Кеча салбий рекорд қайд этилди: умумий 237та, аҳоли орасидан эса 217та ҳолат қайд этилди

Бу ҳақда Республика бош давлат санитария инспектори Нурмат Отабеков маълум қилди:

«Мамлакатимизда коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар сони 4 минг 352 нафарга етди. Шифохоналарда 981 бемор даволанмоқда, 6 нафарининг аҳволи оғир, 2 нафарининг аҳволи ўта оғир.

Коронавирус касаллиги бўйича эпидемик вазият ўта мураккаблигича сақланиб турибди. Куни кеча қайд этилган Тошкент шаҳридаги 195 нафар, Тошкент вилоятидаги 10 нафар, Хоразм вилоятидаги 8 нафар ва Сирдарё вилоятидаги 4 нафар бемор аҳоли орасидан қайд этилган.

Бундан кўриниб турибдики, вазият мураккаблашиб бормоқда. Ҳар биримиз кўчага чиқиш, мулоқотга киришиш орқали касалланиш эҳтимолимиз борлигини унутмаслигимиз керак. Карантин тадбирларига тўлиқ риоя қилинг. Дока ниқобда бўлинг, мулоқотларда оралиқ масофани сақланг, уйга қайтганингиздан кейин антисептик воситалардан фойдаланинг.

Минг афсуски, аҳоли орасида бу каби тавсияларга панжа орасидан қараётган, бефарқ муносабатда бўлаётганлар кўпайиб кетяпти. Вазият мураккаблашиб бораётганини билиб турибсиз. Уни ижобий ёки салбий томонга ўзгартириш ҳар биримизнинг ҳаракатимизга боғлиқ эканини унутманг».


👉 @xushnudbek 👈

286 comments

Show 100 more comments
Suğdiyona
Hamma tôy xasham tadbirni tôxtatib kôchalarda maska taqmagan masofa saqlamaganlarga yana jarima solaverish kerak. Tôxtatib qôyilganiga odamlar jiddiy qaramayapti. Bizni xalqni ôziga qôyib bersa hech nimani qilmaydi. Qattiq muomala bilan qil deb majburlash kerak. Karantin qattiq ushlangan paytda odamlar orasida virus yôq edi. Balki kimlardir karantinda qiynalyapmiz deb dod voy solar. Lekin hozir atrofga qarang odamlar nima uchun kôchada yurganini ôzi bilmaydi.
Iskandar
bundanam battar bo'ladi shekili bu ketishda aftobuslaram boshlanibdi mana
Suğdiyona
Davlat xalqqa pul bermay kasallarni davolayapti. Chet elda xalqqa pul bergani bilan kasallarni pullik davolashyapti. Puli yôq ôlib ketyapti. Prezidentimiz hech kim ôlmasin deb hamma mablağni shu kasallikka yônaltirganlar. Lekin odamlar tushunib yetgani yôq hali. Bekor kôchada yiğilib olib erkakmi ayolmi farqi yôq ğiybatdan boshi chiqmayapti. Bu haqiqat.
Karantinga baribir oddiy xalq
qat'iy amal qilmaydi. Moddiy zarar yetkazish kerak, shunda amal qilishar balki. Hukumat qattiq turishi kerak, deb o'ylayman
Zortvda 25soat degan loyiha bor
Uch kishidan ortiq to'planma deydiyu
Lekin PPS avtobusidan 10dan ortiq odamni kartoshka bosgandek bosib olib ketadi
Qoida hamma uchun bo'lishi kerak oddiy aholiga qattiq organ hodimlari yengil
Bizni hudud yashil hudud bo'gani bilan bu degani virus chekindi deganimas. Aholi karantin qoidalariga umuman rioya qilmayapdi. Masalan men Sirdaryo viloyatidaman. Tumanimiz yashil xudud keldi ketdi kirdi chiqdi doimiy ravishdda bolyapdi. Masalan bugun tumanimizda Seminar bolyapdi etda kamida 200 nafar odam qatnashayapdi. U yerdagilar hammasi har joydan kelgan. Kim biladi balki osha virus yuqtirgan odam bilan muloqot qilgandi. To'gri ishlash kerak ishlamasak bari bir ochlikda o'lib ketamiz faqat nazoratni o'sha karantin joriy etilgan dan boshlab qanaqa qatiq ushlaga bo'sa nazoratni shunaqa ushlash kerak. Aholiga haddan ortioq erkin imkoniyat bervorishdi hukumatimiz. Karantin davrida to'yga nima bor siz o'ylaysuizki osha toyi bolyaotgan odamlar bitta joydan вши oylaysizmi aksincha hammasi har joydan. Kuni kecha bir mahalladoshimiz to'y qildi toyda issiqda karantin qoidalariga qiladi вши oylaysizmi. Masalan ayollar hohlasa hohlamasa qudasi yoki yaqin qarindoshi bilan qochoqlashib so'rashadi. ovqat masalasichi o'choq boshida perchatka bilan maska bilan 401 daraja issiqda ovqqat qiladi deb o'ylasizlarmi yana qishloqdatya ? YO'Q UMUMAN KARANTIN QOIDALARIGA ROIYA ETGANLARI YO'Q
Бой давлатлар карантинда утирган ахолисига пул таркатди. Бизда эса айрим ташкилотлар ишсиз утирган ходимларига компенсация тулашни хохламаяпти-ку.
Taqiqni kuchaytirish kere
Allohdan sorab yaxshi niyat qilaylik
Optimistic yondoshuv kerak
Albatta temir intizom bilan biz barchamiz har bir insonga ogohlik eslataylik
Meni fikrimcha chetdagi odamlarni olib kelishni tóxtatib turush kerak.tóg'ri ular ham kimngindir akasi otasi ukasi.oila azosi bólishi mumkin lekn chet eldagi 20-30 ming odamlarni emas 34mln aholini sog'logini óylashimiz kerak.ularni olib kelmasdan avval virusga chalinganlar sezilarli darajada pasaygan edi.iyun oyida davolanayotgan fuqarolar qolmasligini prognoz qilishgandi...lekin unday bólmadi
Masofa reyimda ish deyapmiz yoq biz o'z joyimizda ishlavomiz. U ham ham mayli karantin davrida seminar , yig'lish, har hil tekshirishlarga nima bor bu hammasi belgilanga qoidalarni buzush emasmi
IQBOLJON
Va aleykum assalom gapizga qo'shilaman perchatka taqishi maska taqishi kerak. Lekin ochdan o'lib ketishi kerak degani emasku hamma harakat qilyabdi yashash uchun kurash. Hamma davlat pul tarqatdi aholisiga biznikilar esa o'ylab ham ko'rishmadi
+++ shinamgina salqingina oficda kresloda otirib yoki dang'illama uyinda yoki malibu 2 moshinani ichida otirib karantinni kuchaytirish kerek deyishdan oldin ishsiz daromadsiz yolg'iz oila tebratuvchi kunbay ishlidigan muxtojmand oila fuqarolarga moddiy yordamni davlat bersin ? Qani keyin kim kochaga chiqadi gapirish oson tangani 2 tarafi bor. Sardoba suv omborini 404 mln dollorga tushgan bosa zararni qoplashga yana shuncha mablag ketvotti yana buxoroda tabiy ofat yana qanchachadan qancha mumamola cho'loq iqtisod abgori chiqqan ijtimoiy hayot xullas manimcha karantin qoidalari kuchaytirilsaham daxshatli darajada kuchaytirilmasa kerak . Bomasa Aqshdagi Jokker efekti bizdayam qaysidir manoda bolishi mumkun
Buyuk bo‘lish uchun qovun pishirish shartmas-ku.
Masalan eng so‘nggi modeldagi telefon chiqsa ko‘p o‘tmay ega bo‘lyapmiz, nega dunyoqarash masalasida ming yilliklarga mixlanib qolganmiz?!
Hozirgi yoshlarimizni ko‘pi dogmatik fikrlaydimiyey...
Fikrlash tezligi juda past, oldi-qochdi gaplarda 5G tezligida.
Bu kassallik bilan endi Muhtaram Prezidentimiz aytganidek Yonma-yon yashashga majburmiz Nima bo'lgan taqdirda ham endi. Eng yomoni shundaki bu Lanati kassallik SPIT (OITS) ga o'xshab qolib ketmasa boldi dunyoda
Show next 85 comments