Тўлдириш: анъанавий дарслар барча босқич талабаларига тааллуқли

Юқоридаги хабар чиққандан сўнг, баъзи саволлар пайдо бўлди. Жумладан, расмий хабарда «2021 йил 11 январдан барча ОТМларнинг тегишли курсларида ўқув жараёни анъанавий шаклда бошланади» дейилганди. Кўпчилик «тегишли курс» жумласида айнан қайси босқич талабалари назарда тутилганини сўрашди.

Биз Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги билан боғланиб, ушбу масалага ойдинлик киритишга ҳаракат қилдик. Вазирликнинг ахборот хизмати раҳбари Фарход Бабашевнинг сўзларига кўра, мазкур янгилик барча босқич талабалари учун тааллуқли. Шу пайтгача фақат биринчи ва битирувчи босқич талабалари анъанавий дарсларга чақирилган. Эндиликда 11 январдан бошлаб, барча босқич талабалари учун анаъанавий дарсларга старт берилиши режалаштирилмоқда.


👉 @xushnudbek 👈

707 comments

Show 100 more comments
Bizda o‘qish 11-yanvardan boshlanmasakan
Ananaviy oqish zor online oqish sifatsiz judaaa togri qaror
Ananaviy oqish zor online oqish sifatsiz
Assalomu alaykum Xushnudbek aka 2-,3-,4- kurslarni chaqirib, sessiyani tugatib yana o'qish yana online davom etadi degan gap tarqaldi.Shunga aniqlik kiritib bering iltimos.
Hasankhan
Ассалому алайкум бу сиртки таьлимларга хам тегишлими
Oliy ta'limda ayni sessiya payti ananaviy ta'limga qaytish g'alati qaror. Lekin ayni sessiya davrini online qilish kerak. Sababi qog'ozbozlik va karrupsiya ayni shu davrda(sessiya) avjiga chiqadi.
Sessiya offline bulsa ham,lekin sessiyani tugatib online qilsa yomon buladi
Sirtqida o'qiyotganlarga bowlanmasmikan?
Assalomu aleykum Xushnudbek aka.Tojikistonga o'qishga topshirgan talabalar bu yil ham 1-kursdan o'zimizning oliygohlarga perevod qilsa bo'ladimi.Agar perevod qilib bo'lsa,qandey xujjatlar kk bo'ladi va tartibi qandey bo'ladi?Shu haqida ham batafsil ma'lumot bersengiz iltimos !!!!
سوناتيلو
Talaba va òqituvchilarga oliygoh budjetidan vaksina beriladi. Kasallansa davolanadi
Undan online o'qib kasallik yuqtirmagan yaxshiyu. Nechtasi qiynalib yotibdi kasal bo'lib.
XUSHNUD aka siz ham biror narsa deng bu haqida iltimos...
Миркомил Хасанов
Kechkida ham ananaviy ta'limga qaytadimi
Assalom aleykum bahorgacha onlayn bolgani maqul yangi shtam tarqalayapti dunyoda Yana bir ikki hafta o'qib Yana karantin deb urra qoch bolmasin hech kim osha vaqtni unutmagandir, online ham offlinedaham õqish deyarli bir xil kimga kerak bo'lsa o'qiydi...
Shahzod Razzaqov
MAGISTRATURACHIIII HAR DOIM MAGISTRLA ESDAN CHIQIB QOLADI
Online yoki ananaviy oqish tanlovini talabani òziga berishgani maqul. Bazi bir akaxonlarni chontagi boshab dorilari va maskalari òtmayotgan bolsa boshqa biznes qilishsin ammo xalqni majburlab yigishmasin. Qoshni davlatlarda vaziyat yomonlashmoqda. Shuni korib turib majburiy ravishda yigmasa kerak. Ularning ham farzandlari borku. Alloh insof bersin ularga
ОЗОДА АБДУВАЛИЕВА
Албатта офлайин яхши аммо айни вакитда кимнингдир шароити туғри келмайди март апрел эмас кишнинг уртаси квартира яна бошка муамолар😦
Show next 100 comments