Бугун, 2 август куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали
Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— тест ўтказиш тартиби;
— саволлардаги ўзгаришлар;
— тест ўтказиладиган жойлар;
— тестга кириш учун зарур ҳужжатлар;
— кузатув ва назорат;
— рухсатнома масаласи ва ҳ.к.
❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол бермоқчи бўлсангиз, унда ушбу постга изоҳ қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
1. Hozir hamma hujjatlar topshirib boʻldi, lekin dtm.uz sayti orqali oʻzim tooshirgan yoʻnalishlarda bir oʻringa necha kishi toʻgʻri kelayotganini bila olmayapman. 2019-yilda buni bilsa boʻlar edi, shu masalaga oydinlik kiritsangiz.
2. Men hozirda bakalavriat boʻyicha (kunduzgi) grand asosida tahsil olaman. 3-bosqichga oʻtdim. Shunga qaramay, yana oʻqishga hujjat topshirdim(sirtqiga), endi agar sirtqiga kirgan taqdirimda kunduzgini "muzlatib" sirtqida oʼqisam boʻladimi?
Oldindan rahmat!
!!! Imtihon boshlaniga 3 kun qoldi!
1. Imtihon manzillari geolokatsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinmadi;
2. Abituriyentlar test topshiradigan stadion/xiyobonlarini borib ko'zdan kechirish huquqiga egami?
3. Kepka/panamalar faqat Toshkentda tarqatiladimi? Viloyatlarda-chi?!
Bu yil abituriendlar toplagan ballar necha kundan e'lon qilinadi testni ertasi Kuniga toplagan balni bilsa bo'ladimi.