Audio
#ўқишникўчириш

Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.

✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.

✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.

❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.

Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.

Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1332 comments

Show 100 more comments
Хасан & Зухро
Хушнудбек хамма норзи булмокда. Сиз куп сонли талабалар номидан кириб айтинг минимум дегани 10 баравар ва ундан юкори дегани эмас. Куриб амалий ёрдам килсин.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Men Qashqadaryodanman Qoraqalpoq davlat universiteti yuridika fakultetida oqiyman men oqishimni Termiz Termiz davlat universiteti yuridika fakultetiga perevod qilmoqchiman. Bunda hech qanday muammo bo'lmaydimi
Faqat boyni bolasi o'qirkanda endi hohlagan yonalishida. Jamiyatda har hil oila vakillari bor kam taminlangan oilalar nima qiladi unda o'qishni ko'chirmoqchi bo'lsa? Ularga ozgina bolsa ham sharoit qiberadimi vazirlik?
Assalom aleykum Xushnudbek aka menda bir taklif bor edi chamamda fikrimiz bir Magistiratura masalasida faqat turdosh yònalishga topshirish mumkin degan fikirga qarshiman to'g'ri albatta tuproqshunoslikni tugatib moliyaga magistir òqish bu axmoqlik lekin masalan yo'l muhandisligini tugatib yo'l qurilish mashinalari yònalishini õqish mumkin deb o'ylayman zero bular ôzaro noturdosh yònalishlar hisoblanadi menimcha bular bòyicha ro'yxat shakllartirish kerak yani qaysi yo'nalishga magistiraturaga o'qish mumkinu qaysiga mumkin emas!Shu masala bo'yicha o'z fikringizni yuqoridagilarga bayon qilishingiz kerak!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
Assalom aleykum Xushnudbek aka tibbiyot yoʻnalishidagi ichki perevod qanday bo'ladi masalan xalq tabobatida o'qiyotgan talaba davolash ishiga perevod qilsa bo'ladimi perevodni narxi qancha bo'ladi iltimos aniq summada aytsangiz
Assalom aleykum. Agar mos va turdosh bumagan soha yani pedagogikadan med yunalishiga utkizilsa qancha pul ketadi? U bu kim surab kurgan bo'lsa yoki xabari bolsa javob bersalariz xursand bulardim. Raxmat
🇱🇷🇺🇸🇺🇿
Assalomu alekum yaxshimisz man Buxoroda o'qiyman 2 kurs tarjimonlik yo'nalishi namanganlik bo'lganligim sababli man uchun uzoq likin uzimdi fakultetim yo'q namanganda likin otkan yili namanganlik gruppadoshlarim perevod olib ketishdi toshkentga yaqinro namanganda bu fakultet yoqligi sababli bu yil ham ruxsat beriladimi man ham toshkentga qila olamanmi tarjimonlikka JAVOB UCHUN RAHMAT
Assalomu alaykum bu yerdan chetdan oʻqishni koʻchirish nechta fandan boʻladi va nechi ball boʻlishi haqida maʼlumot yoʻqku
Nimaga kerakli savollar berilmadi
Husanboy
Asalomu alaykum Hushnud Aka yaxshimisiz Man turmush ortogim Fargonadan hozir oqiydi Andijonda Inyazda Man harbiy bolib ishlayman Samarqanda turmush ortogimni oqishini kochirmoqchiman Kantrakda oqiydi Shunga tavsiya berishingizni sorayman
Jalilova Zarbibi.
Assalomu aleykum Xushnudbek aka men Namanganda Jahon tillar fakulteti nemis tili yonalishida oqiyman ozim Samarqandlikman endi Samarqandga ingliz filologiyasiga kochiraman bu ham pullimi yo imtihon boladimi mana shuni kengroq qilib tushuntiringizlar.
Zaxarcha
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men Jizzax politexnika institutida sanoat texnologiyasi fakultetida oʻqiyman oʻzimxam Jizzaxdanman lekin men Jizzax davlat pedagogika institutiga koʻchirmoqchiman oʻqtuvchi boʻlmoqchiman pervod qisam boʻladimi shuni tushuntirib bersangiz
Vayboooo undan 1chi kursga super tolagani yaxshi ediku🤦🏻‍♂️
81А-19🌸🌸
ming marta imtihon topshirib perevod qilongani yaxshidi
Temurbek
Yangi qonun halq manfaati uchun emas. Kimlarnidir chuntaklari uchun. Qarorni chiqarganni oxirati kuysin ilohim. Pul deb uz halqini ezganlarga lanat bulsin.
Yana bir savol menda uzurli sabab yoʻq, lekin Samarqandda iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar boʻyicha) tahsil olaman, Samarqanddagi boshqa OTMga Yoki Jizzaxdagi OTMga mos va turdosh yoʻnalishga koʻchirmoqchiman qanday boʻladi? Super boʻladimi?
Turdosh ta'lim yönalishlarini qayerdan körish mumkin kim biladi?
Show next 100 comments