⚡️Хориждан ўқишни кўчиришда ҳамма учун имтиҳон олинади

🅰️ талабалар ўқишини хорижий (шу жумладан, халқаро рейтингларда биринчи 1 000 та ўриндан бирини эгаллаган) ОТМлардан Ўзбекистон давлат ОТМларининг мос ва турдош таълим йўналишларига кўчиришда:

➖агар алоҳида иқтидор талаб этиладиган таълим йўналишлари бўлса касбий (ижодий) имтиҳонлар, қолганида тест синовлари ўтказилади. Касбий (ижодий) имтиҳонлар ОТМ томонидан, тест синовлари ДТМ томонидан ўтказилади;

➖ўтиш баллари жорий йил 25 июлга қадар, кейинчалик ҳар йили 15 июлга қадар белгиланади;

➖ўтиш балидан паст балл тўплаган талабалар табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилинади;

➖имтиҳон натижалари ДТМ ҳамда ОТМларнинг веб-сайтларида эълон қилинади.

🅱️ талабалар ўқишини хорижий ОТМлардан Ўзбекистон давлат ОТМларининг мос ва турдош бўлмаган таълим йўналишларига кўчиришга рухсат этилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

1075 comments

Show 100 more comments
🎀🎀🎀
Iftixor Xaydarov
Nimadan cho'chiyapsz agar bilimingiz yuqori boʻlsa
Yuqorida aytganimdek shaxsan men ham DTM test olishiga qarshimasman faqat ballni maksimal qo'ysin sababi pandemiya ko'p narsaga o'z ta'sirini o'tqazdi kimlardur ishlab o'zi kantraktini to'ladi demoqchi bo'ganim puxta tayyorgarlik ko'rolmadi sesiya yakuniy shulaniyam hisobga olishini nazarda tutdim
Abdulaziz
Javob bering iltimos Xushnudbek perevodga ruxsat boldimi
Россияда бошлангич таълимда кундузги булимда укиётган талаба Узбекистонга бошлангич таълимни сиртки йуналишига перевод килса буладими.
Сара
Узбекистоннинг ичидаги переводда яшаш жойида узининг факультети булмаса якинрок вилоятга бепул перевод олса буладими?
Shu ko'chirsaa 2-kursdan o'qirmikan??
Abdulaziz
Albatta chetdagilar ham Ozbekiston instlardan oz kontrakt tolamayapti bagrimiz felumizi keng qilishimiz kk hamma ozini oylame
Dela 들솢
Assalomu alaykum perivod 15 iyyuldan boshlanadi degan habarni eshitgandim. Shunda o'zimiz uqiyotgan unversitetga ariza yoziladimi yoki kuchirmoqchi bulgan unversitetga yoziladimi shu haqda ma'lumot bersangiz.
Siz 5 ish kunida tillar kesimi tasdiqlanadi degandiz qani tasdiqlangani qani tugrilik buyerda. Nimaga uziz jim bulib qoldiz bu haqda post ham qoymayapsz qabul hali boshlanmadi hurmatli xushnudbek
Gamletovna_
Yoshlar bizning kelajagimiz deyishadi ammo nega bizga talabalarga bunaqa qiyin fikrlarni qabul qilishadi. Oddiy misol narxo'zga topwirgandim 189ham kontrakt bo'lib qold 9.3ball bn yiqilgandim va chet elga topwiriwga majbur bolgandim. Bu yil esa bu qiyin pandemiya paytida ko'pchilik tayyorlana olmadiyu. Adolat bn qaror chqarishlarini iltmos qilgan bo'lar edik
Samandarova Gulnoz
Assalomu alaykum O‘zbekistonda sog‘ligi kelishmasa masalan allergiya bo‘lganda o‘qishni boshqa hududga to‘lovsiz ko‘chirsa bo‘ladimi iltimos javob bersangiz
Abituriyentlar shuncha vaqt qiynalgani yetmaganday, tillar kesimi chiqishini kutib sochi oqarib ketadi
Bilimi yo'qlar o'qiyotgani uchun hama tomon rasvo bo'layapti o'zi
Show next 100 comments