Битта 400 ўринли ётоқхона бир йилда 600 млн сўмга тушади, талабалар тўлови эса - 290 млн

Бугун, 2 март куни Олий Мажлис Қонунчилик палатасида навбатдаги “Ҳукумат соати”да талабаларни турар жой билан таъминлаш борасида олиб борилаётган ишлар муҳокама қилинмоқда.

Унда Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов шундай деди:

«Олий таълим муассасалари ётоқхоналарининг шароити яхши эмаслиги шахсан ректорнинг эътиборсизлиги, ОТМ раҳбарининг ўша ётоқхонага кирмаслигидан, бошқа сабаб йўқ.

Ҳар қандай ОТМ пул топа олади. Чунки талабалар турар жойида яшаётган талаба муассаса ҳисоб-китобидан келиб чиқиб, оз бўлса-да пул тўлайди. Арзимас пул, лекин ўша пулни ўзига сарфласа ҳам ҳамма жиҳозини тайёр қилиб қўйса бўлади.

Энди ҳозир мен айтмайман, ижтимоий тармоқларда чиқиб, нотўғри талқин бўлиши мумкин. Бир куни бир талабалар турар жойига бориб, талабалар орасида бир кеча ётдим. Бир талаба билан унинг хонасида тунни тонгга улаб суҳбат қилиб чиқдим ва ундан бутун сир-асрорни сўраб олдим. Яшаш шароити, санузеллар ҳолати, бир дунё муаммо бор.

Давлат-хусусий шериклик асосида СамДУ ҳудудида лойиҳа қиймати 11.7 млрд сўм бўлган 350 ўринли талабалар турар жойи намуна сифатида қуриб битказилди.

Шу билан бирга, давлат-хусусий шериклик асосида ётоқхоналар қуриш масаласи талаб даражасида, деб бўлмайди. Талабалар турар жойлари ижтимоий объект бўлгани сабабли тадбиркорларни мазкур жараёнларга жалб этиш бирмунча қийинчилик туғдирмоқда.

Ҳисоб-китобларга кўра, битта 400 ўринли талабалар турар жойини сақлаш бир йилда ўртача 600 млн сўмни ташкил қилади. Талабалар томонидан тўланадиган сумма эса йилига ўртача 290 млн сўмни ташкил этади. Тўловларнинг харажатларни қопламаслиги хусусий секторни жалб қилиш имконини бермаяпти.

Таҳлиллар ижтимоий объектларни қуриш ишларига ҳисса қўшаётган тадбиркорлик субъектларига қўшимча имтиёзларни бериш лозимлигини кўрсатмоқда», деди олий ва ўрта махсус таълим вазири.


👉 @xushnudbek 👈

231 comments

Show 100 more comments
Rostdan ham 290 mln degan summani qayta hisoblab ko'rishsa yaxwi bo'lardi. Chunki hozir yotoqxonalarning o'rtacha to'lovi 100-180 ming sumdan kam emas.
Sanjar MuZaffarOV
man talaba emasman.
savol: yotoqxona uchun kontraktdan tashqari yana qo'shimcha to'lanadimi?
manimcha xisob kitob ochiqcha bo'lsa va kalamushlar qirg'in qilinsa. chiroyli tashkil qilsa bo'ladi. shunchaki biz o'g'ri xalq miz. bir birovimizni o'g'rilaymiz. ichimizdagi to'g'rilarimizga yo'l bermaymiz. shu uchun axlatimizga bulanib yuraveramiz. asosiy savol qachongacha?
Talabala yotoqxonasi tolovlari viloyatlar boyicha har xil. Ortacha hisoblasa 290 mln lar shundan sal otishi mn. Masalan milliyda ham yillik tolov 1 200 000. Xorazmda 90 ming oyiga endi hisoblab olavering.
Bu shunchaki masuliyatdan qochish yoki boshqa narsa, Toshkentda o'qiydigan talabalar biladi, agar sharoiti yaxshi bo'lsa oyiga 200-500 ming oraqlida to'lovga har bir talaba rozi bo'lsa karak, chunki bunaqa narxda kvartira topish amri mahol. Endi hisoblab ko'raylik, agar yotoqxonani 300mingdan belgilashsa 12 * 300 000 * 400 =1 440 000 000 (1 mlrd 440 mln) so'm yiliga yig'ilarkan, bu narx ancha talabalarga ma'qul bo'lsa kerak. Tadbirkorlarga imkoniyat berish kerak!
Hurmatli vazir janoblariga yetqazib qo'ying san'at yo'nalishida kontrakt to'lovi eng kami 8mln 156ming so'm. 5mln so'm db yolg'on ma'lumot bermasinla keyin super kontraktlardan ham tushgan daromad miqdorini ham e'lon qilsalar bo'lardi
290 млн пул йигилади, ётокни саклаш учун 600 млн кк? Бу билан тадбиркорлардан хеч нарса кутиш кк эмас дейиляптими? Давлат шароит килиб бермаса ким зарарга ишлайди? Узи умуман олиб караганда, 290 млндан куп пул йигилади талабалардан, буни хисоблаш учун депутат ёки давлат ходими булиш шарт эмас)
Do'stbek_Abduqayumovich
Talabalar zaxarlanib qurilishda vafot etmaganda bir kecha uyoqda tursin 1 soatgaham vaqtlari yuq ediku endi borganini maqtanganini yozib chiqqanini qaranglar
Rostan Seryozni Rostdan Seryozni😂😂hazl bir kulgim keldi deme o‘sha xisob kitob qilb ko‘rgan yotoqxonalari 3ta vo‘‘‘‘‘ deydigan bo‘larkanda


Endi mlrd mln bu so‘zlarni yog‘e sonlarni so‘zda yozmasam raqamda adashib ketamanda qimmat ekan yotxonalarin yaxshiyam hisoblab chiqqanila qurib bitkazib qo‘yganilada nima bo‘lardik ekan hayronman 😂🚶‍♂️
Bintu Axmad
Yotoqxonalar berilishi asl tartibi qanday tushunmayman...Rostini aytsam men o‘qiydigan OTMda asosan oilaviy ahvoli yaxshilar yotoqxonada turadi...Ammo tahlil qilinsa juda ko‘pchilik ayrim yo‘llar orqali joylashgan...
Axmadkulov_S
Xop uzr so'radimu
Buncha joniqdila hali qurishmas ekan xisoblab chiqshibdi xalos
Bintu Axmad
Rahimjon Karimov
Buncha joniqdila hali qurishmas ekan xisoblab chiqshibdi xalos
Har doimgidek...Bizga hisob-kitobga yarasha amaliyot ham kerak ...
Bintu Axmad
Har doimgidek...Bizga hisob-kitobga yarasha amaliyot ham kerak ...
Ha amalyotniyam zo‘r qvorishyabdi bitmasdan turib ko‘p qavatli binola ULFATLAR filimdagi devorday dumlab tushyabdi😂
ex uzbegim tepadigi shalpang quloqlarni har bir hisob kitobiga ishonib qo'yaveramiz qanaqasiga 600 million bo'lsayam diylik. Bizning universitetda 1 kishi yotoqxona uchun yarim yillik uchun 1 million so'm to'lashadi bu dgani 400 million dgani yani 1 yillik uchun 800 million bo'lyapti 200 million qayirga ketyapti. Kamchiliklarning esa eng axmoqonasi gazni soat 17:00 dan 22:00 gacha berishadi. Savol tug'uladi talim sifati yaxshi bo'lishi uchun shart sharoit yaxshi bulishi kerak emasmikan. Gapirsa gap kup judayam, mayli ko'naveramizda
Sulaymanova Zuhra
Ozimizni pulimozga ozimizni taminlashlari kerakmi biz 290 mln berarkanmizu ular bu kam deb turishsa biz ham katta bolganimizda yetuk mutahasis bolib davlat bizga hic narsa qilmadi ozimizzi pulimizga ozimizni boqdi deb bowqa davlatga ishlashga ketvoraylik.... 600mln sarfalyotgan bolishsa ozlarini kelajagi hayotini yahshi bolishi bolalari farovon hayotda yashashi uchun sarflashyapti... hamma ozi uchun qilsin talaba shuncha pul beryaptimi shunga yarashasini qil bowqasini qilma deyish tentaklikmasmi,qanday qilib bizda davlatimizga muhabvat uygonadi qanday qilib biz uni yahshi koramiz, bizga yordami kerak bolgan talabalik vaqtimizda yordam bermaganlar uchun kelajakda ishlagimiz ham kelmaydi...Hamma salomiga yarasha alik oladi..
290 млн ни нотугри хисоблашибди
Xurshid Gazibekov
ТАНГАНИ ИККИНЧИ ТАРАФИ ҲАМ БОР!!!
Талабалрни ҳуқуқбузарликлар содир қилиши (ўлим) ҳолатлари ётоқхоналарда ҳам доимий бб келган. Талабалар бн юз берган нохуш ҳолатлар уларни айнан ётоқхонада турмаслигида эмас. Талабаларни бўш вақти кўплигида деса ўринли бд менимча. ОТМлар томонидан тўғри ва аниқ механизмлар ишлаб чиқилиши лозим. Талабани дарсдан кейинги вақти бн афсуски ҳеч ким қизиқмайди
Mallayev Og'abek
Kanalidagi post bo'yicha shaxsiy fikrim:

"400 o'rinli talabalar turar joyi yillik xarajatlari 600 mln so'mni tashkil etadi. Talabalardan yig'iladigan pul miqdori 290mln so'mni tashkil qiladi" deb yozilgan ekan.

Talabalarning aytishiga qaraganda, 1ta talaba oylik to'lovi 200,000 so'mni tashkil etar ekan. 1 yilda 9 oy o'qisak, har bir talabaning yillik to'lovi 1,800,000 so'mni tashkil etadi.

Endi 400ta talabani 1,800, 000 ga ko'paytirsak 720,000,000 so'm bo'lar ekan.

Bu shunchaki mening xisob kitobim. Adashayotgan bo'lishim ham mumkin.
OTMlarda tizim zoʻr tizim, hamma yuk talabani oʻzida, ishlab oʻlib ketganlar ham boʻldi, Hammasiga qizil ruchka aybdor😂. Boshidan yaxshi boʻlmagani uchun kelajakka ham lichni asoratlar bor, bu xuddi telegram Akkaunt delete qilib har kun yangi telegram ochishga oʻxshaydi.
Tushungan tushundi
Show next 9 comments