⚡️Хориждан ўқишни кўчиришда ҳамма учун имтиҳон олинади

🅰️ талабалар ўқишини хорижий (шу жумладан, халқаро рейтингларда биринчи 1 000 та ўриндан бирини эгаллаган) ОТМлардан Ўзбекистон давлат ОТМларининг мос ва турдош таълим йўналишларига кўчиришда:

➖агар алоҳида иқтидор талаб этиладиган таълим йўналишлари бўлса касбий (ижодий) имтиҳонлар, қолганида тест синовлари ўтказилади. Касбий (ижодий) имтиҳонлар ОТМ томонидан, тест синовлари ДТМ томонидан ўтказилади;

➖ўтиш баллари жорий йил 25 июлга қадар, кейинчалик ҳар йили 15 июлга қадар белгиланади;

➖ўтиш балидан паст балл тўплаган талабалар табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилинади;

➖имтиҳон натижалари ДТМ ҳамда ОТМларнинг веб-сайтларида эълон қилинади.

🅱️ талабалар ўқишини хорижий ОТМлардан Ўзбекистон давлат ОТМларининг мос ва турдош бўлмаган таълим йўналишларига кўчиришга рухсат этилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

1075 comments

Show 100 more comments
Muhammadixon Tursunov
Ha qayerda bo‘lsa ham boylani bollari kayf qilsin ekanda
Muhammadixon Tursunov
Boylar tulab o‘qiyveradi kambag‘allar qolib ketaveradi
Assalomu alaykum bu degani misol uchun Turkiyadagi top 1000talikka kirmagan univga kirsa ham uzbga test topshirib perevod qilsa boladi deganimi
⚽🏐🏀🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇮🇪🇮🇪🇮🇪🇮🇪
Necha ball deb belgilanayapti qachon aniq boʻlarkan
Assalomu alaykum Xushnud aka O'zbekistondagi universitlardan ko'chirish tartibi qanay bo'ladi
Hullas ogzi qiyshiq bulsa ham boyni bolasi gapirsin deganday qilayaptiku hamma qiyinchilik kambagal bechoraga ekanda super kontrak tulaymiz deb umri qora ishda utib ketar ekanda😏😏
Ассалому алайкум Хушнудбек оке сиз билан боглана олсак буладими?! Илтимос озгина бусаям вохт ажратинг !
Men utgan yili tayyorlanib 105 bal tuplagandim bu yil qirg'izistonga borib uqidim tayyorlanishga vaqt topolmadim endi qanday qilib katta balni tuplayman hozir qancha xarakat qilsam ham 100 bal ham tuplay olmayman. Utgan yilgidek oddiy yunalishga 46 milyon super kantrakt bulsa shu tinchgina 3 yilimni Chet davlatda tugatib kelganim yaxshi emasmi. Xushnudbek aka siz adolatsizlik bulayapti deyapsiz adolatdan bulsa nimaga 56,7 balni tuplab quyib meditsina yoki yurdestika moliya universitetlarida boyni bollari uqib yuriptiku nimaga shularga adolat qani demaysizlar. Chet davlatlarda uqiyotganlarning 80 foizi kambagal odamlarni farzandlari hammasi ham qanday qilib super kontraktga pul topib beradi.
Boylar, kambag'allar degan tushunchani chiqarib tashela Iltimos 🥵 har bir inson harakat qilsa boy bo'ladi, Boylar ertalab 3dan turib ishlaydi harakat qiladi komment yozib o'z o'zini tabaqalab o'tirsa boyish ehtimoli kam 🥵
Assalomu aleykum. Bu qaror juda yaxshi boʼlibdi, men ham qoʼshilaman bu qarorga
Assalomu alekum shu chetga topishrganlarni koraolmayotgan ichi qoralar sendaqalarni nima deydi bilasanmi kuykanak boxil deyishadi deyishadi "boxilni boģi hech qachon kòkarmidi" senla passan pasligingcha qolasan hayotta bir narsaga erishmisanla senla😕 biz chetga oynab kirmadik senla kelib chetga kelib oqib kor shunaqa qonunlarni sentyabirda aytsa bulardiku endi aytmasdan😒😒
Oldin korrupisiya noqonuniy edi Demak endi korrupisiyani shunchaki qonuniy qilaszlar ekanda yashasin qonuniy korrupsiya😠😠😡😡 judaa adolatli😏😏
Assalomu alaykum. Xorijiy Yuridik universetitidan tarixga pervod olsa bo'ladimi?
Ichki perevod haqida ham to‘liq ma'lumot berib o‘ting Xushnudbek
Ne vajno
Ха чикди Энди кирадида
Қарор тўғри но деган жойи бор ТОП 1000 талик олийгоҳлардан тўғридан тўғри перевод қилса зўр бўларди.Лекин айримлар Қирғизистон Тожикистон университетларига кирган.Улардан экзамен билан перевод қилиш бу тўғри .Бу университетлар ТОП 1000 га кирмайди .чунки у ерга кирганларнинг аксарияти ўзимизда 100 бални ҳам олиб билмайди.(айрим тоифалар учун ҳаммага хам таалуқли эмас )
Show next 100 comments