Кеча салбий рекорд қайд этилди: умумий 237та, аҳоли орасидан эса 217та ҳолат қайд этилди

Бу ҳақда Республика бош давлат санитария инспектори Нурмат Отабеков маълум қилди:

«Мамлакатимизда коронавирус инфекциясига чалинган фуқаролар сони 4 минг 352 нафарга етди. Шифохоналарда 981 бемор даволанмоқда, 6 нафарининг аҳволи оғир, 2 нафарининг аҳволи ўта оғир.

Коронавирус касаллиги бўйича эпидемик вазият ўта мураккаблигича сақланиб турибди. Куни кеча қайд этилган Тошкент шаҳридаги 195 нафар, Тошкент вилоятидаги 10 нафар, Хоразм вилоятидаги 8 нафар ва Сирдарё вилоятидаги 4 нафар бемор аҳоли орасидан қайд этилган.

Бундан кўриниб турибдики, вазият мураккаблашиб бормоқда. Ҳар биримиз кўчага чиқиш, мулоқотга киришиш орқали касалланиш эҳтимолимиз борлигини унутмаслигимиз керак. Карантин тадбирларига тўлиқ риоя қилинг. Дока ниқобда бўлинг, мулоқотларда оралиқ масофани сақланг, уйга қайтганингиздан кейин антисептик воситалардан фойдаланинг.

Минг афсуски, аҳоли орасида бу каби тавсияларга панжа орасидан қараётган, бефарқ муносабатда бўлаётганлар кўпайиб кетяпти. Вазият мураккаблашиб бораётганини билиб турибсиз. Уни ижобий ёки салбий томонга ўзгартириш ҳар биримизнинг ҳаракатимизга боғлиқ эканини унутманг».


👉 @xushnudbek 👈

286 comments

Show 100 more comments
Man ko'chadagi maskalarni ko'rib uje xavf kuchayganini qaramayapmiz biza yashil hududmiz lekin maskalar nima emish letniy nafas olishga oson setkalilari ham chiqibdi hech eshitganmislar letniy maskalarni nimalar qilyapmiz o'zi xb matodan maskalar maska emasku u faqat imij uchun qilinyapti bular ustidan ham nazorat o'tkazadigan tashkilot qilish kere hamma maska sotib yotibdi bu ketishda bo'lsa aniq o'zimizi o'zimiz virusga tutib bermaymizmi?
Doniyor Esonbekovich
Автобус катновини бекор килиш кере девотганла машинаси борла булса кере манимча, тугриси Хар кун таксида юриб ойлигим учма уч бувотди инсонлар, бошкаларниям уйланглар.
Elbek Hudayqulov
Кучага камрок чикинг деб узлари кейин хамма нарсага рухсат бергандан кейин касаллик купаймасдан нима булади хайронман
"G" 669 Zuhra Samanova
agar esiylada bolsa. qanchalik vahimaligini bilib, birinchi bolib Uxan davlatidan kelgan talabalarni 14 kunlik karintinda olinganida hammasi yaxwi bolgandi. mani fikrimcha owandan bowlab chetdan charter keladimi bowqa keladimi hammani yana 14 kunlik karantinda olinganida edi xozirgi vaziyatda tuwmagan bolardik.
H.Negmatova
Xushnudbek aka siz bilan qanday boglansak boladi. Biz Fargona viloyat ona tili va adabiyot fani oqituvchilari. Yangi oquv yilida kop fanlarning dars soatlari qisqarishi ayniqsa, ona tili fanini judayam qisqarib ketganini korib chiqishingizni iltimos qilmoqchidik. Shu gaplar rostmi ozi. Qanchalik togri o'qituvchilar dars soatlarining qisqarishi. Sherzod Shermatovga murojaatnomalar yozilyapti. Norozilik sabab. Iltimos vaqtingizni ayamang.
Nima bolganda ham epidemiya epidemiya endi unda aybdor qidirish mantiqdanmas. Hechkim bu holatni bolishini istamagan. Pandemiya yengillatilgani sabab odamlar ham shaxsga doir taqiqlardan voz kechyapti.
Ona tili va adabiyot fanining qisqarishi bu ahmoqlik. Shundog'am OTM da chet tiliga urg'u bor xolos. Hatto oliy oquv yurtlari kirish imtihonlaridagi fanda ona tilini qo'shmay chet tiliga o'tdi
Sardor Amonov
Shu har bir fuqaroniagar kasal bolsa davolanishni oz boyniga qoyish kerak, chetdan kirib keladiganlaga nazoratni kuchaytirish kerak, chegarani bosib otgan kiwi karantinda 14 kun tursin majburiy, Davlat qaerga qarayapti tushunmayman. nazoratni tashkillashtirish qiyinmasku. Bizga ozi chetdan mol olib kirish umuman kerakmas, davlat oziq ovqat bilan ozini ozi taminlay oladi bemalol, a 2 chi darajali mollaga nazoratni kuchaytirish kerak.
Qanaqasiga bo'yniga qoyiish kerak. Butun boshli muammo kuchayadiku. Qaysi kambag'al uyoqda tursin o'rtaholni bu kasalni davolatishga qurbi yetadi? Davlat qoldan kelganicha ortigi bilan harakat qilyapti. Karantin yumshatilyapti, xalq uchun bu ham. Odamlarda moddiy manba tugayapti. Davlat hamma fuqaroni ta'minlolmaydi
M.Jalolov
Qanaqasiga bo'yniga qoyiish kerak. Butun boshli muammo kuchayadiku. Qaysi kambag'al uyoqda tursin o'rtaholni bu kasalni davolatishga qurbi yetadi? Davlat qoldan kelganicha ortigi bilan harakat qilyapti. Karantin yumshatilyapti, xalq uchun bu ham. Odamlarda moddiy manba tugayapti. Davlat hamma fuqaroni ta'minlolmaydi
Bizani xalq hamma majburiyatniham va qaror qabul qilishni ham davlatga tashab qoygan. Xalqni boynida ham javobgarlik bolishi kerak. Majburiyat qoyib qoysagina qoidalarga rovya qilib seryozni qaraydigan boladi. Man ozimdan ozim bu gaplarni aytmadim. Har xil davlat tajribalarini organgan holda aytyapman.
Assalom alleykum. Toshkentdagi bunday vaziyatlar buyum bozorlarini ochilishiga to'sqinlik qilsa kerak a
Nodirbek
Oilaviy kasal bòlsang 7 kishi masalanda . Xar bittangga 35-40mln puling bormi boyvachcha. Senda bòlsa qaysidir odamlarda yòq. Alloh bergan kuniga shukr qilib yashamaysanmi. Agar davlat òzing davolan desa odamlar davolanmaydi yuraveradi bir biriga yuqtirib . Keyin òzbek xalqi qirilib ketadi. Fikrla
Birinchidan, muomilayizni tog'ri qiling iptidoiy jamoadan chiqmagansiz shekilli? Allohni tilizga olyapsiz lekin Muhammad s.a.v. sunnatlariga muofiq ish qilmayapsiz. Ikkinchidan, har kim o'z fikrini bayon qilish huquqiga ega. Man socialniy, iqtisodiy, tibbiy taraflarini o'rganib chiqib keyin fikrimni bildirdim. Hech kim 35-40 mln tolasin demayapti. Kerak bosa uyida davolansin o'zini o'zi karantinga olib. Germaniya yoki Xitoy yoki boshqa davlatlar hamma kasalni kasalxonada davolaptimi? Savolga javobni bilsa ham bilmasa ham javob yozaverish yaxshimas. Birinchi o'rganish kerak.
Biz, sizsiz davlat davlat emas.
M.Jalolov
Biz, sizsiz davlat davlat emas.
Shu fikrizga qo'shilmaymanda)). Hozirda davlatni xalq emas 4 ta g'oddayganla tashkil qilyapti, a xalq ularni sogadigan sigiri bop qolgan. Xalq qachon birlashib ozini fikrini aytadigan, haq huquqini talab qiladigan bolsagina fikrizga qo'shilaman. Yuqoridagi gapizga keladigan bo'lsak statistikani koring hali birorta xalq qirilmadi). O'zbekla tegirmondanam tirik chiqadi xD. Ha mayli bu haqda ko'p sporlashishim mumkin lekin foydasi yoq vaqtni bunga ketkazishni. O'qib o'rganish kerak tamom. Hamma ma'suliyatli bo'lib qoidalarga rioya qilib yursa Virus yoq bop ketadi shunisi aniq.
M.Jalolov
Ana shu tegirmondan deb oylaydiganlar sabab yillar davomida xalq ezildi, pora, tanish bilish odam qadri qolmadi. Endi til chiqaryapti xalq baralla ayta olyapti Allohga shukr. Endi byudjetam oshkora e'lon qilinyapti. Chunki byudjet asosi xalq puli va xalq mehnati.
Man u ma'noda aytmagandim. Xalq ezilishiga kim sababchi? Birov pora ber deb majburlayaptimi? Qadrini o'zi arzonga sotmayaptimi? Xalqni o'zi sababchi boshiga tushadigan narsalarni hammasiga, birov emas. Xalq deb atasham noo'rin hozir. Olaman desa to'griroq bo'ladi)).
Show next 15 comments