Бугун, 2 август куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— тест ўтказиш тартиби;

— саволлардаги ўзгаришлар;

— тест ўтказиладиган жойлар;

— тестга кириш учун зарур ҳужжатлар;

— кузатув ва назорат;

— рухсатнома масаласи ва ҳ.к.

❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол бермоқчи бўлсангиз, унда ушбу постга изоҳ қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

721 comments

Show 100 more comments
Marjona Normo‘minova
To‘lov qilmay qolib ketgan abiturentlar endi nima qiladi 3 kun bayram bo‘lib banklar ishlamadi elektron to‘lov vositalarida uzulishlar bo‘ldi bugungi chatda shu haqida ham gapirsez
Pasportimni yuqotib quydim. Pasport stolga borgandim pasport yuqolganlik haqida malumot berishga ruxsat berilmagan hali bizga deyishdi shu haqida malumot bersangiz
DILNOZA
Qabul jarayonlari to‘g‘risida ma‘lumot beringlar.Kechki ta‘limda grant bormi.Qabul kvotalari haqida aytib o‘tsaz.
Uz_Broker
Jurabek Sulaymonov
transfer.edu.uz
Ichki tashqi perevot bitta saytdami
Oqishni kochirayotganlarga qachon ruxsat noma berilado
$$$$$$$$$$
Kimni arizasi qabul qilindi pervot masalasida
Assalomu alaykum. O'zbekistondagi nodavlat oliy ta'lim muassasasidan davlat oliy ta'lim muassasasiga uzrli sabablarga ko'ra doimiy yashash joyiga ko'chirish qay tartibda amalga oshiriladi? Bunda ham test topshiradimi? Kim shu masalada yordam beroladi
Gulmehra Raxmatova
Ikkinchi mutaxasislik haqida ham malumot beringlar.Ikkinchi mutaxasislikka qabul boshlandimi.Qabul qiladigan OTM lar ro'yxati qachon e'lon qilinadi
Assalomu alekum men magistraturaga hujjat topshirgan edim. Ammo meni arizam tasdiqlangani yoq diplom OTM tomonidan tekshirilmoqda deb kòrsatilgan xolos. Arizam qabul qilinganmi yoqmi qayerdan bilsam bòladi
Assalomu aleykum, abituriyentlar, talabalar, mansabdor shaxslar va xolislar. Men saytdagi uzilishlar, to'lov jarayonidagi muammolarga e'tibor qaratishingizni so'rayman. "To'lovni amalga oshirdim" deb o'ylaganlarda muammo chiqyapti, mas'ullarga murojaat qilishyapti, lekin hamma jim... Iltimos, umrining bir yoxud bir qancha yilini yo'qotayotgnlarga befarq bo'lmaylik. Pulni o'z "cho'ntagi"ga solishga urinmayaptiki, bu qadar qiyinchilikka uchrasalar...
Hali ham to'lovni amalga oshirishga "tizimimizning tezligi" tufayli ulgurmaganlarning endi yana 1 yil umri talaba bo'lmay o'tadimi?
Adizova Zilola
Assalom aleykum magistratura yònalishidagi mutaxasislik fanlardan imtihon test kòrinishida olinadimi yoki faqat Chet tili fanidan test bòladimi va jami savollar soni nechtadam bo'ladi
Assalomu alaykum.
Deyarli batcha OTMlarining magistratura sinoviga oldinki yillardagi savollarini olish va tanishib chiqish mumkin, ammo TDYUnining o'tgan yilgi test sinovlarini olish mumkin emas, bunga sabab nima?
Assalomu alaykum Oʻqishni koʻchirish boʻyicha hujjatlarni topshirgan edik sms kelish kerak ekan lekin hali bizga sms kelmadi
Assalomu alaykum ruxsatnomalar chiqishida muammolar bo'layapti. Saytdagi muammolar. Ba'zi test topshirish tili o'zgarib qolgan, ruhsatnomadagi yo'nalishlar ketma-ketligi o'quvchi tanlagan ketma-ketlikka mos kelmaydi, va ko'plab o'quvchilarning sertifikat imtiyozlari inobatga olinmagan. Shunga o'xshash muammolarni ko'rib chiqinglar iloji bo'lsa.
#SAVOL# Ijodiy imtihonga qayd varaqasi bilan borish kerak ekan. lekin hozir dtm saytidan qayd varaqasi chiqmayapti faqat ruxsatnoma chiqmoqda
Assalomu alaykum Ichki perevod ga ariza topwirgandik arizada oʻzgartirildi degan joyiga bugungi sana yozilgan nima perevod javoplari chiqdimi wunga ham javop berip oʻtsangiz.
Ўқишни кўчириш бўйича, деканат менга транскрипт беришни орқага суриб, лоқайдлик билан қарайабди, ўқишни кўчиришимга имкон бермаяпди
Assalomu alaykum. Savolim quyidagicha:
1. Hozir hamma hujjatlar topshirib boʻldi, lekin dtm.uz sayti orqali oʻzim tooshirgan yoʻnalishlarda bir oʻringa necha kishi toʻgʻri kelayotganini bila olmayapman. 2019-yilda buni bilsa boʻlar edi, shu masalaga oydinlik kiritsangiz.

2. Men hozirda bakalavriat boʻyicha (kunduzgi) grand asosida tahsil olaman. 3-bosqichga oʻtdim. Shunga qaramay, yana oʻqishga hujjat topshirdim(sirtqiga), endi agar sirtqiga kirgan taqdirimda kunduzgini "muzlatib" sirtqida oʼqisam boʻladimi?

Oldindan rahmat!
Show next 100 comments