Audio
#ўқишникўчириш

Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.

✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.

✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.

❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.

Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.

Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1332 comments

Show 100 more comments
Aziza
Nodavlat Universititlariga ham utadimi uzrli sabablar shu haqida javob bersangiz
Assalamu aleykum! Xushnudbek aka, savolim quydagicha: men Tarmiz davlat universiteti yuridik fakulteti yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabasiman lekin Jizzaxda yashayman. Hammaga malumki Jizzaxda yurisprudensiya talim yo'nalishi yoq Termiz uzoq va u yerda yashashga sharoyitim to'g'ri kelmaydi uyda 3 ta kantraktmiz shuning uchun yaqinroq bolgan yashashga sharoyitimiz yaxshiroq bo'lgan Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti yoki Toshkent davlat yuridik universitetiga perevot qilaolmaymizmi yoki tabaqalashtirilgan kantrakt miqdorining minimumini to'lashimiz shartmi
💪Kholmatov💪
Tupurdim bunaqa.....
Фанлардан қарздор бўлиш ўқишни кўчиришга таъсир қилмайдими
Super kantark minimla miqdori shunchalik qimmatmi
Men ikkinchi kurs biologiya kechki talimda o’qiyman. O’qishimni yashash manzilim Surxondaryodagi TerDU ga kunduzgi ta’limga o’tkazsam buladimi. Faqat yunalishim buyicha
Kim bilan yana ovozli chat qilinishini istaysiz degan savolga yana Oliy taʼlim Vaziri deb javob berishinglarni soʻrardim bu safar murojatni biz yaʼni talabalar qilaylik bizni savolimozni eshitib javobini aytsinlar kechagi boʻlgan suhbatdan koʻpchilik qoniqmadi koʻplab savollarga berilgan javoblar hali noaniq boʻlib turibdi
____
Nima uchun chetga topshirdiz? Chetda ballar past shundeymi? Bunaqalar pastkash insonlar agar vijdonan tahlil qilinsa. Mard bo'lsalaring boshqalardek kechasi uhlamay o'qib o'zimizga topshiringlar. Umrida kitob ochib ko'rmaganlar tavakkal imtihon topshirib chetga kiryabdi keyin o'zimizga perevod qilyabdi. Qaysi fandan imtihon topshirganini ham bilmaydi chetga topshirganlarni aksariyati
Сиз нима деяпсиз ман Узбекистондаги чет эл университетмла укийман 3кун имтихон топшириб машаккат билан кирганман бу ердагиларга ухшаб уйнаб тест ечиб чикмаганмиз, канака билимсиз четникида укийдигонлар уйлаб гапиринг, шароит таккозосидан кусиришимиз кере бу йил
Politexnika institutidan tatu ga kochirish mumkinmi narxi qancha bolarkan
Shokhnur
Qo‘yni ham aldab so‘yadi bu xaromilar qancha insonni sho‘rini bir og'iz gap bilan quritsaya nega sentabrda oylamadi perevodni pullil qilishni ayni 1 oy qolganda esiga tushib qoldi MAQSAD 1TA PUL ISHLASH
Ra'no Esonova
Assalomu alaykum Xushnidbek meni qizim Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Oliy Ma'lumotli Hamshiralik yo'nalishini 1-kursini tamomladi yangi qaror asosida shu akademiyaning Davolash ishi yo'nalishiga o'tqazishni xohlayapdi shunda perevodi ichki bo'lsa ham to'lov qilinadimi darslar tartibi bir xilku.Iltimos shu to'lovini bilib bersangiz qanchaligini.
Assalomu alaykum, men pedagogika fakulteti talabasiman, ayni paytda 2-kursda o'qiyman,umuman olganda bu yo'nalishga ota-onam rizoligi bilan kirganman, mening esa ingliz tiliga bo'lgan ishtiyoqim baland va o'zim Mana shu soxada kelajagimni tasavvur eta olaman va davlatga foydam tegadigan kadr bo'la olaman, lekin perevod uchun mablag'imiz yetishmeydi, ushbu vaziyatda bir yosh kadr uchun qandey maslahat bera olasiz?
Маликахон
Шу супер контракт масаласини Хушнудбек ака аниклаштириб беролмамикинлараа
Show next 100 comments