Дам олиш кунлари машҳур саёҳатчи-блогер Антон Птушкиннинг Норвегия ҳақидаги
видеосини томоша қилдим. Тўғриси, ушбу мамлакатнинг жуда кўп жиҳатлари ҳайрон қолдирди, жумладан, йўл ҳаракати хавфсизлигига бўлган муносабат.
Бу ерда ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш учун
3000 евродан зиёд маблағ сарфлаш керак. Имтиҳонлари ҳам жуда қийин.
Ва яна Норвегияда тезликни оширганлик учун ақл бовар қилмас жарималар солинаркан. Масалан, белгиланган тезликни
соатига 20 км.га оширсангиз,
1000 евро жарима тўлаш керак. Ёки
1 кун қамоқда ётасиз.
Ҳозир Норвегия ва Ўзбекистондаги нархларни солиштирмоқчи эмасман. Йўқ, асло. Чунки аҳоли даромади катта фарқ қилади. Бу ерда бошқа принцип муҳим.
Қайси давлатда одамлар қанча даромад олаётганидан қатъи назар ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш қийин ва йўл қоидабузарлиги учун жарималар ўша давлат учун қиммат бўлиши керак.
Норвегияда ҳам 1000 евро қимматлик қилади, шу сабаб кўпчилик қамоқда ўтиришни танлайди. Натижада қамоқларда жой йўқ, қоидабузарлар ойлаб навбат кутаркан.
👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek Xudoyberdiyev, ôzgarishlar insonni tashqaridan aniqroq kõrinadi, ôziga ancha-munchasi sezilmaydi. Lavozimingiz kõtarildimi, ôzgarib qoldingiz? Yaqinda Oliy Majlisni aroq, sigaret haqidagi deputatlarni fikriga xalq norozilik bildirib yozgan kommentariyalarida, fikrlari faqat negativ, nima qilsang ham yoqmaysan degandek, post qoldirgan edingiz. Siz ancha ôzgardingiz, aksariyat postlaringizga kommentariya ochmay qóydingiz, xalqni gaplari yoqmay qoldi, xalqdan uzilib qolyapsiz! Rahbarlarga nimaga xalqning noroziligi yetib bormaydi deb ôylardim, endi sababini bildim, kim rahbarlarga yaqinlashsa shuncha xalqdan ommadan uzilib, oyoği yerdan kôtarilib, parvozi ulkanlashib boraverarkan, lekin qachondir yana yerga qônishini unutarkan☝🏻
Martabani Alloh beradi, yaxshi inson, xalqqa manfaati tegadi deb, hamma narsa sinov bu dunyoda!
Jarimani kôtarish haqida yozishdan avval hozirgacha xalqdan yiğilgan shuncha jarimalar evaziga qaysi yõllar yaxshilanganini, nechta svetoforlar sozligi haqidayam ma'lumot óqib kôrsangiz bôlardi. Yoki mashinalar faqat Toshkentni shox kôchalarida harakatlanadimi, boshqa viloyatlarning yôllarida mashina yurishi shart emasmi? Narxlari tinmay oshayotgan benzin haqidayam ôqing, 1 ta narsani narxi oshsa hamma narsani narxi oshishini óqimishli odam sifatida bilsangiz kerak, jarima oshsa, yõl haqi oshadi, un oshadi, yoğ oshadi, hamma narsa oshadi!!!!!
Sizi deputat senator bosez shuni kutamizmi sizdan
Boshqa mavzu topalmadizmi
Ozizga ohshen
Soliqlarni tushirib ishchi ornini kopaytirsa soliq kopayadi deng
Qogozvozlikni kamaytirishni narhi tushirishni gapirin
Nima qilsak xalq kop pul topadi deng
Topgan mavzuzni qaren boldimi endi,shetgachami sizi topgan tutganingiz
Demak Norvegiyada ham qoida buzarlik kooop!!