This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Дам олиш кунлари машҳур саёҳатчи-блогер Антон Птушкиннинг Норвегия ҳақидаги видеосини томоша қилдим. Тўғриси, ушбу мамлакатнинг жуда кўп жиҳатлари ҳайрон қолдирди, жумладан, йўл ҳаракати хавфсизлигига бўлган муносабат.

Бу ерда ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш учун 3000 евродан зиёд маблағ сарфлаш керак. Имтиҳонлари ҳам жуда қийин.

Ва яна Норвегияда тезликни оширганлик учун ақл бовар қилмас жарималар солинаркан. Масалан, белгиланган тезликни соатига 20 км.га оширсангиз, 1000 евро жарима тўлаш керак. Ёки 1 кун қамоқда ётасиз.

Ҳозир Норвегия ва Ўзбекистондаги нархларни солиштирмоқчи эмасман. Йўқ, асло. Чунки аҳоли даромади катта фарқ қилади. Бу ерда бошқа принцип муҳим.

Қайси давлатда одамлар қанча даромад олаётганидан қатъи назар ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш қийин ва йўл қоидабузарлиги учун жарималар ўша давлат учун қиммат бўлиши керак.

Норвегияда ҳам 1000 евро қимматлик қилади, шу сабаб кўпчилик қамоқда ўтиришни танлайди. Натижада қамоқларда жой йўқ, қоидабузарлар ойлаб навбат кутаркан.

👉 @xushnudbek 👈

129 comments

Show 98 more comments
mamajonov asqar
Йул харакати коидаларига амал килиш керак
Ангел
Йуларимиз хакида мавзу обчекинг хушнудбек жаноблари иш урни хакида нарх наво хакида
Shoira Alijonova
Xushnut aka tog‘ri aytyaptila sho‘pirla etiborli bo‘lsin yo‘l qoidasiga rioya qilsin hamma demoqchila Narvegyada jarimaga tortiluvchila ko‘p deyaptila bizda ham bor jarima lekin shunda ham odomla o‘z aybini bilmayapti yaqinda ham meni bir 22 yoshli singlim yetti oyli qonida bolasi b.n avarya bo‘lib o‘ldi o‘sha moshnada 7 ta odom bor edi bunday baxtsiz xodisala qancha bo‘lyapti yurtimizda shuni o‘ylab aytyaptila
Норвегияда ҳам 1000 евро қимматлик қилади, шу сабаб кўпчилик қамоқда ўтиришни танлайди. Натижада қамоқларда жой йўқ, қоидабузарлар ойлаб навбат кутаркан.

Demak Norvegiyada ham qoida buzarlik kooop!!
Soliqlarni oshirish orniga bizda yo'llarning sifatini yaxshilashsa yaxshi bolar edi
Assalomu aleykum uzrli sabab bilan qishgi perevod uchun nega hali ham ishchi guruhlar tashkillashtirilmadi
Iltimos javob bering!
Koreya haqida ham video ko'ring. 20$ ga haydovchilik guvohnomasini osez bo'ladi. 1000$ ga mashina beradi. Va shtraflar ham judayam arzon. Lekin yo'llar tartibli, avtoxalokatlar kam bo'ladi. Bunisiga nima izoh berasiz.
Олимжон
Уларда аҳолини даромади билан биздаги аҳолини даромади ҳам жарималарга ўхшаб ҳар хилда.
Bu bilan nima demoqchisiz 30 mln qib quysin prava olishni. Keyin boylani bollari tezlikni oshiraveradimi. Sal uylab yozen. Avaryalarni kamaytirishga bu asos bulolmedi
Нодирбек
20 dekabrdan boshlanganku
Togri vazirlar mahkamasining qarori boyicha boshlangan lekin amalda yoq
Нодирбек
Qayer muammo qivotti lichga yozinchi
20 dekabrdan ishchi guruh ajratilib hujjatla qabuli boshlanishi kk edi, bugun 26 dekabr haligacha ishchi guruh ajratilmagan hech qayerda
Sirdaryo hokni qilgan ishi yaxshi bolmapti undan kora oddiy kiyimda moddiy yordamlarni berganida xalq qorbobodan emas Hokimdan olganini bilar edimi
Qonunchilikda jazo muqarrar bòlishi kerak.
Uzr qilmishimdan pushaymonman desa jazodan ozod qilish kerak emasda.
Boyning bolasi qonun buzsa shoxlik qilibdi, Kambag'al bolasi shoxlik qilsa jinoyat qilibdi -qabilida ish yuritishni tòxtatish lozim.
Imkon bo‘lsa ha deb horij davlatlar bilan solishtiravermang hamma yoq kino bo‘lib yotibdi..!?
Oylik,narx navo zo‘r bo‘lsa harqancha solishting
$1000 topish uchun 1 hafta ishlasa kerak. 1 kun qamoqda o'tirish vigodno bo'lsa kerakda))
Shuncha narx navoni qimmatligi yetmaydimi? Haydovchilik guvohnomasini olish imtihonlarini haqqoniy va murakkab qilishiga qarshimasman. Lekin narxini qimmatlatish kerak degan fikringizga qo‘shilmayman. O‘zi shundoq ham odamlarning oyligiga, jarima, narx navo mutanosib emas.
Gulbahor Ilhomovna
Shunda jarimani to'lamaguncha i qamoqda o'tirib chiqmaguncha moshina minishga ruxsat yo'qmi
Норвегия жуда бой давлат, чунки одамлари конунга каттик риоя килади
Show next 10 comments