This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#gʻoliblar

Gʻoliblarni kanalimiz va saytimizda e’lon qilishimizdan maqsad ularni ragʻbatlantirish bilan birgalikda boshqa yoshlarga ham motivatsiya berish. Yoshlarimizda iqtidor juda katta, faqat ularga ishtiyoq bera olsak bas.

Saytimizda e’lon qilingan gʻoliblar haqida jamoamiz media mutaxassisi Boymurod Yunusov bayram sovgʻasi sifatida video rolik ishladi.

Ushbu gʻoliblar haqida statistikani yuritsak, quyidagi viloyatlar faol ekanligi aniqlandi:

🥇 oʻrin Xorazm viloyati 60 ta gʻolib
🥈 oʻrin Navoiy viloyati 15 ta gʻolib
🥉 oʻrin Toshkent shahar 13 ta gʻolib

Qolgan viloyatlar gʻoliblar soniga koʻra quyidagicha natijaga erishishdi:

Buxoro va Fargʻona 9 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 8 ta, Jizzax 7 ta, Qashqadaryo 5 ta, Samarqand 4 ta, Toshkent va Namangan 3 ta, Andijon 1 ta.

Izoh: Ushbu statistika rasmlari kanalimizda e’lon qilingan gʻoliblar soni boʻyicha hisoblandi. Hali kanalimizda e’lon qilinmagan gʻoliblar ham talaygina. Ularni ham yanvar oyidan boshlab e’lon qilishni yoʻlga qoʻyamiz.

👉 @khiso

6 comments

Dilnoz
Gap yo'q .
Dilnoz
Katta raxmat
Dilnoz
Biz sizlarni qadrlaymiz