Талабаларнинг ижара харажатларининг қанча қисми давлат томонидан қоплаб берилиши маълум бўлди

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

✅ ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат олий таълим муассасалари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

✅ Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (245 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (122 минг 500 сўм) ошмаслиги керак.

✅ Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.


👉 @xushnudbek 👈

417 comments

Show 60 more comments
Nazarov Nodirbek
Hamma bir xil bosa nima bo'ladi
Ирисова
Ижарачи ижара шартномаси тузмайди у солиқ тўлаш керак бўлади .Яна бу пуллар талон тарож бўлиб кетади ёки танкаси борлар олади
KAMOL KHOTAMOV
Ijara shartnoma bulishi kerakmi
Gap yoq navbatdagi masxarabozlik realni ish qilmayapti shu vaqtgacha davlat bundan keyin ham shunaqa boladi bunaqa narsa tankisi borlar uchun haqiqat yoq
Samarqanda ham kvartiralar qimmatku towkent bilan bir hil
men talaba emasman lekin talaba bo'lganman. O'ylashimcha bu summa Toshkent shahrida yashovchi talabalar un juda kam
Biz 4 kurs talabalarichi 😒😔
Uy egasi bilan shartnoma kerak ekan. Soliq sababli u rozi bo'lmaydi
Navbatdagi safsata. Ortiqcha ovoragarchilik. Bergandan keyin hamma kvartirada turadigan talabalargabberishi kerak
Ijrosini qilmasa chiqargan qarorlar 000000%ga teng
Rahmatjon.
Assalam alaykum. Toshkent Stomotologiya institutidachi? Dekanatdan soragankmizda. Bizani institut kirmagan deyishdi! Shu gap rostmi? Ular faqat ayrim institutlarni tanlab olishdi, bizani institut yoq ekan deyishdi. Vaholanki bizani instituda yotoqxona yòq(100ta talabaga bor faqat yotoqxonada joy).
Xullas judayam qiyin oddiy studentga nechta xujjat shu bn bore deydi, va tepadagilar ozini kistasiga ketadi
Assalomu alaykum hammaga birdek bersa yaxshi bo‘lar edi.
Shartnoma va faol faolmas dep unda juda kopchilik olmaydiku undan kora hammaga eng Kam ish haqingning 1 baravarida tolasa ham boladi. Hozi ijarada qoyganlar shartnoma bermidi ham
Nargiza Sadatova
Xamma narsa aylanib oʻrgilib tepadagilar choʻntagiga borib tushaveradi
Akmal Muxammadiyev
99 % ijara shartnomasi tuzilmagan, uy egasi bilan ijara shartnomasi tuzaylik deb aytsa,yoʻq deydi,chunki davlatga soliq toʻlaydi uy egasi. Keyin hamma universitet lar onlayn boʻldi. Bu pullar uxladi. Pulni bermaslik uchun onlayn qilishdiyu.
Kechki ta‘lim yo‘nalishiga ham bo‘larmikan.
Show next 100 comments