⚡️Келаси йилдан бошлаб миллий сертификати бор абитуриентлар математика фанидан тест топширмайди

“Математика соҳасидаги таълим сифатини ошириш ва илмий-тадқиқотларни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ:

👉 ҳар бир туманда (шаҳарда) математика фанини чуқурлаштириб ўқитишга ихтисослаштирилган мактаблар босқичма-босқич ташкил этилади.

👉 Ихтисослаштирилган мактабларда ўқувчилар белгиланган тартибда танлов асосида саралаб олинади.

👉 2021 йил 1 январга қадар ДТМ томонидан математика фанини билиш даражасини баҳолаш бўйича миллий сертификатлаш тизими жорий қилинади.

👉 Имтиёз бериладиган даражадаги миллий сертификатга эга абитуриент давлат ОТМга ўқишга киришда математика фанидан тест синови топширишдан озод этилади ва унга математика фани учун белгиланган максимал балл берилади.

👉 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани бўйича ўқитувчилари тегишли даражадаги миллий сертификатга эга бўлишлари мажбурий ҳисобланади.

👉 миллий сертификатнинг тегишли даражасига эга математика фани ўқитувчиларига (Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани ўқитувчиларидан ташқари) 25 фоиздан 50 фоизгача ҳар ойлик устама ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

292 comments

Show 100 more comments
Qaysi universitetlarda kredit tizimi joriy qilindi shu haqida ma'lumot kerak oldindan rahmat
Saidahmad Hosilov
Qolgan fanlar ham sekin~sekin yo'lga qo'yilar
Yo‘lga qo‘yilsa hammasi qo‘yilishi kerak da!! Agar shu sertifikat joriy qilinsa ko‘pchilik Matematika hamda ingliz tilini o‘qiydi tamom !! Sabab o‘sha ikkisida ham sertifikat beriladi !!
Xusniddin Rasulov
Ассалому-алейкум Хушнудбек мавзудан четлашган холла сизнинг маслахатингиз зарур булиб колди илтимос иложи булса менга езворинг нам тел. киворинг.олдиндан уз миннатдорчилигимни билдираман
N. Mamadaliyev
Nega?
Fanlar akademiyasi Matematika institutida test bilan ishlaydigan va matematikadan testni yaxshi tuza oladigan mutaxassis deyarli yo'qborlari ham yetishmaydi aksari faqat test to'plam bilan ishlashadi. Agar savollarni ular tuzadigan yoki ekspertlikni oladigan bo'lsa savollarni tashqariga chiqib ketishi 200% aniq
Shakhzod Ergashev
Assalom aleykum bu fikr 99% Notori sababi agar Sertifikat oladgan bolada wunchalik zor bilim bolsa Wu bilimini DTM beradgan savollardayam isbotlab qoysa boladi. Yana Bowlanadi kotta kotta iwlar
Sanatbek Jabbarov
Bunday sertifikat berishdan maqsad nima ? Nega aynan Matematika ? Boshqa fanlar chi? Matematikani biladiganlar kamayib kettimi ?
Matematika kompyuter texnologiyalari, dasturlash, kiberxavfsizlik, fizika, texnika, mexanika va ko‘plabboshqa sohalar uchun asos bo‘ladi. Shu sabab prezident shaxsiy tashabbusi bilan matematikani kuchaytirishga e'tibor qaratilmoqda. Bu boshqa fanlarga e'tibor bo‘lmaydi degani emas. Aksincha, ko‘plab amaliy sohalarda tez rivojlanishga erishish uchun matematika zarur.
Suvonberdi
Korrupsiyaga marhamat unda
Sanatbek Jabbarov
Korrupsiya bo‘masligiga kim kafolat beradi ?
Hozir shu masalada o‘ta jiddiy bosh qotirilmoqda. Inson omilini aralashtirmaslikka maksimal harakat qilinadi, korrupsiya bo‘lmasligi uchun
Shakhzod Ergashev
N. Mamadaliyev
Matematika kompyuter texnologiyalari, dasturlash, kiberxavfsizlik, fizika, texnika, mexanika va ko‘plabboshqa sohalar uchun asos bo‘ladi. Shu sabab prezident shaxsiy tashabbusi bilan matematikani kuchaytirishga e'tibor qaratilmoqda. Bu boshqa fanlarga e'tibor bo‘lmaydi degani emas. Aksincha, ko‘plab amaliy sohalarda tez rivojlanishga erishish uchun matematika zarur.
Matematikani kuchaytirish uchun eng Sodda yoli Matematikaga iqtisoslashgan Maktablar ochish, Agar wunaqa maktablar ochilsa Albatta bolalar yoshlikdan Matematikani Mukammallawtiriwadi, Sertifikatga kelsak Faqat wu sertifikatni oliw uchun oqidgon bolarham yoq emas
Ha yaxshi boʻpti
Sardor Bo'riyev
Fiziklarga yo'qmikan shunaqa qoidalar
N. Mamadaliyev
Qayerdan chiqdi bunaqa fikr? Matematika inst.da test tuza olishmaydimi?
Tuzishi mumkin 1 ta 2 ta yosh kuchli bilimli xodimlari. U yerda aksar yoshi katta o'zining ustida ishlamaydigan professorlar. Bitta masalani bersangiz aylantirib olib kelib ishlashadi agar ishlay olsa. Test tuzish uchun har kuni mutaxassis faqat shu ish bilan o'z ustida ishlash kerak. Matematika institutining xodimlari bu ishga layoqati yetmaydi agar tashqaridan odam yollashmasa yoki turk testlaridan ege dan o'g'irlashmasa
Shakhzod Ergashev
N. Mamadaliyev
Bu haqda qaror chiqdiku
Oquvchilar ortasida qanaqadur Musobaqalar boliwi kere lekn Imtihondan ozod qiliw notori
N. Mamadaliyev
Hozir shu masalada o‘ta jiddiy bosh qotirilmoqda. Inson omilini aralashtirmaslikka maksimal harakat qilinadi, korrupsiya bo‘lmasligi uchun
DTM da imtihonda ko‘rsatsin shu bilimini 1 - avgustda !! Anchagina ehtiyotini ko‘rib qo‘yishadi u yerda ! Karrupsiyaga qarshi !! O‘qituvchilarga berilsa mayli maqsadga muvofiq !! Albatta ular ham bunga loyiq bo‘lishsa albatta !!
Show next 100 comments