⚡️Келаси йилдан бошлаб миллий сертификати бор абитуриентлар математика фанидан тест топширмайди

“Математика соҳасидаги таълим сифатини ошириш ва илмий-тадқиқотларни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” Президент қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ:

👉 ҳар бир туманда (шаҳарда) математика фанини чуқурлаштириб ўқитишга ихтисослаштирилган мактаблар босқичма-босқич ташкил этилади.

👉 Ихтисослаштирилган мактабларда ўқувчилар белгиланган тартибда танлов асосида саралаб олинади.

👉 2021 йил 1 январга қадар ДТМ томонидан математика фанини билиш даражасини баҳолаш бўйича миллий сертификатлаш тизими жорий қилинади.

👉 Имтиёз бериладиган даражадаги миллий сертификатга эга абитуриент давлат ОТМга ўқишга киришда математика фанидан тест синови топширишдан озод этилади ва унга математика фани учун белгиланган максимал балл берилади.

👉 2021 йил 1 сентябрдан бошлаб Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани бўйича ўқитувчилари тегишли даражадаги миллий сертификатга эга бўлишлари мажбурий ҳисобланади.

👉 миллий сертификатнинг тегишли даражасига эга математика фани ўқитувчиларига (Ихтисослаштирилган мактабларнинг математика фани ўқитувчиларидан ташқари) 25 фоиздан 50 фоизгача ҳар ойлик устама ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

292 comments

Show 100 more comments
Shakhzod Ergashev
Wunday Sertifikat olsin Keyin Imtiyoz bersa yarawadi
Gap yoʻq lekin shunaqa bólishini kuntgandim...
No...
N. Mamadaliyev
Matematika kompyuter texnologiyalari, dasturlash, kiberxavfsizlik, fizika, texnika, mexanika va ko‘plabboshqa sohalar uchun asos bo‘ladi. Shu sabab prezident shaxsiy tashabbusi bilan matematikani kuchaytirishga e'tibor qaratilmoqda. Bu boshqa fanlarga e'tibor bo‘lmaydi degani emas. Aksincha, ko‘plab amaliy sohalarda tez rivojlanishga erishish uchun matematika zarur.
Bu gaplarni o'sha oldingi saflarda turib o'zini ko'z ko'z qiladigan lo'ttivozlar aytardi odatda.Qanaqadir ittifoq sardorlarimiyey.Birinchi darajaga tanish bilishi va pul chiqqan,bilimni ahamiyati keyinga tushgan jamiyatlarda doim shunaqa bulgan.lo'ttivozlar maza qilgan.Hammamiz bilamiz matematika yangi sohalarni ochishini.lekin bilimni qadrini birinchi darajaga chiqarmay turibmas.CEFR sertifikatini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi beradi.bilasizmi u yerda qanday daxshatli o'yinlar bo'ladi.B1 daraja uchun imtixon qilamiz deydida savollarni B2 daraja qilib beradi.Necha kunlab sarson qiladi.Ee xullas gapirsa gap millionta.Xalqni fikrini bilmay turib qilingan har qanday ishga qarshiman Demokratiyami demokratiya bo'lsin.Bir ish qilishdan oldin xalqni fikri ham so'ralsin.Hammasi shu xalq uchunmasmi.Bu sizdan so'ramay sizga tufli sotib olishdek gap.sizni oyogizga tugri kelsa yaxshi.aksi bulsa .......
CEFR ning oxirgi imtihonidan juda koʻp shikoyat boʻlgandi. Bu sertifikat ham shunga oʻxshab qolmasa boʻlgani
Yana qaytarib aytaman bu jarayonni Matematika institutiga topshirish mutlaqo noto'g'ri ish
Shakhzod Ergashev
N. Mamadaliyev
Shularga o‘xshash bo‘ladi xudo xohlasa
Hudo hohlasa Bizham kutib qolamiz wunaqa boliwini Lekn Wuni hozr qollansa yahwi iw boladi, Masalan Qaren SAT da Hamma narsaga etibor borde, Agar Abiturient wu Sertifikatni olabilsa Hohlagan davlatida oqiwi mumkin
N. Mamadaliyev
U yerdagilar doktor yo phd bo‘lib osmondan tushib qolmagan. Aynan test masalasida kerak bo‘lsa xalqaro tajribaga ega ekspertlar bor.
Kechirasiz doktor yoki phd bo'lishi uchun aynan bir mavzuning ustida shugullanib oladi doktor yoki phd olganlar asosan uzining mavzusida bilimi bulishi mumkin yana aytaman matematikadan test tuzish uchun phd doktorlarni umuman keragi yuq
N. Mamadaliyev
Sat, gmatga o‘xshash
Sat, gmatni tuzishda aynan bizlarning mutaxassislar ekspertlik qilarmikin degan savol tug'iladi
Shakhzod Ergashev
N. Mamadaliyev
Sat, gmatga o‘xshash
Wu Sertifikatlarni Oliwsa yahwi emas Nma db oylisz SAT ni GMAT ni?
Ruziyev Baxtiyor
Dtm o'yinlari endi Matematika institutining o'yinlariga o'zgaradi
Matematika instituti haqida bilmasangiz ramazon oyida bo‘xton tarqatib gunohga botmang. Eng toza joylardan bittasi mat inst
Shaxsan man sertifikat tizimiga qarshi emasman qaytanga qo'llab quvvatlayman lekin aynan bu narsaning shugullanishiga faqat matematika institutining biriktirilishi mutlaqo notugri qaror
Nigora Muhammadjonovna
Aslida bu narsani keragi yoʻq.Imtihon avvalgidek 3 ta fandan boʻlsa yaxshi boʻladi.100 foiz oʻqigan abiturientlar keyingi 2 yilda oʻqishga kirdi.Bunga shaxsan oʻzim guvoh boʻldim.
Show next 100 comments