Viloyat hokimi olimpiadasi qizgʻin pallaga kirmoqda!
Jami 13 turda oʻtkaziladigan olimpiadaning markaziy 7-turi 9-iyun kuni Xonqa tumanida
matematika (
5-6 sinf va
7-8 sinf) va fizika (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning
300 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.
💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.
Umumiy natijalar bilan
➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, olimpiada 2023-yil davomida viloyatning
barcha tuman va
shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda
viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.
🏆 Yil yakunida esa
"Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.
Olimpiadaning keyingi turi sentabr oyida Gurlan tumanida
matematika va kimyo fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
😎 Yozgi ta’tilda faol oʻquvchilar uchun
“yozgi maktab” tashkil etilishi rejalashtirilgan.