⚡️Хориждан ўқишни кўчиришда ҳамма учун имтиҳон олинади

🅰️ талабалар ўқишини хорижий (шу жумладан, халқаро рейтингларда биринчи 1 000 та ўриндан бирини эгаллаган) ОТМлардан Ўзбекистон давлат ОТМларининг мос ва турдош таълим йўналишларига кўчиришда:

➖агар алоҳида иқтидор талаб этиладиган таълим йўналишлари бўлса касбий (ижодий) имтиҳонлар, қолганида тест синовлари ўтказилади. Касбий (ижодий) имтиҳонлар ОТМ томонидан, тест синовлари ДТМ томонидан ўтказилади;

➖ўтиш баллари жорий йил 25 июлга қадар, кейинчалик ҳар йили 15 июлга қадар белгиланади;

➖ўтиш балидан паст балл тўплаган талабалар табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилинади;

➖имтиҳон натижалари ДТМ ҳамда ОТМларнинг веб-сайтларида эълон қилинади.

🅱️ талабалар ўқишини хорижий ОТМлардан Ўзбекистон давлат ОТМларининг мос ва турдош бўлмаган таълим йўналишларига кўчиришга рухсат этилмайди.


👉 @xushnudbek 👈

1075 comments

Show 100 more comments
Siz 5 ish kunida tillar kesimi tasdiqlanadi degandiz qani tasdiqlangani qani tugrilik buyerda. Nimaga uziz jim bulib qoldiz bu haqda post ham qoymayapsz qabul hali boshlanmadi hurmatli xushnudbek
Gamletovna_
Yoshlar bizning kelajagimiz deyishadi ammo nega bizga talabalarga bunaqa qiyin fikrlarni qabul qilishadi. Oddiy misol narxo'zga topwirgandim 189ham kontrakt bo'lib qold 9.3ball bn yiqilgandim va chet elga topwiriwga majbur bolgandim. Bu yil esa bu qiyin pandemiya paytida ko'pchilik tayyorlana olmadiyu. Adolat bn qaror chqarishlarini iltmos qilgan bo'lar edik
Samandarova Gulnoz
Assalomu alaykum O‘zbekistonda sog‘ligi kelishmasa masalan allergiya bo‘lganda o‘qishni boshqa hududga to‘lovsiz ko‘chirsa bo‘ladimi iltimos javob bersangiz
Abituriyentlar shuncha vaqt qiynalgani yetmaganday, tillar kesimi chiqishini kutib sochi oqarib ketadi
Bilimi yo'qlar o'qiyotgani uchun hama tomon rasvo bo'layapti o'zi
To'g'ri qaror qilinibdi
Hozii kerakmas bu noo'rin so'zlar
Munde aqillidi bu kimsan san perevod qilish uchun 150 busa 150 tuplash kere emish sande soxta aqillila davlatni tepasiya utirgani uchunam wu vaxtgacha pul ro'l uynagan mundan keyinam wunde buladi.
Азиза Бахтияровна
Хроижда таълим олаётганлар ҳам роса мазза қилаётганлари йўқ, улар ҳам ўқияптилар, контракт тўлашяпти
SHAHZODA
Salom. Bu yil perevod qiiliwda nechchi bal bn o'tilvotti.
Ra'no Esonova
Assalomu alaykum perevod buyrug'i 15-sentabrgacha chiqadi deyilayapdi shunda chetdan k'chirganlar ikki tomonga kontrakt to'laydimi.
Doniyor
Assalamu alaykum agar horijda oqiyotgan talaba karantin sabab online oqigan bolsa chetga chiqanligi togrisida hujjat kerakmi yoki yoqmi
☘️
Xushnud aka IMICA xaqida iltimos malumot bersangiz, IMICA dan bowqa uqishlarga perevod qilsa buladimi
Туппа тугри карор.Хорижда мазза килиб уйнаб бориб келиб кучириб оламан деганлар сон мингта.Ушбу карор кимнинг урни каердалиги курсатадиган булибди.Адолат карор топарди шу карор буйича иш олиб борилса.
Atavullayeva Muharram
Assalomu alaykum ichki perevodda ham imtixon boladimi.
Хушнудбек Юридик Университети ўқитувчиси Сапаев Ўткир ака бандалик қилибдилар.
Shokhnur
Atavullayeva Muharram
Assalomu alaykum ichki perevodda ham imtixon boladimi.
Vaalaykum assalom, O'zbekiston OTMsiga o'qishga kirib chetga ketmaganizni badalini to'lisiz hech qanday imtixon bo'lmaydi 100mlndan 300mlngacha to'lab xohlasangiz Medga xohlasangiz Yuridikka yoki Pedga ko'chirasiz.
Miracle
Assalomu alikum agar biz o'tgan yilgi ballni to'plab kirishimiz kerak nima qilardik chetga ketib shu yerga topshirardik qaytadan birinchi yildan bunaqa qaror qabul qilmangizlar iltimos qarorni yilni boshidan ogohlantirganlarizdan chet elda sarson bo'lib yurmasdik kantrak ichki harajatlar hozir pandemya vaqti qiyin xalqga ham biz shu yurtni farzandimizku o'zimiznikilar qiyin qilishepdi chet davlatda bunchalik og'ir qilmasdi o'qishlarni iltimos biz talabalarni ham tushungan holdan qaror qabul qilizlar qarorni oldindan bilganimda chet elga topshirmasdik yilni boshidan aytish kerak edi
Show next 100 comments