Кеча салбий рекорд қайд этилди: умумий 237та, аҳоли орасидан эса 217та ҳолат қайд этилди

Бу ҳақда Республика бош давлат санитария инспектори Нурмат Отабеков маълум қилди:

«Мамлакатимизда коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар сони 4 минг 352 нафарга етди. Шифохоналарда 981 бемор даволанмоқда, 6 нафарининг аҳволи оғир, 2 нафарининг аҳволи ўта оғир.

Коронавирус касаллиги бўйича эпидемик вазият ўта мураккаблигича сақланиб турибди. Куни кеча қайд этилган Тошкент шаҳридаги 195 нафар, Тошкент вилоятидаги 10 нафар, Хоразм вилоятидаги 8 нафар ва Сирдарё вилоятидаги 4 нафар бемор аҳоли орасидан қайд этилган.

Бундан кўриниб турибдики, вазият мураккаблашиб бормоқда. Ҳар биримиз кўчага чиқиш, мулоқотга киришиш орқали касалланиш эҳтимолимиз борлигини унутмаслигимиз керак. Карантин тадбирларига тўлиқ риоя қилинг. Дока ниқобда бўлинг, мулоқотларда оралиқ масофани сақланг, уйга қайтганингиздан кейин антисептик воситалардан фойдаланинг.

Минг афсуски, аҳоли орасида бу каби тавсияларга панжа орасидан қараётган, бефарқ муносабатда бўлаётганлар кўпайиб кетяпти. Вазият мураккаблашиб бораётганини билиб турибсиз. Уни ижобий ёки салбий томонга ўзгартириш ҳар биримизнинг ҳаракатимизга боғлиқ эканини унутманг».


👉 @xushnudbek 👈

286 comments

Show 100 more comments
Norbegim🤍
UMUMAN OLGANDA BIZ INSONLAR O'ZIMIZ E'TIBORSIZLIK QILYAPMIZ karantin davrida ko'cha chiqishlar ko'payib ketyapti
Xushnud
Xushnud aka odamlarni o'zida ayb.kopchilik yana beparvolikni boshlab yubordi.
Assalomu alaykum hammaga!
Bizda kuchli e'tiborsizliklar avj olib bormoqda.Negaki kôcaga ham ciqish taqiqlangan bòlsa ham hamma kòcaga oshiqadi sababsiz,niqoblarni ham juda kamcilik taqishadi antiseptik vositalarni olishmaydi,bozorda hamma yana avvalgidek yurishibdi sotuvcilar ham percatkilarsiz savdosini qilib yurishibdi.Hech kim bu kasallikka jiddiy qarashmayapti.Bu virusga hali vaksina topishgani yòq,odamlar buni tushunmayapti yoki tushungisi kelmayaptiKarantin qoidalariga amal qilish shuncalik qiyinmi?
Qizgina
Karantin qoidalariga qattiq Amal qilib ózimizni ózimiz, izolyatsiyaga olishimiz zarur.
Aslanov Jaxongir
Bitta taklif bor edi hukumatimizga bitta test narxi 10 $ ekan qizil hududlarimizni axolini uzini xisobidan yoppasiga test qilsak virusni tarqalishini ancha samarali toxtatgan bolardik.... Bizda mintalitet boshqachada juda jonidan otmaguncha shifokorga bormaydi shu u.n ham kasal bolsa ham yuraveradiganlar kop oramizda.... Karantinga keladigan bolsak allaqachon aholimiz charchadi iqtisodiyot qulayapti davlat budjeti boshayapti... yuqorida bir xil fikrlarni oqidimda keraksiz faoliyat turlarini ochmasdan muhimlariga ruxsat berish kk degan barcha faoliyat turlarini bir xilda ochish kk osha keraksiz deb aytilayotgan faoliyat turlarida ham mamlakat aholisining 15 foizi faoliyat korsatadi... karantinni yumshatilishini suistemol qilayotganlarga kelsak buni oldini olib bolmaydi baribir
Дилдора 🌷🌷🦂
Бугун банкга борувдим. Турнакатор одам... Масофа саклаш керак деган фикр йук хеч кимда.
Bozorlarda ham ahvol bundan battar, Soat 18:00 lardan keyin daje tana haroratini ham hc kim õlchamotti, anu antiseptik apparatlar ham õchirib qõyilgan buladi
ziyoda
Nega mutasaddilar be'etibor bo'lishyapti. Toshkent shaxri va boshqa qizil hududlardan chuqishni umuman taqiqkash kerak. Viloyatlar va tumanlar orasidagi aloqani uzish kerak. Mana shunday qilgachgina yashil hududlarda karantinni yumshatish mumkun. Aks xolda qizil hududlarga ayniqsa toshkent shaxriga kirish chiqish bo'lar ekan vaziyat bundan ham murakkablashib ketadi.
VAZIRA
Karantin qoidalariga chorlovchi mutasadilarni o'zi bee'tibor bo'ishyapdi deb o'ylayman Misol uchun 1hafta oldin shifoxonaga bordik qaytishda do'kon oldida to'xtadik xo'jaynim kirib kettilar men moshinada o'tirib do'kon oldilariga qo'yilgan organ xodimlarini kuzatdim. Hech kim bilan ishi yo'q olma yeb turibdi. Narroqdagi kasbdoshiga birnarsalar deb unga ham olma berib keldi. Do'kon oldidagi sotilayotgan narsalar salafan bilan yopilmagan ular nimaga turishganini o'zi ham bilmasa kerak, yana bilmadim.
Давлат ишида ишламайдиган, 1 кунлик овкатини кучада ишлаб топадиганлар куп. Чет давлатдан кайтиб келиб ишсиз утирганлар канча... Уларгаям осонмас. Коронавирусдан кура оч колиб улишдан куркишади.
Mahfuza Abdurahimova
Kasallikni mensimayotgan, panja orasidan qarayotganlarga yanada qattiqroq jazo qo'llash kerak . Toki ular hatolarini tushunib yetsinlar qachongacha biz ularni Deb uyda sabrda bo'lib o'tiramizu ular ko'chada sayr qilib yurishadi.
Mirabbos
Ommavuy test qilish kerak aholining o'z mablag'i hisobidan bo'lsa ham. Ana o'shanda kasallik tarqatuvchilar ham o'choqlar ham yuzaga chiqar edi
Mohidil
Yashil hududlarga kirdi-chiqtini yo‘qotish kk, unaqa hududda ichki qatnovlar bo‘laveradi. Aks holda yashil hududlar soni kamayadi. Shundog‘am Respublikamizda juda kam qoldi.
Bob_Boss
Ассалому алайкум! Бугун 08.06.2020 йил куни Узрепорт телеканалида тугридан тугри телетрансляция давомида Отабек Нурматов кондиционер ишлаб турган хонада вирус юкиши мумкинми диган саволга ХА ДИБ ЖАВОБ БЕРДИ!!!!! Лекин официальный хисобланган ( шу жумладан онлайн брифингдаги саволларга жавобларни эьлон килиб борадиган ) koronavirusuz телеграм каналида 19.05.2020 йилги узбек тилидаги ва 25.05.2020 йилдаги рус тилидаги хабарда вирус вентиляция тизими ва КОНДИЦИОНЕР оркали ЮКМАЙДИ ДИГАН САВОЛГА ЖАВОБ БИЛАН МАТН ЖОЙЛАШТИРГАН!!! Кандо булди бу еги?!!!! Узи олдинро эткан гапини узи инкор килиб турганидан кейин Халк кимга ва кайси сабабларга кура ишониши керак?!!! Хурматли Хушнудбек, балки мани езганларимни укирсиз, балки йук! Лекин сал булса хам эьтиборли булган одамлар жуда хам куп бир бирини инкор этувчи хабарлар ва карору конунларга карши бир огиз гап айтмаетгани ( еки езмаетгани ) келажакда бизлар ва бизлардан кейин колувчи авлодларга салбий таьсирини курсатмасайди диган гумоним бор!
Бу одам 30 градус иссиқда вирус тарқалмайди деганди, кейин иссиқни вирусга умуман таъсири йўқ деганди. Бу одамни қарама-қарши фиклари жудакўп
IQBOLJON
Pul ajratildi oldik lekin qayerga ishlatilganini hech Kim bilmaydi. Allox insof bersin hammalariga bu dunyo o'tkinchi 5 kunlik dunyo
baqir-chaqir qilaveramiz, u deymiz bu deymiz, kerak, kerak, kerak deymiz, aybdorlarni bilganday boʻlamiz, oxiri Allohga yuzlanishda davom etaveramiz, adolatsizlik va haromxoʻrlikka qarshi turolmaydigan millatni himoya qilarmikan Yaratgan Zot??!!!
ziyoda
Mirabbos
Ommavuy test qilish kerak aholining o'z mablag'i hisobidan bo'lsa ham. Ana o'shanda kasallik tarqatuvchilar ham o'choqlar ham yuzaga chiqar edi
Rostan shunday qilinsa ham yaxahi bo'lardi. Davlat qancha mablag' sarflab yuboryapti iqtisodiyotni qo'llab quvvatlaymi deb shuni test uchun sarflasa bo'lardi. Virus yuqtirganlarni davolardi. Yaqinlarini yuqtirmagan bulsa ham karantinga oloshardi 14 kungacha axir hamma tumanda infeksionniy kasalxonalar borku. Yuqtigmaganlar uzlarini extiyot qilishardi
Bob_Boss
Ergash Matyakubov
Бу одам 30 градус иссиқда вирус тарқалмайди деганди, кейин иссиқни вирусга умуман таъсири йўқ деганди. Бу одамни қарама-қарши фиклари жудакўп
Чунки 80 йилларда узини кизини оддий гриппдан кандо килиб даволашни билмаган одам, хозир СЭН Давлат назорати инспекциясида рахбар булиб ишлавоттику!!!
Show next 100 comments