Талабаларнинг ижара харажатларининг қанча қисми давлат томонидан қоплаб берилиши маълум бўлди

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

✅ ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат олий таълим муассасалари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

✅ Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (245 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (122 минг 500 сўм) ошмаслиги керак.

✅ Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.


👉 @xushnudbek 👈

417 comments

Show 76 more comments
Shartnoma va faol faolmas dep unda juda kopchilik olmaydiku undan kora hammaga eng Kam ish haqingning 1 baravarida tolasa ham boladi. Hozi ijarada qoyganlar shartnoma bermidi ham
Nargiza Sadatova
Xamma narsa aylanib oʻrgilib tepadagilar choʻntagiga borib tushaveradi
Akmal Muxammadiyev
99 % ijara shartnomasi tuzilmagan, uy egasi bilan ijara shartnomasi tuzaylik deb aytsa,yoʻq deydi,chunki davlatga soliq toʻlaydi uy egasi. Keyin hamma universitet lar onlayn boʻldi. Bu pullar uxladi. Pulni bermaslik uchun onlayn qilishdiyu.
Kechki ta‘lim yo‘nalishiga ham bo‘larmikan.
Akmal Muxammadiyev
Osmonimiz musaffo
Navbatdagi bajarilmaydigan safsatali qonun🤣😁
JAVOXIR G'ANIYEV
Nega 60 foyiz 40 foyiz talaba kim 60 foyiz oladgan kim nega 60 foyiz deyilgan javob yozinglar
Alien Jasper
Uy egasi bilan shartnoma kerak ekan. Soliq sababli u rozi bo'lmaydi
У солик арзимаган пул туради узиз туласез Рози булади лекн давлат пул тулаши проблема
240 minga uy yoqku Poytaxtda. Bermimiz dsa boladiyu
Toshkentda eng arzon kvartira ham 500 ming bir kishiga ular 50 foizini ham toʻlashmaskan nima qilisharkan bunaqa tomosha koʻrsatib ungayam yana otangga bor onagga bor qilib hujjatlar faol talabalar ehtiyojmand demak bu pullar ham kerakli odamlarni qoʻmita yetib bormaskanda
Davlat OTM sida emas, Xorijiy universitet talabisiga berilmas ekan, ularni jamiyat buncha ajratadi. Na stipendiya oladi, na yordam puli. U yerda faqat millionerlarni bolasio'qiydimi. Tenglik yo'q Uzbeksitonda (
Qunduz boboni navbatdagi ertagi.
Safsata bozlik jonga tegmadimi haliyam ishonish qiyin tolab berishiga
Oramizda 4 kurs talabalari bormi? Biz 2-3 yildan beri ijarada turganmiz endi chiqdi bu qonun🤣😁
Boʻlmagan narsa yana korrupsiyada tanish bilish hammaga birday berish kerak. Boʻlmasa keremas. Stipendiyaday qilib hamma ijarada turadiganga tashab bersin bir xil summani qilib shu odilona boʻladi nima kerak odam ajratib.
Wartnoma tuziw uchun berotgan pulidan ikki baravar kop pul ketadi
Yana bitta cho'ntak ochildi.Bu cho'ntaklarni yana nechtasini to'ldirishimiz kerak bilmadim.Nimaga 60%,50 emas, 75 emas."биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар " buni aniqlash mezonlari qanday bo'ladi.
Show next 100 comments