Audio
#ўқишникўчириш

Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.

✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.

✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.

❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.

Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.

Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1332 comments

Show 100 more comments
Abdullaeva Shohsanam
Masalan Namangan davlat Unversitetiga Arxivshunoslik yoʻnalishida oʻqiydigan boʻlsa Andijondan yashasa u Andijonga aftmatiski Arxishunoslik yoʻnalishiga oʻtadimi yoki xoxlagan turdosh yoʻnalishiga,masalan tarixga oʻtkazsa oʻtadimi?
Tabaqalashtirilgan to'lov miqdori qancha
Tugizov Erkin
hammasi mumkin faqat to'lov bilan, bu yerda hech kim xalqni o'ylayapti deb o'ylamayman. Vazirni gapiga shunchaki qoyil, nima emish super kontrakt to'lovi bilan amalga oshirilga perevod, to'langan mablag osha oqishini ko'chirgan talabaning qayta ozlashitirishi uchun sarflanarmish safsataku bu, o'zi bir yil oqigan ya'ni 2 semestr, osha ikki semestr davomida 18 ta fan o'qitilgan bulsa turdosh ta'lim yonalishlarda fanlar farqi ham kam, vazirimiz uzlari tasdiqlagan o'quv rejalarni yaxshi bilmaydi sheklli, umumiy fanlar farqi soni 6 ta chiqsa mutaxassislik va ixtisoslik fanlari bilan birga, shu 6 ta fan uchun, uzi turdosh ta'lim yo'nalishlar guruhida bo'lsa ham 10 barobarlik super kontrakt to'lovi amalga oshirilishi bu haqiqatdan nohaqlik, Vazirimizda surab qolardik, qaysi rivojlangan davlatlarning nufuzli Oliy ta'lim muassasalarida aynan shu super kontrakt to'lab oqishini ko'chirish amalga oshirilishi belgilangan, kelgusida O`zbekistonda ta'limni rivojlantirish uchun qanchalik xissa qoshishini ham kelgusi chiqishlarida aytib berishlarini so'rab qolardikkkk, eshiteylikkk qani nima derkin
Zahinabegim
Agar tòlov qilishga imkoniyati yòq bòlsa imtixon topshirib òtsa ham bòladimi?
Qilichova Maftuna
Vazira Xudoynazarova
Biror fandan qarzdorlik bolsa perevod qilib bo'lmaydi
100% aniq.mi. gapiz . Yo ehtimoliy gapiryapsizmi
0070777
Tolovni tolash imkoniyatlari qanaqa
Bir viloyatdan ikkinchi viloyatga (yani doimiy turar joyi) kuchirsa buladi agar turdosh yunalishi bor bulsa deyildi. Lekin uzining viloyatida usha yunalish bulmasa qanday kuchiriladi. Bu holat uzrli sabab bulmay qoladimi?
Qilichova Maftuna
Vazira Xudoynazarova
Aniqku qarzdorlik bolsa bolmedi
Manga qarzdorligizni uwa perevod qigan istizda yopasiz kerak deyiwtida dekanat.siz uziz wu sohaga tegiwli kiwmisiz yoki talabamisiz
Qilichova Maftuna
Vazira Xudoynazarova
Yu unaqa bolmedi. Talabaman bzada wunaqa qarzdorlik bormi pervod qilolmesan dedi
Bilmasam. Man farmaseftika uqiyman kridit moodle bugan u.n buladi bowqa istda topwirsang ham dedi.vaqt kursatadida. Siz qayda uqiysiz
Men kimyo texnalogiya insitituti o'qiyman bzada ham kredit modul. Qarzdorlgz bolsa ula qabul qlmasa kkda. Qaysiga pervod qlmoqcsz
Shayixnazarovna
Assalomu alaykum bir hududdagi kunduzgi ta'limdan sirtqi ta'limga perevod qilsak bo'ladimi masalan bioinjeneriya kunduzgi ta'limdan biologiya kechki ta'limga. Javob uchun raxmat.
Salom hammaga men Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida o'qiman.O'zim Farg'ona viloyati Qo'qon shahridanman.Prevot masalasida hurmatli xarom xo'r oliy ta'lim vaziri aytishi bo'yicha o'z yashash joyiga prevod qilish mumkin debdi.Ko'rib chiqdim Vodiyda to'g'ri keladigan turdosh yo'nalishlar yo'g'akan faqat menga yaqini Toshkentda ekan.Endi nima qilsam bo'ladi maslahat berib yuboringlar
Show next 100 comments