⚡️Келаси йилдан бошлаб миллий сертификати бор абитуриентлар математика фанидан тест топширмайди

“Математика соҳасидаги таълим сифатини ошириш ва илмий-тадқиқотларни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ:

👉 ҳар бир туманда (шаҳарда) математика фанини чуқурлаштириб ўқитишга ихтисослаштирилган мактаблар босқичма-босқич ташкил этилади.

👉 Ихтисослаштирилган мактабларда ўқувчилар белгиланган тартибда танлов асосида саралаб олинади.

👉 2021 йил 1 январга қадар ДТМ томонидан математика фанини билиш даражасини баҳолаш бўйича миллий сертификатлаш тизими жорий қилинади.

👉 Имтиёз бериладиган даражадаги миллий сертификатга эга абитуриент давлат ОТМга ўқишга киришда математика фанидан тест синови топширишдан озод этилади ва унга математика фани учун белгиланган максимал балл берилади.

👉 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани бўйича ўқитувчилари тегишли даражадаги миллий сертификатга эга бўлишлари мажбурий ҳисобланади.

👉 миллий сертификатнинг тегишли даражасига эга математика фани ўқитувчиларига (Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани ўқитувчиларидан ташқари) 25 фоиздан 50 фоизгача ҳар ойлик устама ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

292 comments

Show 100 more comments
☆☆☆☆☆☆☆
Ajou
☆☆☆☆☆☆☆
Ajoyib yangilik matematika va ingliz tili hamda rus tillarini shunday tabaqalab chiqsak ertaga bolalarimiz albatta sifatli o'qituvchilardan bilim olishadi
engineer production technical department
Yana tanish bilishchilik kopayadi test markazlarda tog'a xolalar ko'payadi. Buni boshqa davlatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish kerak imtihonlarni ham ular olishi kerak tekshirish esa birga tekshirsa boladi. Shu yerda ham korripsiya boladi
Bu narsani tashkil qilish yomon emas! Shaffoflik ham o'z o'rnida bo'laveradi. Faqat bir narsa: certeficateni olish uchun ham imtihon shakli huddi IELTS kabi o'tkazilish kerak! Va shunday bo'lsa ham kerak chunki xabarda certificateni qanday yutib olish aytib o'tilmagan faqat joriy etilishi haqida aytilgan u yerda! Agar bu narsa huddi shu tarzda tashkil qilinsa bu juda yaxshi narsa bo'ladi!
Imtihondan avval qilsa yaxshi bolardida
Ishqilib korrupsiya, tanish bilishchilik bop ketmasa bolgani.
Xusniddin Rasulov
Сизни Бир масалада фикрингиз маслахатингиз керак эди
💫👑Miracle👑💫
Men kirgan yilim cefr joriy qilindi ln shu oliygohga 30foizi cefr bn kirib qolgani yiqildi. Ulsrning qolgan 2ta fanlari juda past edi
Sardor Asatillaev
Karupsiyani oldini olish uchun 2ta yol bor: sertifikati olishni online imtihon qilish mn yoki faqat belgilangan joyda imtihon topshirish
Ha huddi shu tartibda belgilangan nazoratdagi joylarda o'tkazilsa haqqoniy bo'ladi! CEFR IELTS imtihonlari ham shu yo'sinda bo'ladiku! IELTS va CEFR ni haqiqiy bilim egalari olgandek bu certificate ham bilimlilarga tegadi!
Qaror loyihasini ma'qullamayman, eng bilimli bola ham maksimal bal ololmaydi. Bu qolgan abituriеntlarga nisbatan nohaqlik bo'ladi. Mayli ixtisoslashgan maktabda chuqur bilim olgandir unda nimadan qo'rqadi topshirsin imtihoni.
Qanday ajoyib yangilik! Bunday yangiliklarni ko'rib quvonasan kishi. Faqat hammasi muhabbatga bog'liq. Ba'zilar mol-dunyoga bo'lgan muhabbatlarini Vatanga bo'lgan muhabbat bilan almashtirishsa o'zining oxirati uchun zamin, avlodlar uchun buyuk kelajak hozirlagan bo'lar edilar.
Раҳимова Фароғатхон Икромовна
Хар бир фанга шундай талаб қўйиш керак.Ўқитувчилар хам сараланади шунда
Raxmatilla
Ў Хушнид
Tohir Mannapov
Qaror loyihasini ma'qullamayman, eng bilimli bola ham maksimal bal ololmaydi. Bu qolgan abituriеntlarga nisbatan nohaqlik bo'ladi. Mayli ixtisoslashgan maktabda chuqur bilim olgandir unda nimadan qo'rqadi topshirsin imtihoni.
Bu loyihadan asosiy maqsad abiturientlar vaqtini tejash va qolgan fanlarga ham vaqt topishi uchun yordam imkoniyati tarzida tashkil qilinyapti! Ko'pchilik abiturientlar 5 ta fandan imtihon bo'lar ekan deb vahimaga tushib qaysi fanni o'qishni ham bilmay o'qishni tashlab yuborganlar ham yo'q emas. To'g'ri bu manashu yilgi abiturientlar uchun qiyin kelishi mumkin! Lekin keyingilari olishga harakat qilib ham o'qishadi! Tepada boya kimdir aytgandek bu narsa asli hamma fandan tashkil qilinishi kerak!
Хозирда Академик лицейда тахсил олаётган 1-курс талабалари учун хам таалуклими бу?
Assalomu aleykum javobingiz juda muhum Xushnud aka xalqaro ko'rik tanlovida 2 o'rinni olganman san'at yo'nalishi bo'yicha ammo vazirlik orqali bormaganman bu diplom oliy ta'lim muassasiga imtiyoz bo'la oladimi. ko'llej rahbari vazirlikga xat yubormasdan qatnashilsa diplom ishlamasligini aytdi.bu Gap qanchalik to'g'ri
𝐑𝐨'𝐳𝐢𝐛𝐨𝐞𝐯𝐚 𝐆𝐮𝐥𝐧𝐨𝐳𝐚
Agar hamma fandan tawkil qilinsa, deylik bir OTMdagi yonaliwga 20ta qabul kvotasi bor, wu yonaliwga uchala fandan ham imtiyozi bor 25ta bola hujjat topwirdi, unda qanaqa boladi
Iiiiii bu muammo emasku! O'zi har doimgi dtm imtihonlarida ham shu hol bo'ladi! Misol uchun yuridik univsrsitet grantga 5 talaba oladi qolgan 20 tasi kontrakt deyilgan bo'lsa kvotada agar 10 ta abiturient 189 ball to'plasa shu 10 ta talaba grant asosida o'qishga kiradi! Bu deganim siz aytgandek kvota 20 ta bolib 25 tasida shunday certificate bo'lsa 25 ta oladi OTMlar bunga majbur!
Show next 100 comments