This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat hokimi olimpiadasi qizgʻin pallaga kirmoqda!

Jami 13 turda oʻtkaziladigan o
limpiadaning markaziy 7-turi 9-iyun kuni Xonqa tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va fizika (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning 300 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, olimpiada 2023-yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning keyingi turi sentabr oyida Gurlan tumanida matematika va kimyo fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

😎 Yozgi ta’tilda faol oʻquvchilar uchun “yozgi maktab” tashkil etilishi rejalashtirilgan.

12 comments

Show 2 more comments
Viloyatdan ham qatnashsa boladimi
Iltimos javob bering
Yana bir savolim bor edi,yil yakunida hokim kubogi oʻtkaziladi deyilyapti,shu turnirda 9-sinflar qatnasha oladimi ?
Assalomu alaykum, yozgi maktab rejasi qaysi oydan va necha kunga rejalashtirilgan.!?
Guljahon Pirmatova
Assalomu alaykum.bu olimpiadada qatnashish uchun.royhatdan otiladimi
Guljahon Pirmatova
Yozgi maktab qachon va qayerda boʻladi
Guljahon Pirmatova
Yozgi maktab qachon va qayerda boʻladi
Фазилат
Ассалому алайкум юкоридаги саволларга жавоб берадиган борми узи
Qaysi viloyatda bo'lyapti?
Boshqa viloyatdagilar ham qatnashsa bo'ladimi?