Талабалар учун ижара уйларини топишга ёрдамлашувчи электрон тизим яратишга 300 млн сўмгача ижтимоий буюртма эълон қилинди

Яқинда Ёшлар ишлари агентлиги раиси Алишер Саъдуллаев Самарқандга хизмат сафари билан борганда вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов билан кўришиб, талабалар турар жойларига оид муаммони муҳокама қилгани ва ўзаро ҳамкорликда ижтимоий буюртма эълон қилишга келишиб олишганини маълум қилганди.

Бугун ўша буюртма эълон қилинди!

Самарқанд вилояти ҳокимлиги ҳамда Ёшлар ишлари агентлиги талабаларнинг ва соҳа мутахассисларининг таклиф ва мулоҳазаларини қўллаб-қувватлаган ҳолда, талабалар ва ижара уйларини берувчи шахсларни бир платформада бирлаштирувчи электрон тизимни ишга тушириш учун мукофоти уч юз миллион сўмгача бўлган ижтимоий буюртма сифатида танлов эълон қилди.

❗️ Танловда иштирок этиш истагини билдирган шахслар ва хусусий дастурлаш компаниялари ушбу масалага доир ўзлари таклиф этаётган ечимлари билан 2021 йил 5 апрель санасига қадар рўйхатдан ўтишлари мумкин.

👉 https://forms.gle/ZrHCfvxYNNj7gqqi9

P.S.: Ёдингизда бўлса, 2 ойлар аввал худди шу мавзуда ўз таклифларимни билдирган эдим. Бу таклифни декабрь ойида Алишер Саъдуллаев билан анча муҳокама ҳам қилгандик. Агар лозим бўлса, танловда қатнашмоқчи бўлган барча талабгорларга мен бажонудил маслаҳатчи бўлишим мумкин. Беминнат, албатта. Толиби илмлар учун фойдаси тегадиган ҳар бир лойиҳага жон деб ёрдам беришга тайёрман.


👉 @xushnudbek 👈

134 comments

Show 5 more comments
EK-89E Ergashev Akobir
Assalomu alekum qushni davlatlardan uqiwni ko'chirish un kimdan malumot olsak buladi
⚡️Talabalarga ijara uylarni topishda yordamlashuvchi elektron tizim Samarqand viloyati tajribasida yo‘lga qo‘yiladi!

🇺🇿 Samarqand viloyati hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi talabalarning va soha mutaxassislarining taklif va mulohazalarini qo‘llab-quvvatlagan holda, talabalar va ijara uylarini beruvchi shaxslarni bir platformada birlashtiruvchi elektron tizimni ishga tushirish uchun mukofoti uch yuz million so'mgacha bo'lgan ijtimoiy buyurtma sifatida tanlov e’lon qiladi.

🔰 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar va xususiy dasturlash kompaniyalari ushbu masalaga doir o‘zlari taklif etayotgan yechimlari bilan 2021-yil 5-aprel sanasiga qadar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📌 Agentlik jamoasi ilm egalari bo‘lgan talabalarning turar joylari bilan bog‘liq aniq takliflari va amaliy yechimlari bor barchani hamkorlikga chorlaydi!

🔗 Ro'yxatdan o'tish

☎️Tanlov haqida batafsil ma'lumot: +99890-504-88-04;
(66) 233-61-09

Telegram sahifamiz👉@yiasamyosh
Amalga oshsa yaxshi bo‘lardi
Abdulhay_HKTE
Assalomu alaykum aka
biz talabalarni oylaganiz uchun
rahmat jattakon
Assalomu alaykum! Rahmat sizga xalqni dardini tinglaydigan bitta huquqshunosimiz bor. Bu ham boʻlsa siz!
Manda xam idea bor. Lekin bu idea shu komentda qolib ketishini xoxlamiman.
Xushnud aka borizga shukur sizi,hamma yowlar uchun iwlariz namuna,shaxsan men uchun kattakonrahmat
Bekzod
Olx.uz chi? Uybor.uz chi? Telegramdagi kanallarchi? Bu pullarni havoga sovurish emasmi? Shu tizim qanchalik samarali bo'larkin axir bozorda borku tayyor instrument
Hammasi bir tiyin makler bosib ketgan. U ham maylida elon boʻyicha tel qilsa uy yoʻq deydi yaramaslar. Masalan 2 oy qidirdik shu saytlardan ishimiz hal boʻlmadi baribir
Foydasiz loyiha yana ham jarayonni kuzatamiz.
esiz shuncha pul
O'ylanib o'trurila sila maslahatlashib
Bza uje bitirib boldik
Talimgayam pul ajratadimi
Buyoda Futbol Yoki Tashken cityla turganda
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka raqamingizni yozvoring. Maslahatli ish bor.
Жуда жуда яхши таклиф булибди яхши ишга Кул урибсизлар. Хушнудбек ака Мен САМДУнинг Махсус стртки булими талабасиман хозир 1-курсман, якуний назоратлардан куп талабалар утолмаяпди бунга сабаб бизга Модель платформасидан дарс утишган чекка кишлокларда бу Платформа яхши ишламайди канакадур 3-4 ведомос буларкан 1-чилан йикилса 2-чисига топширасилар дийишади, хоззир кимни ортикча пули Борки кайтта чакиришса бу оворагачиликларни Кандай Юли бор? Уктувчилар факат биз сизга моделдан дарс утганмиз дийишади, лн Ким модулни тушунмаяпди сизлар кандай нокулайр бор деб хеч Ким сурамайди
Хўжаева
Biz Surxondaryodanmiz. O'g'lim Toshkentda o'qiydi. To yotoqxonaga joylashguncha ignani ustida o'tirdik. Bolalarimiz timch, ishonchli joyda bo'lsa biz ko'nglimiz to'lib tinch bo'lamiz.
Ha ozmi kupmi foydasi buladi tezroq amalga oshirish kerak.
Assalomu alekum sizga qanday bog‘lanamiz 2 og‘iz masalahat olsak so‘raydiganmiz bor va biz qatnashamiz
Buniyam maklerlar egallasa kerak
Uralbek Sodiqov
Assalom alikum biz talaba uylaganiz ucun katta raxmat
Bekzod
Olx.uz chi? Uybor.uz chi? Telegramdagi kanallarchi? Bu pullarni havoga sovurish emasmi? Shu tizim qanchalik samarali bo'larkin axir bozorda borku tayyor instrument
Bu Ilovalarda maklerlar bosib ketgan. Maklerlar kvartira pulining teng yarmigacha olishadi.Umid qilamizki bu ilova har tamonlama mukammal boladi.Ortada dallollar bolmasa narxlar ham suniy kotarilib ketmasdi.Iltimos ilovani har tamonlama yaratinglar.Sizlarga kottakon rahmat.Olloh rozi bolsin sizlardan.
Univerisitet web site ni ozida ham tashkil qilish mumkin oddiy ish uchun nega qoshimcha pul sarflash kk???
Show next 100 comments