This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Дам олиш кунлари машҳур саёҳатчи-блогер Антон Птушкиннинг Норвегия ҳақидаги видеосини томоша қилдим. Тўғриси, ушбу мамлакатнинг жуда кўп жиҳатлари ҳайрон қолдирди, жумладан, йўл ҳаракати хавфсизлигига бўлган муносабат.

Бу ерда ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш учун 3000 евродан зиёд маблағ сарфлаш керак. Имтиҳонлари ҳам жуда қийин.

Ва яна Норвегияда тезликни оширганлик учун ақл бовар қилмас жарималар солинаркан. Масалан, белгиланган тезликни соатига 20 км.га оширсангиз, 1000 евро жарима тўлаш керак. Ёки 1 кун қамоқда ётасиз.

Ҳозир Норвегия ва Ўзбекистондаги нархларни солиштирмоқчи эмасман. Йўқ, асло. Чунки аҳоли даромади катта фарқ қилади. Бу ерда бошқа принцип муҳим.

Қайси давлатда одамлар қанча даромад олаётганидан қатъи назар ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш қийин ва йўл қоидабузарлиги учун жарималар ўша давлат учун қиммат бўлиши керак.

Норвегияда ҳам 1000 евро қимматлик қилади, шу сабаб кўпчилик қамоқда ўтиришни танлайди. Натижада қамоқларда жой йўқ, қоидабузарлар ойлаб навбат кутаркан.

👉 @xushnudbek 👈

129 comments

Show 48 more comments
Yòl qurilishidagilarga maktab ochib òqitish kerak. Avval qayrilish mumkin bòlgan uzuq chiziqni ustidan tòģri chiziq chizib ketishibdi. Avtomobil qatnovi kopaygan paytda belgilangan joydan qaytilaman desangiz umuman iloji yòq. Jarimalar katta bòlgani daromadi kam insonlar uchun foydali hisoblanadi. Oyligi 3 mln bòlgan odam oyiga 1mln jarima tòlashni hohlamaydi, lekin oyiga 30 mln topayotgan odamga 1mlnlik jarima arzimagan choy chaqa
Feruz Chòlliyev
U yerda ish haqqi ham shunga yarasha baland
Qamoq masalasi juda qiziq ekan 😁😁😁
Qamoqda utiriwni tanlab kurinadi natijadaa oylab mawina hayday oliwmaydi
Farģona viloyatida chorrahalarga kameralar òrnatish tadbirkorlarga topshirildi. Ular chorrahalardagi svetoforlarni òzaro ulab sim yotqizishyapti natijada yangi bosilgan asfalt rasvosi chiqyapti, òrnini yamab qòyish hechkimni parvoyiga kelmaydi. Agar 30-40 km tezlikda òtib qolsez balonizdi tashab ketasiz yoki razval balansirovkaga kòrsatib chiqasiz. Chorrahaga kirayotganda ham chiqayotganda ham 1chi skorostga qòyib òtasiz bu esa chorrahada tirbandlikni yuzaga keltiradi
Shunday qilish kerak
Norvegiyada oylik xam shunga yarasha baland yoʻllar tekis, yoʻl belgilari toʻgʻri joyga qoʻyilgan bizni Norvegiya bilan solishtirish pashsha bilan filni solishtirgandek gap mayli Xushnudbek gazini bosing shunday gʻoyalarni berib tursangiz kattalarga albatta medal olasiz
Biz esa jarimalarni tushiyapmiz kundan kunga
Assalomu alaykum yaxshimisizlar bizada yul ham talabga javob bermaydi, haydovchilik maktablarda oʻqitish yaxshi emas , kim hohlasa MCHJ shaklida ruxsatnoma olib pulni qiladi, lekin qonun jarima yaxshi yulga quyilgan har nima bittasi ishlaydi!
МАЛЛАЕВ РАВШАН
Бизда жой куп
Бу хақда сал ўйлаброқ гапирайлик Хушнудбек ака ошириш керак деб, топишни тайини йўқ ўзи, бошқа масалаларни ОЛИБ чиқинг, масалан иш муомо хозир ўқиганга хам ўқимаганга хам иш муомо
Буни хаммасини охирида оддий халқ азият чекади
Assalomu alaykum barchangizga. Bizda ham shunaqa qilishsa, bu masalaga jiddiyroq qarashar edi.
Nilufar Tojibоyeva
Бошк,а мамлакатларда хайдовчиларни хулк,и ва к,оидага хурмати баланд Бизда на к,оидани на к,онунни менсишади
Akmal Narziyev.🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇸🇱🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Yaxshi mutaxasis ga ham 500$ olish qiyin 1000-2000 $ u yoqda tursin ilm fanga etibot 0000 ha teng bo’lobdi rivojlanib rivojlanish hech qaysi soxada ko’rinmaydi faqat xususiy sektorlar harakat qilobdi shu joyda ishlaydigonlar 150-200–300-400-500-600-700-800-900-1000$ shunaqa ishlab oylik olishobdi oddiy xalqni o’ylab na gaz na svetni bekami ko’st qilib berishmaydi!
Одамла Норвегияни қамоғида ўтиришни орзу қиладиганла кўпку. Норвегияни қамоғи бизадиги меҳмонхолардан зўрку))
Jurnalist
Gap oylik yo yol haqida emas. Inson hayotidan muhim muammo bor ekanmi. Qoidani buzmagan jarima tolamaydi. Qoshni tumanga qatnab ishlayman. Yurak hovuchlab. Hech bir taksichi qoidaga rioya qilmaydi
Xushnudbek kecha Uzbekistan GTL ga kelgan ekansiz, sizni rosa qidirib topolmadim👀
Хамма ёқ коррупция бўлса, ким хам қонунга риоя қилишни ўйларди. Жамиятимиз ўзи шунака.
газ йўқ. шу хақида хам бир оғиз юрак ютиб ёзоласанми хурматли "блогер галилей".
Jurnalist
Gap oylik yo yol haqida emas. Inson hayotidan muhim muammo bor ekanmi. Qoidani buzmagan jarima tolamaydi. Qoshni tumanga qatnab ishlayman. Yurak hovuchlab. Hech bir taksichi qoidaga rioya qilmaydi
Сиз, умуман бошқа нарса хақида гапиряпсиз, бу йерда нархларини оширишда бир томонла фикр йуритиш хато
Show next 60 comments