Битта 400 ўринли ётоқхона бир йилда 600 млн сўмга тушади, талабалар тўлови эса - 290 млн

Бугун, 2 март куни Олий Мажлис Қонунчилик палатасида навбатдаги “Ҳукумат соати”да талабаларни турар жой билан таъминлаш борасида олиб борилаётган ишлар муҳокама қилинмоқда.

Унда Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шундай деди:

«Олий таълим муассасалари ётоқхоналарининг шароити яхши эмаслиги шахсан ректорнинг эътиборсизлиги, ОТМ раҳбарининг ўша ётоқхонага кирмаслигидан, бошқа сабаб йўқ.

Ҳар қандай ОТМ пул топа олади. Чунки талабалар турар жойида яшаётган талаба муассаса ҳисоб-китобидан келиб чиқиб, оз бўлса-да пул тўлайди. Арзимас пул, лекин ўша пулни ўзига сарфласа ҳам ҳамма жиҳозини тайёр қилиб қўйса бўлади.

Энди ҳозир мен айтмайман, ижтимоий тармоқларда чиқиб, нотўғри талқин бўлиши мумкин. Бир куни бир талабалар турар жойига бориб, талабалар орасида бир кеча ётдим. Бир талаба билан унинг хонасида тунни тонгга улаб суҳбат қилиб чиқдим ва ундан бутун сир-асрорни сўраб олдим. Яшаш шароити, санузеллар ҳолати, бир дунё муаммо бор.

Давлат-хусусий шериклик асосида СамДУ ҳудудида лойиҳа қиймати 11.7 млрд сўм бўлган 350 ўринли талабалар турар жойи намуна сифатида қуриб битказилди.

Шу билан бирга, давлат-хусусий шериклик асосида ётоқхоналар қуриш масаласи талаб даражасида, деб бўлмайди. Талабалар турар жойлари ижтимоий объект бўлгани сабабли тадбиркорларни мазкур жараёнларга жалб этиш бирмунча қийинчилик туғдирмоқда.

Ҳисоб-китобларга кўра, битта 400 ўринли талабалар турар жойини сақлаш бир йилда ўртача 600 млн сўмни ташкил қилади. Талабалар томонидан тўланадиган сумма эса йилига ўртача 290 млн сўмни ташкил этади. Тўловларнинг харажатларни қопламаслиги хусусий секторни жалб қилиш имконини бермаяпти.

Таҳлиллар ижтимоий объектларни қуриш ишларига ҳисса қўшаётган тадбиркорлик субъектларига қўшимча имтиёзларни бериш лозимлигини кўрсатмоқда», деди олий ва ўрта махсус таълим вазири.


👉 @xushnudbek 👈

231 comments

Show 100 more comments
Ko'pchilik OTM lar o'z o'zini moliyalashtirishga o'tganku
Abdurahmon Ilhomjonov
👍👍
400×245000×10=980000000
Kòchada 50$ ga yawagandan kòra 245 mingdan qòysa xoxlagan talaba yotoqxonada turadi agar turiwga òrin bòlsa yana zarar emas balki foyda ham kòriw mumkin. Narxi arzon va sifati past yotoqxonalardan narxi òrtacha sifati wunga yarawa yotoqxonalar yaxwi kòpchilik studentlar òzi xoxlab turadi. Lekin nega...
dr. A
Umuman mantiqqa to'g'ri kemayaptiku bu gaplar, nimaga buncha xarajat qilar ekan bu 600 mln ni, kvartirada turgan har bir talabaga, lyuboy kvartirantga komunalkalari suv, gaz, svet, musor, jk, otopleniya diydigan bo'sa oshib borsa 50 mingdan tushadi (Toshda bu👆) tepada yozishibdi 84 ming oyiga deb Termizda. Xo'sh yotoqxonada komunalka oshib ketadi ko'p ishlatiladi desa mana 84 mingdan tushar o'zini yopadimi shunda, yana hozzir tejamkor lampochkalar chiqib ketgan, suvlarni isitishlar rivojlanib ketgan, xo'sh yana nimaga xarajat qilishi mumkin shu joyni qurganigami, endi bitta joy qursa shuni puli 1 yilda chiqishi kerak emasku to'g'rimi. Yoki men tushunmiyapmanmi biron joyiga? Yotoqxonadan tashqari o'qishi bor desa unga kontrakt to'liydi. Tepadagilarga mazzada biz hisoblab chiqdik qoplamayapti diydida bo'ldi ularni hisob kitobini kim tekshiradi bilmiyman. Hozzir korrupsayaga qarshi kurashayotganlar ham qachondir korrupsiya bilan o'qish kirgan bo'lsa kerak, yoki ishga joylashishgan. Yana bilmadim bu prosta mantiqan olib qaraganda fikrlarim u yog'iga bizni ko'o'o'ppp aqlimiz yetuvirmiydi😡😡😡😡😡😡😡😡😡😠😠
Soliqlarni nega to'layapmiiiiiiz soliqlarni???????
Bomagan gap. Bizni yotoqxona yiliga xar bir boladan 1.5mln oladi 400dan ortiq talaba yawaydi. Xarajatlarini bemalol qoplay oladi (TDTU 91-TTJ). Lekn waroitlari xam beradigan pulimizga yarawa atrofimizdagi yotoqxonalardan kora anca yaxwi!!!
Agar shu 400 kishilik òrin 600 million bòlsa yiligu 1.5 million tòlay olsa kerak kòplsb talabalar faqat sharoitini yaxshi bòlsa,bu 290 million tòlov puli faqat qaysidir bir institut yoki universitet misolida baqt topib barcha oliy òquv yurtlaridagi talabar turar joyini tìlov summasini anuqlashsa yaxshirow bòlarmidi?
Bu holat bo'yicha nohush hodisa sodir bo'lgandan keyin ishga kirishdi, endi bir talaba hayoti ham butun Respublikada muhimligi aks etdi va chora-tadbirlar ishlab chiqila boshladi, bir o'ylab ko'ringa-a, bu faqat O'zbekistonda o'qiyotgan talabalar hayoti haqida gap ketmoqda, ammo 10 minglab talabalar Tojikiston, Qirg'izsiton rivojlanish jihatdan O'zbekistondan ortda qolgan davlatlarda o'qiyotgan talabalar hayoti ham Vazirlikni qiziqtirsa bo'lardi, faqat salbiy fikir bildirmay, ijobiy yondashsa bo'lardi.
Men ham 8 yillik abituryent va nihoyat Allohga ming shukurlar bo'lsin Tojikistonda bo'lsa ham talaba bo'lish nasib etdi.
Ammo lekin talabalar yotish uchun sharoitlar bizdanda battar joylarda turibdi, bunga ham biror chora ko'rishsa bo'lardi, Allohni o'zi asrasin biror nohish hodisa bo'lsa kim ayibdor bo'ladi, albatta talabaning o'zi, ammo biz chora ko'rishimiz kerak.
Men sirtqi ta'lim uchun shu yil Tojikistonda o'qishga 10000000 so'm va 3000000 so'm kundalik xarajatlarga ishlatdim.
Endi hisoblang o'rtacha 10000000 so'mdan 10000 ta talabani puli qancha bo'ladi. Shuni bir chorasi bordir O'zbekistonda ta'limga qamrab olishni.
Gapiraman desam gap ko'p...
E'tiboringiz uchun tashakkur.!
Shohista
Hamma davlatlarda ham,hamma joyda ham talabalarning o'qishi,yashashiga pul topishi oson emas!Ota-onalari farzandi tug'ilganidan hisob raqam ochib kelajakdagi o'qishi uchun pul yig'ishadi.Shunda ham ko'p talabalar moddiy yetishmovchilik sabab o'qishini bir necha yilga qoldirib pul to'plab keyin davom ettirishadi.Aytmoqchi bo'lganim har zamonda ham ,hamma joyda ham talabalar ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam hisoblanadi.
Keyin hozir postlarda o'qidimki hamma bir ovozdan Vazirga mag'zava ag'darish bilan ovora!Xuddiki ular aqlli-yu vazir ahmoq!O'zi biz o'zbeklarga birovni tanqid qilish bo'lsa...qop-qop gap.Ishga kelsak...hamma jim.Vazir o'rtacha statistikani keltiryapti.Binoning mulk solig'i,yer solig'i,energiya va boshqa kommunal to'lovlarini hisoblab aytyapti.Kelajakda Tadbirkor o'z hisobidan bino qursa,shu to'lovlarni ham to'laydimi?Bilib-bilmay birovni ahmoqlikda ayblashga shoshmang.Bu fikrlar ham hozirgi talabalarimizning naqadar saviyasi pastligini ko'rstib turibdi.Menm O'zMUda o'qiganman.TTJda uch yil yashaganman.Yotoqxonamni va talabalik davrimni doim o'zgacha quvonch bilan eslayman.Talabalik qiyinchiliklari bilan talbalik-da!
Hozir-ku talabalar ota-onasining yordami bilan yashaydi.O'zi umuman Toshkentda yashashning o'zi qiyin.Kelajakda ishlaganizda ham uyiz bo'lmasa,hamma qatlamdagolarga ham ijarada yashash juda qiyin.
Axmadkulov_S
Xa uzr endi to'g'irlamoqchidim
Muhammadjon Samadov
Bizning yotoqxonada(TIQXMMI) hamma sharoit bor to‘lovi ham unchalik qimmat emas(oyiga 100ming sum) lekin shuni hisoblasa ham 400mln dan ko‘p pul bo‘layapti bular qanaqa hisob-kitob qilishgan
Axmadkulov_S
Vapshi zor o'zim studentman xozi Vashi qiynaldig kvga 300dan turipmz Samarqanda yaxshi g'oya
TTA ni yotoqxonasi 2 mln 1 kiwiga hisoblayverila . L.n waroit 0 ga teng 200 ta bolaga 1 ta duw 1chi etajda joylawgan 2 ci va 4 etajdagi bolla 1 ci etajga tuwib 7 orinli duwda foydalanadi 2mln tolab. . TTA talabalari uquv binosida emas talabalar turar ioyida tahsil oladi. 8-10 yildan buyon uquv binosi remonti tugamaydi(hali bowlaniwi kere bowlanmagan) akademiyani ahvoli.
dr. A
Ularni oyligiyam uncha ko'p emas bittasi 1 mln olsayam yiliga qamchayam bo'lardi
Bowqa yotoqxonalani blmadmu bzzi yotoqxonada 8ta farrow, 3-4ta texnik xodim (santexnik bosa kerak), 4ta ewik yonida otiradigan qorovul opalar, tarbiyaci, studentlar soveti bowligi, komendant yordamcisi va komendant iwlidi. Adawmasam xamasi bop 20ta odam iwlirkan. Men yawidigan yotoqxona Towda. Oylilar xam qimmatro bowqa joylaga nisbatan. 20ta iwcini xar biriga ortaca 1.2mlndan xisoblasak xamma iwcilarga oyiga 24mln, yiliga 288mln pawti 300mln ketadi. Gaz, svet, issiq suv sovuq suvgayam aloxida xisoblela endi
Qaydan topadia bunaqa gaplarni manam SamDU da oqiyman babashevdan tortib vazorigacha ishdan boshatish kk
Shaxsan Toshkent davlat transport universiteti yotoqxonasi adashmasam oyiga 230 mingdan tushadi Xushnud aka bu olgan maʼlumotlaringiz xato berilibdi!!!
Show next 63 comments