This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat hokimi olimpiadasining 4-turiga Bogʻot tumani mezbonlik qildi!

Olimpiadaning 4-turi matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va fizika fanlaridan (7-8 sinf) o‘tkazildi. Viloyatimizning 300 ga yaqin iqtidorli oʻgʻil-qizlari bilimlar jangida kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, olimpiada 2023-yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning keyingi turi 21-aprel kuni Yangiariq tumanida matematika va kimyo fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ @bazarbaevs

11 comments

8-sinf oquvchi 9sinf bola diku sentabrda unda qatnasha olmaydimi olimpiadada
Zoʻr boʻldi olimpiada
Olimpiada boʻlishi eʼlon qilinganligi?
Koʻpchilik xabarsiz qolib ketdiku😒😒😒
Shahnoza
Olimpiada boʻlishi eʼlon qilinganligi?
Olimpiadada faqat saralanganlar qatnashadi. Shu sababdan e’lon qilinmaydi.
Olimpiadalar juda zo'r bo'lib o'tyabdi. Olimpiada tashkilotchilariga raxmat. O'quvchilarning olimpiadaga qiziqishi ham ortyabdi. Bizning maktabdan Hokim olimpiadasida qatnashamiz deb 14 ta o'quvchi tayyorlanib boshladi. Har oyda maktabdagi saralash ham qizg'in bo'lib o'tmoqda. Hudo xohlasa keyingilarida bizning maktab ham yutadi.
Olimpiada bo'yicha taklifim bor, o'quvchilar ishini rasmga olib ochiq telegram kanaliga tashlasalar yaxshi bo'lardi. O'tgan safargi olimpiadada o'quvchilar belgilagan javoblarini qog'ozga yozib chiqib teshkirganlarida boshqacha ball , juriylar teshkirganda boshqacha ball chiqdi. Bu holat boshqalarda ham uchradi.
Qilichev Dilshod
Assalomu aleykum oimpiada juda zo‘r bo‘ldi lekin o‘quvchilar soni ham juda ko‘p edi.Iltimos har bir shahar va tumanlardan eng saralarini olimpiadada qatnashtiring.Iltimosim shu.Ishlaringizga omad tilayman
Фазилат Ганжаева
21апрэл янгарикда буладиган алимпиядани лаканцясини мэнга ташланглар илтимос
𓂀 𝑩𝒊𝒍𝒐𝒍𝒃𝒆𝒌 𓂀
Ассалому алайкум. 21 апрелда Янгиарик туманида буладиган олимпиадани адресини айтиб юборинглар илтимос