Бугун, 2 август куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— тест ўтказиш тартиби;

— саволлардаги ўзгаришлар;

— тест ўтказиладиган жойлар;

— тестга кириш учун зарур ҳужжатлар;

— кузатув ва назорат;

— рухсатнома масаласи ва ҳ.к.

❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол бермоқчи бўлсангиз, унда ушбу постга изоҳ қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

721 comments

Show 100 more comments
BARMOĢI GIPS BO'LSA CHI
Nafisa
Assalomu aleykum test oʻtkaziladigan joyda telefon yoki pul qoʻyadigan maxsus joy boʻladimi
Assalamu alaikum, xujjat topshirgandik, lekin malum bir sabablar bilan, tõlov qila olmagandik, yana tizim ishlamay ham qoldi, xullas qolib ketdik, yana bir yil umrni yo'qotishni xoxlamaymiz, keyingi yil imkon bo'ladimi yo'qmi bilmaymiz, shuni ham so'rab bering iltimos, hali imtihonlar boshlanmadi, hisob raqamni qayta ochib berishsa yaxshi bõlardi, iltimos.
Bahromova Dilbar
ijod maktablariga ham ligotalar beriladimi
assalomu alaykum Xushnudbek aka bir savolim bor edi ,yangi tartib bo'yicha (ya'ni 189 ballik)savollarning namunasi korsatiladimi va savollar soni kamaytirilgani hisobiga savollar qiyinchilik darajasi murakkablashadimi? oldindan rahmat
Mirzobek Mirzoev
savolim shundan iboratki qachon tuliq statistika elon qilinadi nechta hujjat topshirilganligi
Аэрора_Оfficial
Assalawmu alaykum savolim shundan iboratki : DTM aytgan edi 3 darajali savollar ham bor dep, Savollar shu tarzda tushadi dep DTM kanalda yuborilgan kimyo biologiya testida shu daraja bor edimi? Va kimyo fanidan savollar sertifikat savol darajasi bilan bir xilmi qanaqa?
Sardor Abduxoliqov
Тестлар қайси санада тугайди ва мандат қачон чиқади
nega fakultetlar kemi va otm ga umumiy nechta harbiy imtiyozga ega abituriyent topshirganligini bilib bo'lmayabdi ???????????
🆘Assalomu alekum, maktabni oltin medal bilan tugatgan abituriyentlarga imtiyozlar bormi?
Nega bir kunda topwirilgan arizalarni bittasini qabul bulgani xaqida javob kelyapti weriginiki javob kelmayapti wuni surab Bering iltimos
Ijodiy imtixonlarni javobi qachon chiqadi
Assalom aleykum, savolim shundan iboratki, test o'tkaziladigan joy Toshkent shahri emas, Termiz shahri bo'lib qolibdi. Shuni Toshkent shahriga o'tkazishga yordam bera olasizmi?
Assalomu Aliykum sertifkati borlarga imtiyoz beriladimi
💎 САИДАХОН 💎
Ассалому алайкум. Мени кизим молия иктисод йуналишига хужжат топширган. Шунда хужжатдаги чет тили деган жойи компютерчининг айби бн дари тили бб колган. Кизим эса инглиз тилига тайерланган. Бундай холатда биз Нима кила оламиз. 5 куни имтихон топширади.
Gulbahor Yusupovna
Assalomu alaykum. Ingliz tilidan sertifikati bor abituriyentga ham 3soat vaqt beriladimi? Yoki bitta asosiy fanning vaqti (ya'ni bir soati ) olib tashlanadimi?
Xorijdan o'qishni kochirish uchun ariza yozgandim19.07 da xaligacha yangi xolatda turibdi nega qabul bolmayapti. Hujjat topshirgan universtitetmga telefon qilsam DTM Hal qiladi arizalarni qabul qiladi dedi. DTM ga telefon qilsam OTV ga murojaat qling deyishti Oliy ta'lim vazirligining ishon telefon raqamiga telefon qilsam hech qaysi nomerdan javob berishmayapti. Shunga aniqlik kritib bering iltimos. Kop sonli xorijdan o'qishni ko'chirayotgan talabalar nomidan.
Show next 100 comments