⚡️Абитуриентлар учун махсус гуруҳ ташкил этилди

Ҳурматли абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари!

Яқин кунларда республикамиздаги 100 дан ортиқ ОТМларда қабул жараёнлари бошланади. Бу мамлакат келажаги учун шу даражада муҳим тадбирки, унда миллиондан ошиқ ёшларнинг тақдири, қувончлари, қайғуси мужассам.

Шу сабабли мазкур жараёнларни шаффоф, адолатли ўтказиш жуда муҳим. Бунда эса жамоатчилик назоратининг ўрни катта.

✅ Берилган жуда кўплаб таклифларни инобатга олган ҳолда 2020 йилги қабул жараёнларида абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарига ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш, уларни қизиқтирган барча саволлар, муаммолар ва таклифларни кўриб чиқиш, агар эҳтиёж бўлса, билдирилган фикрларни тегишли мутасаддиларга етказиш мақсадида Телеграмда абитуриентлар учун махсус гуруҳ ташкил этилди.

Шунингдек, гуруҳда абитуриентлар ўзаро фикр алмашиши, тажрибалари билан ўртоқлашиши, қабул жараёнига оид масалалар юзасидан муҳокама қилишлари мумкин.

👉 @abituriyentguruh 👈

Гуруҳ менинг ташаббусим билан очилди ва бир нечта модераторлар назоратида, қатъий қоидалар асосида фаолият юритади.

Барча абитуриентларга омад тилаймиз!

Гуруҳга аъзо бўлиш:

👉 @abituriyentguruh 👈

108 comments

Show 42 more comments
Kechki ta'lim kontrakt narxini bilsangizlar aytvoringlar iltmos
Habiba Sobirjonovna
Qaysi yonalishlarga qaysi fanlar togrisida batafsil yozing iltimos
JUDA BETARTIB FOYDASI BULMAYDI BUNDAY XOLATDA
Vatandoshlar bitta savol bor edi.Kim bilsa aytvoriyla iltimos.TATU da axborot sohasida iqtisodiyot va menejment degan yo'nalish bor.Shu yo'nalishga hujjat topshirgangan abiturentlar boshqa yo'nalishlarga hujjat topshirolishmidimi?Shunaqa deb eshittim Xushnud aka shu masalaniyam aytvoring
Ва ниҳоят беркитиб қўйди админ.
Polyazova Farangiz
Assalom aleykum guruhga qanday yozsak boladi aytivoringlar
Mutaxasislik kodi to'gri kemiydi deyishmoqdakuu bilsz tekshirib ko'ringchi kodini
Яхши ташаббус окилона фойдалани ш керак вилоят шахарларга булинса яхши буларди
Kechki ta'lim kontrakt narxini bilsangizlar aytvoringlar iltmos
Assalomu alaykum. Guruh boʻyicha fikrim quyidagicha. Guruhda adminlar kam shekilli savollarga toʻlib ketgan. Javob kam. Keyin guruhga yozish vaqtini koʻpaytirish kerak. Masalan 5-10 minut qilib boʻlmasa foydasiz nazarimda
Salom Xushnud aka. Oʻqishni koʻchirishda qaysi jihatlarga e'tibor beriladi. Men ayolimni maktabgacha ta'lim yoʻnalishidan boshlangʻich ta'lim yoʻnalishiga koʻchirmoqchiman. Dehqonobodda togʻli hududda yashaymiz bogʻchagacha 30kmlik yoʻl. Yoʻnalishsiz taksi ham topish qiyin. Shu jihatlari ham hisobga olinadimi. Yoʻnalish koʻrsatsangiz rahmat oldindan.
Nimaga yopib qo'ydi
𝙈𝙧.𝘿𝙤𝙘𝙩𝙤𝙧
Assalomu alaykum Xushnudbek aka guruh tóg'risida fikrim judayam chalkash, adminlar ham kam keyin har bir guruh a'zolariga bitta savoldan keyin ma'lum bir vaqtdan keyin yozishga ruxsat berish kerak nazarimda bólmasa vaqt ketgani qoladi
A.D.Official
Xushnudbek nega guruhga yozib bölmayapti axir bizani qiziqtirgan sovolla bor ediyu
𝙊𝙯𝙤𝙙𝙖 𝙕𝙖𝙧𝙞𝙛𝙤𝙫𝙖
Abituriyentlarni yo'nalishiga qarab, guruhlarga ajratishlarini iltimos qilmoqchi edim.
Juda yaxshi boldi lekin guruhni tezroq ochsaiz bolardi savollar juda kop
Kechki ta'lim kontrakt narxini bilsangizlar aytvoringlar iltmos
Polyazova Farangiz
Assalom aleykum guruhga qanday yozsak boladi aytivoringlar
Vaaleykum assalom guruhni hozir yozish uchun yopib qóyganla(ortiqcha chat bólmasligi un) odam yig'ilgandan keyin ochiladi
Жисмоний тарбия йуналишида ижодий имтихонлари тугрисида маълумот беринглар.
Show next 45 comments