Битта 400 ўринли ётоқхона бир йилда 600 млн сўмга тушади, талабалар тўлови эса - 290 млн

Бугун, 2 март куни Олий Мажлис Қонунчилик палатасида навбатдаги “Ҳукумат соати”да талабаларни турар жой билан таъминлаш борасида олиб борилаётган ишлар муҳокама қилинмоқда.

Унда Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шундай деди:

«Олий таълим муассасалари ётоқхоналарининг шароити яхши эмаслиги шахсан ректорнинг эътиборсизлиги, ОТМ раҳбарининг ўша ётоқхонага кирмаслигидан, бошқа сабаб йўқ.

Ҳар қандай ОТМ пул топа олади. Чунки талабалар турар жойида яшаётган талаба муассаса ҳисоб-китобидан келиб чиқиб, оз бўлса-да пул тўлайди. Арзимас пул, лекин ўша пулни ўзига сарфласа ҳам ҳамма жиҳозини тайёр қилиб қўйса бўлади.

Энди ҳозир мен айтмайман, ижтимоий тармоқларда чиқиб, нотўғри талқин бўлиши мумкин. Бир куни бир талабалар турар жойига бориб, талабалар орасида бир кеча ётдим. Бир талаба билан унинг хонасида тунни тонгга улаб суҳбат қилиб чиқдим ва ундан бутун сир-асрорни сўраб олдим. Яшаш шароити, санузеллар ҳолати, бир дунё муаммо бор.

Давлат-хусусий шериклик асосида СамДУ ҳудудида лойиҳа қиймати 11.7 млрд сўм бўлган 350 ўринли талабалар турар жойи намуна сифатида қуриб битказилди.

Шу билан бирга, давлат-хусусий шериклик асосида ётоқхоналар қуриш масаласи талаб даражасида, деб бўлмайди. Талабалар турар жойлари ижтимоий объект бўлгани сабабли тадбиркорларни мазкур жараёнларга жалб этиш бирмунча қийинчилик туғдирмоқда.

Ҳисоб-китобларга кўра, битта 400 ўринли талабалар турар жойини сақлаш бир йилда ўртача 600 млн сўмни ташкил қилади. Талабалар томонидан тўланадиган сумма эса йилига ўртача 290 млн сўмни ташкил этади. Тўловларнинг харажатларни қопламаслиги хусусий секторни жалб қилиш имконини бермаяпти.

Таҳлиллар ижтимоий объектларни қуриш ишларига ҳисса қўшаётган тадбиркорлик субъектларига қўшимча имтиёзларни бериш лозимлигини кўрсатмоқда», деди олий ва ўрта махсус таълим вазири.


👉 @xushnudbek 👈

231 comments

Show 100 more comments
Дилором Курбонова 72-мактаб
Мен хам утган йил 6 ойга 580000 тулаганман
Ферузахоним
1996йилда теп текинга бюджет да укиганмиз студентлани 2фоизи контрак Эди эндичи??отен пул онен пул бубколди афсус
Bu yerda keltirilgan raqamlar nisbiy olingan deb o'ylaman, chunki barcha universitetlarda TTJ narxlari har xil belgilangan. Bizda ya'ni TerDu da yotoqxona oyiga 85 000. Bir yillik o'quv yili un 765 000. 400 kishiga hisoblasak 306 000 000. Buning ustiga yotoqxonaning o'ziga ketadigan xarajatlarni ham hisobga olish kk.
Ферузахоним
Бюджет да укиб давлат стипендия тулаган бизага
Mahmudov Sirojiddin
Bugun yana bir yuridikani talabasi vafot etibdi qurilishda ishlarkan bechora , kvartiramga yashashimga pul topaman db ishlagandir bechora,
Дилором Курбонова 72-мактаб
Хушнуджон сизнинг ракамингиз зарур
Fargonalik
Кейинги йилга хам имтиёз беришармикан сиз утган йил эмас келажакни уйлаб гапиринг
Bizda shu paytgachayam to'lov oyiga 78ming so'm bo'lgan. Yuqoridagi Vazirimiz tomonidan aytilgan summalaram shu paytgachalik narxni hisobini olib aytilgan. Keyingi yillarikini taxminan hisoblab aytilmagan
Sobiq rektorimiz juda mehnatkashda. Juda yaxshi ishlayapdilar! Ishlariga rivoj
Iltimos qilardimki janob vazirimiz Abduqodir Toshqulovdan usha yozgan statistik hisob kitoblarini yana bir marta ko'rib chiqishlarini o'zlari hisoblab ko'rsinla yon atrofdagilariga ishonmasdan... hamma commentlani o'qib ko'rdim bu muammolar 1, 2 yilda hal bolmasa kerak yana bechora rektorlarga to'nkashadi
Assalomu alaykum va rahmotullohi .
#Bismilloh . Hamma muammo haqida gapiradi . Bu hol tabiiy-ki avvalgiday e'tiborsiz qoladida . Qachon yechim haqida bosh qotirib bir yoqadan bosh chiqarib fikrlamas ekanmiz ortiqcha "g'ala-g'ovurni" keragi yo'q . Turar joy qurish "muammo " , "ko'p vaqt " oladi , "hammani ham taminlab bo'lmaydi" axir bu aytilgan gaplarni hammasi nisbiyku , bu gaplarni ham ayrimlarini o'zingiz ham aytgansiz . Man sizga hozir bir misol keltirib o'taman . [Eslasangiz "Covid-19" pandemiyasi karantin sharoitida Chet davlatlardan "Charter" reyslar orqali yetkazib kelingan hamyurtlarimiz uchun barpo etilgan tezkor turar joylari tashkil etilgan edi . Adashmasam bunday tezkor qurilish 5 kunda mingdan ortiq insonlarga xizmat ko'rsatishga tayyor bo'lgan edi . Albatta bunday uylar "Yuk kanteyner"laridan barpo etilgan va buning yomon tomoni ham yo'q menimcha .#Zangiota _tumanida konteynerlardan_qurilayotgan_karantin hududi_10_ming kishiga_mo'ljallangan. #Yuqori_Chirchiq_tumanida_tashkil etilayotgan_karantin_hududlari_20_ming_kishiga_mo’ljallangan . Bu faqat atiga bir necha kunlarda tayyor bo'lishi mumkun bo'lgan hisob kitoblar lekin ba'zilar yillar haqida gapiryapti .

Bitta kanteynerning hajmiga naqd 4 ta talaba sig'adi . Endi tahmin qilib ko'rsak yotoqxonalar olsa olar ana 400 talabani o'z bag'riga sig'diryapti . Endi 10 000 ga yaqin kanteyner (hoh ularni mustahkam qilib ikki qavatli qiling) qancha "Kalhoz" bollarini ehtiyojini qondiradi . Iltimos faqat bu masalaga bir tomonlama qaramanglar u holda bu gaplarim "tengtaklik" bo'lib qoladi .
Yana shuni aytishim kerakki bu masalaning bir tomoni endi ikkinchi tomoniga o'tsak .
"Ha mayli , havo iliq payitlarda kun o'tqazish mumkundir lekin qishki mavsum qanday bo'ldi ? Isitish tizimlarida muammo bo'lmaydimi ? Yo'ldachi? Oziq ovqatichi? " bu kabi savollar hamma yerda bor . Bu degani buni almalga oshirish mumkun emas degani mas-ku . Unutmang hamma narsaning ham iloji bor, imkon ham topiladi . Qurilish jaroyonlarida "Ko'ngilli talabalar" ham yordamga kelishi mumkun bu muammo emas . Hosh , endi masalaga qaytsak bundya turar joylarni ikki guruhga bo'lib qurish yani "Qishki" va "Yozgi" platformalarga bo'lib bosqichma-bosqich amalga oshirishish kerak .

Shuni aytmoqchimanki talabalarga "5 yulduzli mehmonhona"day uylar , yoki sharoitida "Sauna" bo'lishi shart emas , faqat usti yopiq tagi berk bo'lsa bo'ldi .

Hohlang "hom shot" qilib ko'ring , #hohlang... bu boshlaqalarning ishi aynan nima haqida gapirayotganimni tushungan bo'lsangiz bo'ldi.

Biz siz bilan inshallah bu borada yangiliklar kutib qolamiz .
Mahmudov Sirojiddin
Uzbda hamma talaba depressiyada o'qishadi kvartira pulini yashash xarajatlarini uylashadi o'qishga esa vaqti yoq, stependiyaniyam dabdala qilishgan tepadagila , xohlagan ishini qilishadi . Toshkenda yashash un 150$ ketadi oyiga kamida . Setependiya esa 500ming som qolgan pulni ishlab topishadi , o'qishga esa vaqt yoq bitirib baaaa baaaa deb chiqishadi
Rektorlarda nima ayib ular qaysi bir ishni qilsin. Yotoqxona ma'muryati shaxsan javobgar qilib vazifa yuklash kk.
Nodirbek Xushbaqovich Mo'minov
Вазир бўлиб биринчи қилган ишлари Бухорода, Фарғонада талабалар турар жойи билан танишишдан бошлаган, имкон беринглар хаммасини жойига қўйишга интилаяптилар. қандайдир хисоб китобда адашибди деб танқид қилмасдан вақт берилсинчи. кузатишда давом этамиз. Халол инсонлар. албатта ўзгаришлар қилади.
Я.Ш.М
Янги карор ва конунлар чикиши энди нима керак. 5 нафара хаммаси яхши жойларда укиган эссиз, уларнинг шу пайтгача килган харажатларичи? Талабалар турар жойини купайтириш зарур, керак булса йул хакларидаям имтиёз килиб бериш керак. Аник биламан талабалар вакти келса нонсиз хам колиб кетади.
Turar joy binolari qurish uchun xususiy tadbirkorlarga aynan talabalar uchun imtiyoz bn ruhsat berish kerak.
NO NAME:?????
Bu ham Ozini yuz foiz qoplasa bu oliy oquv yurtimas bu biznesga aylanadi.Masalan talabalar tolayotgan kontrak miqdorini ortiqcha deb qaytarilmaydi.Xususiy sheriklikni jalb qilish shartmas.Universitet budjeti degan tushunchalar ham bir.
Talablarni moddiy tomondan qo'llab quvatlashga e'tiborni qaratish kerak. Stipendiya bn Toshkenda 1ta o'rtacha holatda kvartirada ijarasiga yetishi mumkin. Talabani oziq ovqat kiyim kechak yol harajatlari va boshqa harajatlarini qolplash uchun qowimcha ish bn mashg'ul boladi. Bu esa o'z ustida ishlashga ajratiladigan vaqtni kamayishiga olib keladi. Taklifim talabaga 4 yil davomida real harajatlariga yetadigan pul bilan taminlanishi zarur. O'qishni bitirgach oylik ish haqqidan o'sha harajatlarni qoplab beraveradi. Orada shartnoma tuzib olinsa bas.
Talabalar uchun yaxshi sharoit kerak ular uyga faqat uxlash uchun kelishmaydi. Kerak bolsa siz aytgan 5 yulduzli mehmonhona sharoiti talabalar uchun taminlanishi kerak.
Show next 90 comments