Тўлдириш: анъанавий дарслар барча босқич талабаларига тааллуқли

Юқоридаги хабар чиққандан сўнг, баъзи саволлар пайдо бўлди. Жумладан, расмий хабарда «2021 йил 11 январдан барча ОТМларнинг тегишли курсларида ўқув жараёни анъанавий шаклда бошланади» дейилганди. Кўпчилик «тегишли курс» жумласида айнан қайси босқич талабалари назарда тутилганини сўрашди.

Биз Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги билан боғланиб, ушбу масалага ойдинлик киритишга ҳаракат қилдик. Вазирликнинг ахборот хизмати раҳбари Фарход Бабашевнинг сўзларига кўра, мазкур янгилик барча босқич талабалари учун тааллуқли. Шу пайтгача фақат биринчи ва битирувчи босқич талабалари анъанавий дарсларга чақирилган. Эндиликда 11 январдан бошлаб, барча босқич талабалари учун анаъанавий дарсларга старт берилиши режалаштирилмоқда.


👉 @xushnudbek 👈

707 comments

Show 100 more comments
Sesiyada domlalar tushunsa bo'ldi endi
Vohid Urinov
O'qish joyi boshqa viloytda bo'lib, shu paytgacha o'z viloyatida yashayotganlar, 1 hafta ichida qanday qilib Toshkent yoki boshqa shaharda ijoraga joy topa oladi? Vazirlik bu haqda bosh qotirmadimi? Qachongacha talabalar vazirlikni kech va ahmoqona qarorlaridan aziyat chekishi kerak? Bunday habarlar kamida 1 semestr oldin berilishi kerak. Hozirgi holatda, talabalarda onlayn yoki ananaviy darslarga qatnashish talabalarni tanlovi bulishi zarur. Agar holasa kelsin, hohlamasa onlayn davom ettirsin. Bu muammolarni tagida OTM.lar uziga tegishli qarorlarni uzi qabul qila olmasligi, vazirlikni har narsaga uz burnini tiqaverishi yotibdi.
Onlayn òqish tarafdoriman. Ananaviyga òtishda ancha muncha mablaĝ kereku? Undan tashqari xali virus yòqolmagan bòlsa?
Xullas sizni fikriz ham gapiz ham men un 1 tiyinlik qiziq emas.bizda 11 dan ochilishi aniq bo‘ldi. Menga desa siz bir umr online o‘qimaysiz mi.menga amerika .muhimi men darsga ketaman
Assalomu aleykum Xushnudbek aka . Savolim shundan iborat ediki: chet davlatlarning bazilari karantin choralarini kuchaytirib futbol musobaqalari va shunga òxshash tadbirlarni qoldirishmoqda. Covid-19 virusining ikkinchi tòlqini va mutatsiyaga uchrab tarqalayotgani haqidagi xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatyapmiz . Shu kabi savollar òrganilganmi? Javob uchun oldindan rahmat
Maktablar haqidayam ayting iltimos?
Online yaxshi edi tinchgina.tanlash imkoni bersin unda
Maftuna❤️‍🔥
Adawmasam sizlar online oqiysizlar
Yaxshilikka bo'lsin nima bo'lsa ham kimlar uchundir yaxshi kimalr uchundir yomon xabar bo'lishi mumkin. Bo'lishi kerak bo'lgan ishni bo'lgani ma'qul.
Мухсиновна
Хаамма бориши шартмикиин. Масалан, ёшига йетмаган чақалогим борларчиии
Menimch sirtqilar online o‘qisa kerak, yana bilmadim.
Islom
Дерзко
Озиз :-(
Ha da yana kimga javir o‘zizga
Bu qarorni qaytadan ko'rib chiqishsa bo'lardi
Tanlash imkoniyatini berishsa yaxwi bòlardi
Show next 100 comments