Кеча салбий рекорд қайд этилди: умумий 237та, аҳоли орасидан эса 217та ҳолат қайд этилди

Бу ҳақда Республика бош давлат санитария инспектори Нурмат Отабеков маълум қилди:

«Мамлакатимизда коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар сони 4 минг 352 нафарга етди. Шифохоналарда 981 бемор даволанмоқда, 6 нафарининг аҳволи оғир, 2 нафарининг аҳволи ўта оғир.

Коронавирус касаллиги бўйича эпидемик вазият ўта мураккаблигича сақланиб турибди. Куни кеча қайд этилган Тошкент шаҳридаги 195 нафар, Тошкент вилоятидаги 10 нафар, Хоразм вилоятидаги 8 нафар ва Сирдарё вилоятидаги 4 нафар бемор аҳоли орасидан қайд этилган.

Бундан кўриниб турибдики, вазият мураккаблашиб бормоқда. Ҳар биримиз кўчага чиқиш, мулоқотга киришиш орқали касалланиш эҳтимолимиз борлигини унутмаслигимиз керак. Карантин тадбирларига тўлиқ риоя қилинг. Дока ниқобда бўлинг, мулоқотларда оралиқ масофани сақланг, уйга қайтганингиздан кейин антисептик воситалардан фойдаланинг.

Минг афсуски, аҳоли орасида бу каби тавсияларга панжа орасидан қараётган, бефарқ муносабатда бўлаётганлар кўпайиб кетяпти. Вазият мураккаблашиб бораётганини билиб турибсиз. Уни ижобий ёки салбий томонга ўзгартириш ҳар биримизнинг ҳаракатимизга боғлиқ эканини унутманг».


👉 @xushnudbek 👈

286 comments

Show 33 more comments
Assalomu alaykum
Bir savol bilan murojaat etmoqchiman agar aniglashtirib bera olsangiz xursand bolar edm. Toshkent shahrida turaman ish joyim ham shahar ichida 8 iyun sanasidan jamoat avto transportlari Yurshini boshlar ekan shu sababli ishxonam ish vaqtlariga ozgartrishlar kiritlibti mening ish vaqtm 15:00 dan yarim tungi 00:00 ga qadar bolibti borish jomoat transportda qaytish ishxona avtomobili da olib borib qo‘yishda. Lekn men o'z Xavsizlikimni oylab borish va qaytishda oz avto transportmda yolgiz o'zim qatmasam boladmi bunda 06:00 dan 22:00 gacham bolgan ruxsat etilgan vaqtga togri kelmay qolmoqda cheklov
bolgani uchun 00:00 dan ishdan uygacha qaytishim mumkinmi
mumkin bolsa qanday xujat bolishi va qanday choralar korshim kerak Javob uchun oldindan rahmat.
BintuKomil
Chiqqan tuman qizil
Urganchdan chiqdi. Lekin urganchda hamma bemalol yuribdi. Hammayoq ochiq
Одамларни купчилигига хайроман кеча нотариусга навбатда туришибди бир бирини устига чикиб кетгудек. Шу нотариусга кирадику навбат борку шунда хам фарки йук.
O'ktamova S.
Assalomu aleykum menimcha ham qayta qat'iy tartib o'rnatish kerak,shaharlardaku kochaga chiqish nazorat ostiga olingan ammo qishloqlarda odamlar bexavotir yurishipti, va kasallanish qishloqlarda kuzatilyapti.
Нуриддин Эргашев
Хужакурсинга карантинга амал килишади куплар ижтимоий масофа деган нарса умуман йук бозорларга борсангиз аввал кандай булса хозир хам шу ахвол
Shakhzodbek
Urganchdan chiqdi. Lekin urganchda hamma bemalol yuribdi. Hammayoq ochiq
Insof bersin insonlarga, homiladorlar, keksalar, bolalarga rahm qilsin
Nazarov G'.H.
Usmonova
Hamma ham emas.
Аксари демокчиман
Rossiyada kuniga 9 mingtadan chiqvotdi shunga qaramiy sekin sekin yumshatvotdi bizadayam yumshatsiz bunga qarab otirse otiruramiz 50%iqtisod 50%karantin
Nima uchun Samarqandda yo'q deb korsatilgan bizni tumanda kecha aniqlandi 2 ta bilganim bu demak bu raqamlar ham noto'g'ri aniq sonini yashiryapti
Karantin qoidalarini bosqichma bosqich yumshatgani to'g'ri fikir menimcha judda kòp oilalar karantinda uyda o'tirib ancha moliyaviy axvoli og'irlashib qoldi agarda karantinni Yana qo'llasak odamlar no ilojlikdan o'g'rilik talonchilik avj olib ketishi yoki kambag'alachilik oshib ketishi mumkin. Faqatgina karantinni yumshatish degani hamma sog'aydi haf yoq degani emas. Shaxsan òzim ko'ridim ko'chada niqobni shunchaki jarimaga tortilmaslik uchun qo'lida olib yuribdi. Menimcha halqimiz haliham o'ziga qanday haf borligini tushunib yetgani yoq.
+1 (515) 966 8595
Karantin 2021 yil yoziga qadar davom etadi
Gayrat
Karantin qoidasi,bu faqat niqob taqishmi??? Yoki uydan chiqmay o‘tirishlikmi??? Niqob bu faqat fuqorolarni jarimaga tortish uchun joriy etilgandek go‘yo. Niqob sizni virusdan himoya qilishi ham bahsli masala. Shahar to‘la moshina, bozor to‘la odam, xech qaerda masofa saqlashga amal qilinmyapti. Uyda qoling deb, 5000 qadam aksiyasi o‘tkazildi. Uyda qolganlarga boshida saxovat jamgarmasu ko‘mak berdi. Menincha uyam to‘htadi. Boshqa davlatlardagi kabi, hukumat xalqqa pul tarqatmadi. Xullas gapirsa gap ko‘p.
Menimcha, sal ertaroq erkinlik berib yuborishdi... Odamlar xohlagan ishini qilib yuribdi bir kun qarasang u yerda ziyofat, bir kun qarasang bu yoqda ziyofat...
Nazarov G'.H.
Тугрикуя. Лекин ахолининг 80 85% захираси тугаганига 1 ой булди дустим
Show next 100 comments