xalq tilida😃🤔
Haa shundaymi davlatni bizlarni masxara qilyaptimi 56 mln aaaaa
Show next 100 comments