Битта 400 ўринли ётоқхона бир йилда 600 млн сўмга тушади, талабалар тўлови эса - 290 млн

Бугун, 2 март куни Олий Мажлис Қонунчилик палатасида навбатдаги “Ҳукумат соати”да талабаларни турар жой билан таъминлаш борасида олиб борилаётган ишлар муҳокама қилинмоқда.

Унда Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шундай деди:

«Олий таълим муассасалари ётоқхоналарининг шароити яхши эмаслиги шахсан ректорнинг эътиборсизлиги, ОТМ раҳбарининг ўша ётоқхонага кирмаслигидан, бошқа сабаб йўқ.

Ҳар қандай ОТМ пул топа олади. Чунки талабалар турар жойида яшаётган талаба муассаса ҳисоб-китобидан келиб чиқиб, оз бўлса-да пул тўлайди. Арзимас пул, лекин ўша пулни ўзига сарфласа ҳам ҳамма жиҳозини тайёр қилиб қўйса бўлади.

Энди ҳозир мен айтмайман, ижтимоий тармоқларда чиқиб, нотўғри талқин бўлиши мумкин. Бир куни бир талабалар турар жойига бориб, талабалар орасида бир кеча ётдим. Бир талаба билан унинг хонасида тунни тонгга улаб суҳбат қилиб чиқдим ва ундан бутун сир-асрорни сўраб олдим. Яшаш шароити, санузеллар ҳолати, бир дунё муаммо бор.

Давлат-хусусий шериклик асосида СамДУ ҳудудида лойиҳа қиймати 11.7 млрд сўм бўлган 350 ўринли талабалар турар жойи намуна сифатида қуриб битказилди.

Шу билан бирга, давлат-хусусий шериклик асосида ётоқхоналар қуриш масаласи талаб даражасида, деб бўлмайди. Талабалар турар жойлари ижтимоий объект бўлгани сабабли тадбиркорларни мазкур жараёнларга жалб этиш бирмунча қийинчилик туғдирмоқда.

Ҳисоб-китобларга кўра, битта 400 ўринли талабалар турар жойини сақлаш бир йилда ўртача 600 млн сўмни ташкил қилади. Талабалар томонидан тўланадиган сумма эса йилига ўртача 290 млн сўмни ташкил этади. Тўловларнинг харажатларни қопламаслиги хусусий секторни жалб қилиш имконини бермаяпти.

Таҳлиллар ижтимоий объектларни қуриш ишларига ҳисса қўшаётган тадбиркорлик субъектларига қўшимча имтиёзларни бериш лозимлигини кўрсатмоқда», деди олий ва ўрта махсус таълим вазири.


👉 @xushnudbek 👈

231 comments

Show 60 more comments
Bir yilda 1800 ming bu oldingi yilgi to‘lov bu yil qanchaligini bilmadim.
Salom.Xushnudbek aka. Talabalar Turar joyidagi muammolar mayli.Lekin Talabalar turar joyida oilaviy axvoli yaxshi bo'lgan talabalar turishi kerak emasmi. Bir gapni aytsam Yotoqxona olish ham KORRUPSIYA va Tanish-bilishchilik. Oddiy misol haqiqatda yaqin 2 yildagi gapni aytmoqchiman. Bir kursdoshim viloyatdan, oilaviy sharoiti yaxshi, yaxshi emas o'taaaaaa yaxshi( Toshkentda naqd 4 ta domi borigini o'zim bilaman) .Lekin usha kursdoshim tanishlari orqali yotoqxonada turadi.Sabab yotoqxona institutga yaqinligi emish. Endi boshqa kursdoshim haqida gapirsam.Uni dadasi yoshligida vafot etganlar.Oyisi ishlamaydi.Sharoiti rostdan og'ir .Lekin Yotoqxonadan joy ololmaganligi sababli oyiga 50 $ dan kvartira turadi. Chunki unda tanish-bilish yo'qda nima qilsin.Bunaqada O'zbekiston 1000 yilda ham rivojlanmaydi.Kerak bo'lsa lichkamga yozsangiz isbotlab ham berishim mumkin.
Qayta qayta oqib chiqdim. Lekin ushbu masalaga aniq yechimni topa olmadim. Tushunishimcha yotoqxona o'zini o'zi qoplashi uchun keyingi yildan yotoqxona narxlari yana oshiriladi shekilli... Kaltak aylanib kelib baribir talabalarri boshida sinadi doimgidek....
Ассаламу алейкум
ман тошкент давлат техника университетида оқийман чилонзорда вактинчалик квартира топгунча турпман кеча пропискага отрмагансан деп штраф ёзип кетти енди у штрафни бекор қилишни иложи борми
Assalom alekum TATU yotoqxona uchun oyiga 200 mingdan oladi 400 òrinli uchun yiliga 800 mln bòladi qanday qoplamasligi mumkin
SHOXRUX
Bir talaba oyiga 200 mingdan toʻlasa 10 oyda 2 million boʻladi. Endi 400 talaba bir yilda 800 million to'layotgan boʻladi. Bu kallavaramlar qanaqa qilib 290 million chiqardi bilmadim bunaqada oyiga 60 000 dan to'layotgan boʻladiyu hozirda bunaqa narhlar hech qayerda yoʻqku
Dilmurodjon
Salom ham alik ham yuq.kantrakt qatga ketadi unda😂😂😂🤣🤣
Jahon tillarida ham 2 yil oldin 1400 ming edi
Demak OTV yotoxona narxlarini bilmaydi. Faqat bahona qidirishadi.
Hullas haqiqat TTJ muammo bolgan, hozir ham muammo
Mani fikrimcha aholiga qurilayitgan binolar kabi talabalarga ham kop qavatli binolar qurilishi kerak va oliygohlarga kreditga berilishi kerak.shunda muammo hal bolishi mumkin manimcha
Masalan men o‘qiyotgan institut hatto 2 kurs talabalarini ham taminlay olmaydi va hatta ochiqdan ochiq 3chi kurs talabalariga berilmaydi deb aytishadi. Agar ko‘o qavatlik binolar qurilsa bu muammo hal bo‘ladi garchi to‘lliq bo‘lmasa ham
Talabalar yotoqxonasi qurilishi tamirlanishi uchun 5 ta talaba jonini berishi shartmidi yoki davlatga buyam kammikan
1-kursdaligimda yotoqxonadan joy olishga kechikkandim (100o'rinli edi chunki). Bizdan 600 km uzoqlikdagi viloyatda o'qirdim, xechkimimiz yo'q, ancha qiynalganman "xozyayka" yoki "shart-sharoit" borasida. Qishni avjida dod deb yana rektorni yoniga kirgandim uzoq viloyatdanman joy bering bittagina deb. Bir xil javob: joy yo'q. Albatta joy bo'lmyda biz o'qyign shahardan 6km masofadagi tumanliklarni olib bo'lishgandi, viloyatdagilarga esa yoq. Eng qizig'i dekabrni oooxirida super kontraktga kirgan bir talaba qizga topilgandi joy yotoqxonadan. Xullas bu talabalarning engkatta og'rqli nuqtasi. Ular joy izlasinmi, pul topsinmi, yo o'qisinmi?
Yaqin yillarda muammolar kopayib ketyapti,qayoqqa qarab ketyapmiz...Hudo biladi.Umuman rivojlanish yoq
Otmlarda yotoqxona narxlari bir biridan farqi qiladi 100 000 dan 240 000 gacha ( bilishimcha), shuni hisobga olsak yotoqxonalarning yillik tulovi umumiy hisobda 400 mln dan 960 mln ga qadar bo'ishi mumkin ( 10 oy uchun). Bundan sung yana bir gap 600 mln sum qayerdan keldi qanaqa harajatlarni hisobga olishdi sharoiti uziga yarasha yotoqxonalarda buncha harajat ketishi aqlga sig'maydi ( talabga javob bermaydigan yotoqxonalar ham yetarlicha). Xullas TTJ lar soni kupayishiga umid qilamiz ( boshqa choramiz ham yuq).
Ётоқхона харажатларини 80-90%ини талабалар тўлови қоплайди.
Талабалар йилига 2 млн.дан кўп тўлашади. 400 таси 800млн.бўлади камида. Тошқулов 290 млн.тўлайди дибдила, қолган 500млн.пул қаёққа кетган???
Toshkent moliya institutida ttj uchun1 yillik tòlov 2 000 000 sòm edi bir yil avval
блин шунака сонлани каттан топаркин була ман москвада укиман унгачон узимизни универлани биттасида укиганман, москвада общага 1 ойлиги 600 рубль шундан 10рубльни квартирага олинса коган 590 рубль кварт.оплатага кетади и бизада хеч кандай туалет тозала калидор юв кучалани окла диган нарса йо. хаммасига ишчила бор. бизадаям хаммаси уз ишини виждонан бажарса биласами бу корсатвотган суммаси тенг ярмига тушади бу аблах еб тоймагурла ошкозонини нархиниям кошиб этади иплосла
Show next 100 comments