#ўқишникўчириш
Олий ва ўрта махсус таълими вазири Абдуқодир Тошқулов билан суҳбатда
ўқишни кўчиришга оид айрим саволларга ҳам жавоб берди.
✅ Агар фарғоналик талаба ҳозир Самарқандда ўқиётган бўлса ва ўқишини ўзининг доимий яшаш манзилига кўчирмоқчи бўлса, унда
имтиҳонсиз ва ҳеч қандай тўловсиз
мос ва турдош бўлган йўналишга кўчира олади. Агар талаба мос ва турдош бўлмаган бошқа йўналишга кўчирмоқчи бўлса, унда бир марталик супер-контракт тўловини тўлаш талаб этилади.
✅ Мос ва турдош бўлмаган исталган йўналишга супер-контракт тўлаган ҳолда
ўқишни кўчириш мумкин. Масалан, биологиядан тиббиётга, педагогикадан юриспруденцияга ва ҳ.к.
❗️Лекин агар талаба юқори курс бўлса ва ўтилган фанлар фарқи катта бўлса, унда битта пастки курсдан ўқишни кўчиради, яъни бир (ёки икки) йил йўқотиши мумкин.
Шунингдек, вазир суҳбат чоғида табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари қанча бўлиши ҳақида айрим йўналишлар кесимида маълумот берди.
Қолганини овозли хабарда эшитишингиз мумкин.
👉 @xushnudbek 👈
Biz avvalgi tizimda qolishini talab qilamiz.
Men òzim Jizzax viloyatidanman.Men bu yil 2020-2021 o'quv yilida 4-tanlovim bòlgan Farg'ona Jamoat Salomatlik tibbiyot institutiga "Tibbiy profilaktika " yo'nalishiga o'qishga kirdim.
Masofa uzoqligi va olisda yaqinlarim, qarindoshlarim yo'qligi hamda oilaviy sharoitim sababli endi o'qishimni yo'nalishimga turdosh bo'lgan Samarqand viloyatidagi Samarqand tibbiyot institutidagi "Davolash ishi " yo'nalishiga o'qishimni ko'chirmoqchiman.
Chunki o'z viloyatimda tibbiyot oliygohi yo'qligi va bizning viloyatga eng yaqin viloyat hisoblangan Samarqand viloyatida Tibbiyot oliygohi mavjuddir.
Shuning uchun savolim bor edi, men òqishimni Fargonadan Samarqandga hech qanday to'lov va imtihonlarsiz o'qishimni ko'chira olamanmi?????
Ushbu masalada savolim ijobiy hal bo'ladi degan umiddaman

Supper tòloviga judayam qarshiman oddiy perevod uchun shuncha mashaqqat bn kirsak òqishga hech bòlmaganda pastroq summa qòyishsa yaxshi bòlardi ..Bizani bu yonib kuyganimizni kim ham eshitardi xalq bn ishi yoo barbir bularni pul bòlsa bolgani oddiy xalq qanday tòlaydi hech kimni ishi yoq