⚡️Хориждан ўқишни кўчиришда ҳамма учун имтиҳон олинади

🅰️ талабалар ўқишини хорижий (шу жумладан, халқаро рейтингларда биринчи 1 000 та ўриндан бирини эгаллаган) ОТМлардан Ўзбекистон давлат ОТМларининг мос ва турдош таълим йўналишларига кўчиришда:

➖агар алоҳида иқтидор талаб этиладиган таълим йўналишлари бўлса касбий (ижодий) имтиҳонлар, қолганида тест синовлари ўтказилади. Касбий (ижодий) имтиҳонлар ОТМ томонидан, тест синовлари ДТМ томонидан ўтказилади;

➖ўтиш баллари жорий йил 25 июлга қадар, кейинчалик ҳар йили 15 июлга қадар белгиланади;

➖ўтиш балидан паст балл тўплаган талабалар табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилинади;

➖имтиҳон натижалари ДТМ ҳамда ОТМларнинг веб-сайтларида эълон қилинади.

🅱️ талабалар ўқишини хорижий ОТМлардан Ўзбекистон давлат ОТМларининг мос ва турдош бўлмаган таълим йўналишларига кўчиришга рухсат этилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

1075 comments

Show 100 more comments
O'tish balli qancha bo'lar ekana
Nasiba
Top 1000talikdagi horijiy univerlardan perevod olish uchun imtihonni bekor qilish kerak!!!!!!!
Аслиддин_бек👥👥
Qayda nima bulib ishlashni uzim hal qilaman hop shu unverni diplomini olsangiz uzi sizga grachdansitva beradi bemalol shu yerda ishlasangiz ham buladi. Srovno shu yerga ishlagani keladiku uzimizdan odamlar. Uzbga qaytgib ham yuq uzi borki yaxshi hayot yaxshi ish yaxshi zarplata прикрасное жизнь.
Nasiba
Toshtemirov Dostonbek
O'tish balli qancha bo'lar ekana
Ôtgan yili nechchi bolgan bolsa ushancha tôplash kerak
﷽𝒜𝓁𝒽𝒶𝓂𝒹𝓊𝓁𝒾𝓁𝓁𝒶𝒽﷽ ོ ོ ོ ོ ོ ོ
Quwilaman
﷽𝒜𝓁𝒽𝒶𝓂𝒹𝓊𝓁𝒾𝓁𝓁𝒶𝒽﷽ ོ ོ ོ ོ ོ ོ
Top 1000 kirganni berkor qiliw kerakk
Meni bir savol anchadan beri qiynaydi.Universitetda 1-kursdan keyin xorijdagi top 1000 dagi universitetlarga oʻqishni koʻchirish mumkinmi?
Ballni ko'tarilish ehtimollari bor deyishdiyu
O'zi chet elda 5 6 10 yillab qolib o'z ishini mutaxasisi bo'p ancha zo'r bo'p ketkanizdan kegin sekin uzlari borishadi O'zbekistonga qayting dib, qancha oylik osayiz O'zbdayam shuncha qiberamiz diyishadi. Qanchalik toğri bu
Qoyil 2019-yilda chiqqan qaror bor yo'g'i 1yil yoki 2yil amal qildi.Nima keragi bor edi bu qarorni chiqarishdan,qarorni chiqarishdan oldin 1000marta o'ylash kerak edi zero ertaga qarorni o'zgartirishga to'g'ri kelmasin.Xalq ahmoq emasku,bu yil pandemiya,yanagi yil tatbiq qilishsa bo'lardi.Pandemiya bo'lsa ham o'qishimni imtihonlarsiz perevod qilaman deb Ko'plab Rossiya universitetlari talabalari,jonlarini hayratga qo'yib,pullarini sarflab,Rossiyada o'qishmoqda.Top 1000Rossiya universitetilarida Ta'lim sifati yuqori, sessiyalarni yopish juda murakkab Qozogʻistondagi top1000universitetlarga va boshqa top1000universitetlarga nisbatan.Hushnudbek aka iltimos Bu yil pandemiya sababli top 1000 Rossiya universitetlardan imtihonsiz amalga oshirilsin o'qishni ko'chirish,siz hukumatga va vazirlikka murojat va taklif kiriting,zero mening fikrimcha O'zbekistonda xalq manfatlarini o'ylaydigan va Hozirgi kunga kelib O'zbekistonda eng kuchli advokat hisoblanadiki.Sizning fikringiz inobatga olinadi bizniki olinmasa ham.Bu Rossiya universitetilarida tahsil oladigan minglab talabalarni fikri deb o'ylayman.Pandemiya vaqtida yordam bering talabalarga.Siz ahir hozirgi kunda O'zbekistonda da eng kuchli advokatsizku.
Ra'no
@@@
Xullas, Xushun aka siz ha faqat va faqat siz bu qonunni to'g'ri aniq tasdiqlanib kuchga kirishiga yordam bering aka, o'ziz aytganizdek bu uerda qiynalib o'qishga kiraduyu, bular tayyoriga kelyotgan edi, bu qonun albatta kuchga kirsin, albatta tarafdori bo'ling, ular biz qiynlayapmiz degan va boshqa so'zlar bilan chiqishi tabiiy hol, qiynalsa ketmasdan sabr bilan o'zimizda tayuorlanib kirsin edi, ha aytgancha aka yana bular bizga oldindan ma'lumot berishi kerak edi, deb ham chiqadi siz shuni eslating o'tgan yili bitta postizda ogohlantirish bergandiz to'g'rimi chetga ketganlarniki har yili ham oson qaytib kelmaydi deb, shu postni yana bitta eslatma sifatida tashlab qo'ying
Omadbek, siz talabamisiz yoki jurnalist buncha ko'p hikoya yozdingiz. Talaba bo'lsangiz qandingizni urib o'qib yuravermaysizmi. Baxilni bog'i ko'karmas. Faqat siz qiynalibsizmi biz ham sizdan kam o'qimadik repititorlarda. Biz ham o'z yurtimizda erkin bemalol o'qishni chin dildan istaganmiz. Bunchalik baxllik qilishingizdan super kontraktga o'qiyotgan ko'rinasiz. Qayerdan bilasiz balki, sizdan yuqori ball to'plagandurmiz O'zbekistonda. Lekin siz kabi superga sharoitimiz bo'lmagandur. Sizningcha chet davlatda o'qish osonmi? Biz ko'p urinishlardan so'ng xorijga o'qishga topshirishga majbur bo'lgan talabalarmiz. U yerda ham xush kelibsiz mehmon deb to'rga chiqarib qo'ymaydi. Siz bu yerda qanday qiynalib o'qiyotgan bo'lsangiz biz ham xorijda sizdan kam qiynalmadik. Ona yurtdan, ota - onadan yiroqda kunduzgi ta'limda o'qidik. Online emas offline o'qidik. Maslahatim sizga omad chopgan ekan indamay o'qiyvering. O'qishlarizga omad. Biz chet davlatda o'qiydiganlar yaxshilik tilaymiz yurtdoshlarimizga 🙂
𝐴𝑙𝑖𝑠ℎ𝑒𝑟𝑜𝑣𝑖𝑐ℎ
#murojaatnoma #yoshlarimizdan Òzbekiston Respublikasi Davlat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichga xorijda ta'lim olayotgan yoshlar nomidan murojaatnoma. Biz xorijda ta'lim olayotgan yoshlar kuni-kecha Oliy va òrta-maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning yoshlar bilan bòlgan uchrashuvida xorijdan òqishni kòchirish bòyicha aytgan yangiliklariga ya'ni xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan talabalar abituryent tòplagan òtish balini tòplashi,tòplay olmagan taqdirda super kontrakt tòlash tartibi bilan kòchirish haqidagi fikrlariga mutlaqo qarshimiz.Biz perevod imtihonlariga oz muddat qolganida bu yangilikni amaliyotga joriy etilishiga norozimiz.Nima uchun bu haqida òquv yilining boshida ogohlantirilmadi?Agar shunaqa bòlganida biz òz imkoniyatlarimizga qaragan bòlar edik.Endi qolgan qisqa vaqt ichida universititut imtihonlarini yopamizmi yoki universititut fanlarini òqib yurgan vaqtimizda bir yil tayyorgarlik kòrgan abituryent tòplay oladigan balni tòplash uchun tayyorgarlik kòramizmi?! Agar tòplay olmasak super kontrakt tòlab òqishimiz mumkin emish.Agar bizda shu super kontraktni tòlash imkoni bòlganida edi òzga yurtda emas,òz yurtimizda òqiyotgan bòlar edik.Ilojsizlikdan,super kontarkt tòlashga imkoniyatimiz yetmaganidan undan kòra chetda òqish arzonroq bòlgani uchun va qolaversa yana bir yilni yòqotmaslik uchun òzga yurtga òqish topshirishga majbur bòldik.Bizlarga nisbatan bu talablar-Nohaqlik.Xorijda ta'lim olayotgan yoshlar haqida bilimsiz, nima qilib yurganini òzlari ham bilishmaydi degan fikrlar ham bor.Ammo bizlarni oramizda hamma ham bilimsiz emas.Aksincha òzimizdagi talabalardan-da kuchliroq bilimli yoshlar juda kòp.Òzimizda òqiyotgan talabalardan yuqori ball tòplagan,ammo shunga qaramay hatto kontraktga ham to‘lasha olmagan,ilojsizlikdan super kontrakt tòlay olmaganidan va yana bir yilga kuymaslik uchun chetda òqiyotgan yoshlar juda ham kòp.Tògri guruch kurmaksiz bòlmaydi deganlaridek bunaqa bilimsiz, nima qilib yurganini bilmaydigan yoshlar òzimizda ham yòq emas.70-80 ball tòplab,160-170-300 mlngacha super kontrakt tòlagani uchun ularning bilimsizligi kòrinmay ketadi.Bu kabi adolatsizliklarga qanday chidash mumkin axir? Òzimizni xòrlangandek his qilyapmiz.Biz ham Òzbekiston yoshlarimiz-ku.Biz ham òzimizda òqishni,kelajakda yurtimizga foydamiz tegadigan yetuk kadrlar bòlish yetishishni xohlaymiz. Yuqoridagi fikr va e'tirozlarimizni kòrib chiqib,bu yilgi xorijdan òqishni kòchirish imtihonlariga tòģri korrupsiyani yòqotgan holda,ammo amaldagi tizim ya'ni viloyatlar uchun(òz yashash joyi)56,7 ball ya'ni maksimal ballning 30%ni tòplash tartibi bòyicha amalga oshirilishini talab qilamiz. Biz kabi yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berishingizni,Yoshlar yilida bizlarni qullab-quvvatlashingizni va òqishimizni òz vatanimizda davom ettirishimiz uchun amaliy yordam berishingizni xohlaymiz va iltimos qilamiz. @uzbyoshlar_kg
Ака хамма хамма йозсин бу адолатсизлик
Ey yaxshilar xullas boshilarni oğritmelar uzilani qiynatmelar xammasiga Alloh borku qatta rizqimiz bo'sa o'shatta terib yuramiz. Nmaga siqilasila 😊
Hushnudbek aka yordam beradi bizga.Hozirgi kunda eng kuchli advokat ku.Hukumat va vazirlikka taklifi o'tadi bizni ki o'tmasa ham
Биз окишга кириб болганмизу.Тогри 30% тогри жавоб билан киргизиб болмеди,лекин хеч болмаганда тенг ярми болиши керак.
____
Ey yaxshilar xullas boshilarni oğritmelar uzilani qiynatmelar xammasiga Alloh borku qatta rizqimiz bo'sa o'shatta terib yuramiz. Nmaga siqilasila 😊
Сик,иласизде ока була одамни коли билан ойнатиб ташавотику халкни эшитмай буланиям боллари борми онасини эмсин катга караб кетвомиз козилани очила
Dr_Farrukhbek
Eh tugallanmagan oliy maʼlumotli odamlani gapini qarelar hurmat qililar bir birilarni
Odamlar ahir kredit olib kontraktni to'lashyapti ?
Нега карор кеч чикди. Нега омма мухокамасига куйилмади. Хозир ман каби топ 1000 таликга кирган РФ университетида укийдиган талабаларига укиш осон булгани йук албатта. Керак булса шу Узбекистондеги университетлардан кура талаб кучли. Шу кунга кадар перевод масаласида ВМ нинг 363-сонли карори уз кучида эди. Бизда шунака карорлар 1-2 йилгина амал килади. Бизда карорлар шунчаки вактинчалик вазиятдан келиб чикиб кабул килиниб кейин узгартириладими? Нега бугунги брифингда бу рахбарлар анник килиб жавоб бермади? Биз канча савол йулладик. Саволга жавоб беришмаса ботларни, тармоклардаги сахифаларни нега очиб куйишган.
Show next 100 comments