Dunyoda ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay! (Al Buxoriy)
O‘tgan hafta
Urganch shahridagi muhtasham
"Bilim xazina" - Yoshlar kutubxonasida bir guruh yoshlar bilan
erkin suhbat o‘tkazdik. Ustozim
Sherzod Xotamovich yoshlar bilan uchrashuvlaridan birida
"Suhbatdan haqiqatdan erkin bo‘lishining ramziy belgisi sifatida kostyumimni yechib qo‘yaman" degan edilar. Biz ham ustoz yo‘lidan yurdik:) (Doimo yurish nasib qilsin)!
Suhbatda faol qatnashganlarga kitoblarimizdan sovg‘a qilinadigan bo‘ldi (afsus shu kuni samolyotga kechikishim mumkinligi sabab dasxat qo‘yishga ulgurmadim...)!
Ha aytgancha,
KHISO va
ISTANBULEDUZ tashkilotlarimiz tomonidan tayyorlangan kitoblarni ushbu kutubxonadan ham topishingiz mumkin. Quyida manzil va bog‘lanish uchun ma'lumotlar qoldiraman.
📞+99899 966 66 64
📍 Tinchlik koʻchasi 6-A uy (IT-park yonida joylashgan).