Xayrli tong aziz ustozlar, ota-onalar va oʻquvchilar!
❄️ Qorli dam olish kuningiz xayrli boʻlsin!
🏆 Faqatgina siz uchun bir necha haftardirki tinimsiz olimpiadalar oʻtkazdik!
📌Endi kichik tanaffus e’lon qilmoqchimiz! Bunda ham dam olish uchun emas, faoliyatimizning boshqa yoʻnalishlari (bepul video darslar tayyorlash, tayyorlanayotgan kitoblarimizni davom ettirish va onlayn jurnal) uchun e’tibor qaratishimiz sababli.
🙋🏻♀️ Darvoqe, aziz qizlarimiz uchun Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda boshlagan loyihamiz - “QIZLAR OLIMPIADASI” ning navbatdagi sonini ham ushbu hafta yakunida oʻtkazamiz. Ushbu nufuzli olimpiadani yuqori saviyada oʻtkazish uchun hozirdan jiddiy tayyorgarlik koʻrishni boshladik.
🏢 Hurmat bilan Al Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada maktabi (KHISO) jamoasi!