⚡️Хориждан ўқишни кўчиришда ҳамма учун имтиҳон олинади

🅰️ талабалар ўқишини хорижий (шу жумладан, халқаро рейтингларда биринчи 1 000 та ўриндан бирини эгаллаган) ОТМлардан Ўзбекистон давлат ОТМларининг мос ва турдош таълим йўналишларига кўчиришда:

➖агар алоҳида иқтидор талаб этиладиган таълим йўналишлари бўлса касбий (ижодий) имтиҳонлар, қолганида тест синовлари ўтказилади. Касбий (ижодий) имтиҳонлар ОТМ томонидан, тест синовлари ДТМ томонидан ўтказилади;

➖ўтиш баллари жорий йил 25 июлга қадар, кейинчалик ҳар йили 15 июлга қадар белгиланади;

➖ўтиш балидан паст балл тўплаган талабалар табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилинади;

➖имтиҳон натижалари ДТМ ҳамда ОТМларнинг веб-сайтларида эълон қилинади.

🅱️ талабалар ўқишини хорижий ОТМлардан Ўзбекистон давлат ОТМларининг мос ва турдош бўлмаган таълим йўналишларига кўчиришга рухсат этилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

1075 comments

Show 21 more comments
Assalomu alaykum oʻtish bali nechi ball
Asalomalekum davlatimiz ozidagi horij insitutlaridan Ozbekiston universitet ga kochirish haqida ham malumot keltirib oting iltimos.
Assalom alaykum men Termiz davat unversiteti Turizm sirtqi yo'nalishda o'qiyman.1-kursni tamomladim fanlardan va kantiraktdan hech qanday qarzdorlik yo'q men Samarqanddagi Ipak yo'li xalqaro turizm unversiteti turizm sirtqi yo'nalishiga perevod qilmoqchiman lekin qangu qarorga ko'ra turdosh bo'lmagan va o'z viloyatida shu yo'nalishi bo'lmaganlar kantiraktni 1baravarini to'lar ekan mening yashash joyim Jizzax viloyatida bo'lganligi sababli perevod qilishim uchun yana pul to'lashim kerakmi? Iltimos shu savolga javob bersangiz va e'tiborsiz qoldirmasangiz chunki men kabi talabalar atrofimda talaygina.
Diplom nastirifikatsiya bilan tan olinadi 4yil uyogʻda oʻqib kegani bilan togridan to'g'ri tan olinmidi
Zahiddinovna
Hususiy universitetdan davlat universitetiga kochirishda muammo bolmaydimi masalan hususiy universitetlarda talaba ozligi uchun hujjatlarni bermaslik yoki imtihondan o'ta olmasa hususiy universitetdegilar ham talabani qaytib omasligi mumkinmi
Ichki perevod haqida malumot kerak kunduzgi dan sirtqiga perevod qilmoqchiman
Fikirlar yaxshi qo`lab quvatlayman lekin shuncha chet eldagi talabalarni biryillik o`qishi bir oy qolganda o`zgarib ketishi bu adolatsizlik men nima demoqchiman buyilda emas keyingi yildan bo`lsa chetga topshirishni xam o`yab ko`radi talabalar
Ман олий таьлим вазирлигидан сураганимда укишни вилоятдан тошкентга кучиришни пропискага каралади дейишди
Rajabov
Xushnudbek Xudayberdiyev, qancha odamga beminnat tushuntirish berayotganingiz uchun rahmat!
Абитуриентлар переводчиларга хафа болиб балло борми ,переводчиларга охшаб коп пуль екотила ,силани настроениеларинга караб туриш кереми икки ой коганда кандей тайоргарлик килади? Мундо уйлела
..ZUKHRIDDIN..
Men oʻqishimni toshkenga perivod qilmoqchi edim. Men oʻqishimni toshkenga perivod qilolamanma yoo viloyatimga perivod qilishim kerakmi..
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Bu Joriy qilingan Tartib O'zgarishlar Pandemiya barxam topgandan so'ng Joriy qilinsa Bo'lardikku Xorijiy Oliy ta'lim Muassasi ta'labaliri yetarlik darajada Testga tayyorgarlik Ko'rmagan edik.
#murojaatnoma
#yoshlarimizdan

Òzbekiston Respublikasi Davlat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichga xorijda ta'lim olayotgan yoshlar nomidan murojaatnoma.

Biz xorijda ta'lim olayotgan yoshlar kuni-kecha Oliy va òrta-maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan bòlgan uchrashuvida xorijdan òqishni kòchirish bòyicha aytgan yangiliklariga ya'ni xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan talabalar abituryent tòplagan òtish balini tòplashi,tòplay olmagan taqdirda super kontrakt tòlash tartibi bilan kòchirish haqidagi fikrlariga mutlaqo qarshimiz.Biz perevod imtihonlariga oz muddat qolganida bu yangilikni amaliyotga joriy etilishiga norozimiz.Nima uchun bu haqida òquv yilining boshida ogohlantirilmadi?Agar shunaqa bòlganida biz òz imkoniyatlarimizga qaragan bòlar edik.Endi qolgan qisqa vaqt ichida universititut imtihonlarini yopamizmi yoki universititut fanlarini òqib yurgan vaqtimizda bir yil tayyorgarlik kòrgan abituryent tòplay oladigan balni tòplash uchun tayyorgarlik kòramizmi?!
Agar tòplay olmasak super kontrakt tòlab òqishimiz mumkin emish.Agar bizda shu super kontraktni tòlash imkoni bòlganida edi òzga yurtda emas,òz yurtimizda òqiyotgan bòlar edik.Ilojsizlikdan,super kontarkt tòlashga imkoniyatimiz yetmaganidan undan kòra chetda òqish arzonroq bòlgani uchun va qolaversa yana bir yilni yòqotmaslik uchun òzga yurtga òqish topshirishga majbur bòldik.Bizlarga nisbatan bu talablar-Nohaqlik.Xorijda ta'lim olayotgan yoshlar haqida bilimsiz, nima qilib yurganini òzlari ham bilishmaydi degan fikrlar ham bor.Ammo bizlarni oramizda hamma ham bilimsiz emas.Aksincha òzimizdagi talabalardan-da kuchliroq bilimli yoshlar juda kòp.Òzimizda òqiyotgan talabalardan yuqori ball tòplagan,ammo shunga qaramay hatto kontraktga ham to‘lasha olmagan,ilojsizlikdan super kontrakt tòlay olmaganidan va yana bir yilga kuymaslik uchun chetda òqiyotgan yoshlar juda ham kòp.Tògri guruch kurmaksiz bòlmaydi deganlaridek bunaqa bilimsiz, nima qilib yurganini bilmaydigan yoshlar òzimizda ham yòq emas.70-80 ball tòplab,160-170-300 mlngacha super kontrakt tòlagani uchun ularning bilimsizligi kòrinmay ketadi.Bu kabi adolatsizliklarga qanday chidash mumkin axir? Òzimizni xòrlangandek his qilyapmiz.Biz ham Òzbekiston yoshlarimiz-ku.Biz ham òzimizda òqishni,kelajakda yurtimizga foydamiz tegadigan yetuk kadrlar bòlish yetishishni xohlaymiz.
Yuqoridagi fikr va e'tirozlarimizni kòrib chiqib,bu yilgi xorijdan òqishni kòchirish imtihonlariga tòģri korrupsiyani yòqotgan holda,ammo amaldagi tizim ya'ni viloyatlar uchun(òz yashash joyi)56,7 ball ya'ni maksimal ballning 30%ni tòplash tartibi bòyicha amalga oshirilishini talab qilamiz.
Biz kabi yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berishingizni,Yoshlar yilida bizlarni qullab-quvvatlashingizni va òqishimizni òz vatanimizda davom ettirishimiz uchun amaliy yordam berishingizni xohlaymiz va iltimos qilamiz.


@uzbyoshlar_kg
Аслиддин_бек👥👥
Qanday qaror chiqsa ham kamida 3-oy oldin chiqsa yaxshi bulardi. Kim biladi misol uchun 3-yildan sung chet davlatlari diplomi uzbga o'tmaydi diyilsa shuncha xorijda uqiyotganlar yoshlar shuncha umri yuq bulib ketadiku. Man Maskvada uqiyman kuchirish niyatib ham yuq uzbga lekin 2-yildan keyin diplom olsam Rossiyani diplomi utmiydi deb qonun chiqmasa buldi shundan xovotirdaman🙄🙄🙄👥👥👥
Egamberdi Nishonaliyev
Ozbekiston ichida turdow bolmagan talim yonalishga bowqa instutga perevod qilish masalasi qanday boladi
Ahliddin Ismoilov
Super kantrakt to'lash abituriyentlarga qanday miqdorda bo'lsa chetdan perevot olib keladiganlar ham shunday miqdor belgilanadimi
assalom aleykum menda savol bor edi õqishimni turdosh bo'lmagan talim yo'nalishiga ko'chirmoqchi edim.2 kursman kurs pasayishi holati bo'ladimi?
Show next 100 comments