⚡️Тўлов-контракт миқдорлари ўзгармайди

Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Фархад Бабашевга асосланиб, ЎзА (@uzauz) маълум қилди.

Маълумки, 2021 йил 1 февралдан бошлаб республикамизда иш ҳақи ва стипендиялар миқдорлари 10 фоизга оширилиши белгиланди.

Пандемия шароитида республика аҳолисининг тўлов қобилияти пасайганлигини ҳисобга олиб, фарзанди давлат олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида ўқиётган оилаларга енгиллик яратиш ва уларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш мақсадида жорий ўқув йилидаги амалдаги тўлов-контракт миқдорлари ўзгаришсиз сақлаб қолинади.


👉 @xushnudbek 👈

333 comments

Show 100 more comments
𝑹𝒂𝒉𝒊𝒎𝒐𝒗 𝑰𝒃𝒓𝒐𝒉𝒊𝒎
Zoʻr boʻlibdi
🗼🗽 Muhammadjon🗼🗽
Kontrak oshmasa, stipendiyalaram oshmaydimi shundayda!
Assalom aleykum online o'qisa ham bo'lar ekanmi?
Men stependiyasiz tolov kantraktini tanlagandim kontraktim kamayadimi endi
Ana endi savol tug'iladi. Kontrakt summasi oshmasa, stipendiyasiz talabalar kantrakti ham 10 % ga kamaytiriladimi? Chunki stipendiyasiz kantraktni tanlashgan talaba.
Раъно Маматкуловна
Рахмат хаммангизга оллохга шукур бир йил булса хам айникса коллеждан бушаб уйда утирган ота оналар учун яхши
Ajoyib yangilik👍👍👍👍
Stipendiya 10% kotariladimi ish qilib
Ajoyib yangilik bõlibdi qoyil.
Yaxshi bo‘libdiyu ana xalq uchun qilingan 1-ish
Sirojiddin
Kottakon raxmat 👏🏼👏🏼👏🏼👍👍👍
🕊Sevinch G‘afforova🕊
Rahmat Prezidentimizga zor bolibti Shuncha yengillik uchun
Assalomu alaykum hammaga !
Rahmat hukumatimizga kattakon shunday yaxshi habarlar bundanda koʻpaysin Alloh rozi boʻlsin ...
Oliy va Oʻrta taʼlim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi bayonotida harbiy qism tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabalarga kontrakt toʻlovining 35% miqdori davlat tomonidadan toʻlab berilishi aytib oʻtilgandi. Shu masala yuzasidan Fakultetimiz dekanatiga murojaat qildim. Lekin dekanat bu masalada hech qanday yordam berolmasligini, Oliy va Oʻrta taʼlim vazirligi tomonidan hech qanday buyruq kelmaganini aytib kelmoqda. Kimdir shu masalaga yechim topdimi?
Elmurod
Stipendiya ko'tariladimi ?
менда хам шунга ўхшаш савол: стипендия кўтарилиши хисобига стипендиясиз контракт тўлайдиганлар хозиргидан камроқ контракт тўлайдими шунақада
Show next 100 comments